This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni.
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.
Cho‘lpon bobom bo‘g‘zidagi so‘zi sensan,
Qodiriyning ilhaq boqqan ko‘zi sensan.
Ey buyugim, ey ulug‘im, Ona tilim,
Mir Alisher Navoiyning o‘zi sensan.
Butun dunyo bilar sening borligingni,
Seni suygan dilga sen ham yorligingni.
Senga g‘ayri so‘zlar qo‘shib yurguvchilar,
Bilib qo‘ysin, bizga nomus-orligingni.
Til muqaddas, til o‘zgacha olam deymiz,
Til bilganni eng suyukli bolam deymiz.
Oqil farzand o‘z onasin ardoqlagay,
Ona tilim, seni bizlar Onam deymiz.
Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘urur-u ham sharaf-shon, Ona tilim.
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤13👍6🔥3👏1
O‘zbek tili bayrami — milliy g‘urur va ma’naviyat timsoli
Bugun yurtimizda katta faxr va g‘urur bilan nishonlangan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk alloma va mutafakkir hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi mas’ullari, shuningdek, oliygohlar rahbarlari, professor-o'qituvchilar, talabalar va o'quvchilaq qatnashdilar.
O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar Muqimiy, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa adiblar haykali atrofidagi oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, o‘zbek tili va adabiyoti mavzusidagi ijodiy uchrashuvlarga ulanib ketdi.

❤25👍4😱1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, sun’iy intellekt texnologiyalari uchun O‘zbek tili korpusini yaratishga topshiriq berdi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❤16👍9🔥2🤩1
#qonunchilik_yangiliklari
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi
“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;
🔹 tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.
🔹 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
🔗 Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.
✔️ Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

❤9🎉2👍1
#Tayinlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatining bir qator rahbar lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyruqlari bilan:
Daminov Asqarali Davlatovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
Isoqov Abdusaid Jalilovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Energiya samaradorligi va ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

❤22👏12🔥4👍3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi
2025-yil 25–26-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magi bilan Toshkent shahrida xalqaro nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi. Tadbirga Central Asian University mezbonlik qiladi.
Forum “Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish” mavzusida o‘tkazilib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda Yevroosiyo bo‘ylab O‘zbekiston universitetlarining xalqaro nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlanadi.
Tadbirda Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan 300 dan ortiq akademik rahbarlar, siyosatchilar va innovatsion g‘oya mualliflari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kun davomida ma’ruza, strategik munozara va mahorat darslari orqali oliy ta’lim tizimining kelajagi hamda global hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.
👉 Batafsil: https://portal.qshesummits.com/event/eurasiaforum2025/home
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5👏1
#Kasbiy_taʼlim
Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari Yaponiyada amaliyot o‘taydilar
Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari masʼullaridan iborat delegatsiya hozirda Yaponiya davlatining Kobe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Kobe universiteti hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuvlar davomida Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning Yaponiyada amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/94813

3❤12👍5👏4🔥1
#Dual_ta’lim
Urganch davlat universitetida — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
😁 Urganch davlat universitetida zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida dars jarayonlari tashkil etilmoqda. Endilikda talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki real ishlab chiqarish muhiti orqali amaliy tajriba ham berilmoqda.
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi filiali O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Urganch Bahmal” MChJ bazasida faoliyatini boshlagan edi.
Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5253

❤10👍5🥰2