Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

TalabaExpo–2025” Qoraqalpog‘istonda: Kelajak kasbiga qadam

23-oktabr kuni Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabi hududida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
80 ga yaqin korxona va tashkilotlar
700 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar
seminar-treninglar va tadbirkorlik imkoniyatlari.

Ko‘rgazmaning maqsadi — bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Sizni “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍5👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Ayni daqiqalarda Nukusda “TalabaExpo — 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida

Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsad qilingan.

Keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!

Manzil: Nukus shahri, 1-sonli sport maktabi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🗣“Eng yaxshi yordam ko‘rsatish markazi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛Ta’lim tashkilotlarida eng namunali faoliyat yuritgan Talabalarni turar joylariga joylashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish markazlarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi yordam ko‘rsatish markazi” tanlovining yakuniy respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Belgilangan mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra:

🥇1-oʻrin – Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
🥈2-oʻrin – Namangan davlat universiteti;
🥉3-oʻrin – Qoraqalpoq davlat universiteti.

🏆Tanlov g‘oliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-o‘rin uchun 30 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 25 mln so‘m va 3-o‘rin uchun 20 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍119
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_taʼlim

Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi


Poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-son respublika jamoat salomatligi texnikumi bazasida Germaniya tibbiyot akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha Migratsiya agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniyaning Aaxen universitet klinikasi hamda Shveysariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Aslbek Xudoyorov, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, Germaniya elchixonasi missiya rahbarining o‘rinbosari Klemens Shvanhold, “Capmont GmbH” kompaniyasi bosh direktori Armin Vaybel, Aaxen universiteti klinikasi direktori Mario Hoben hamda boshqa xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

Marosim davomida loyiha maqsadlari va kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi hamda akademiya faoliyati bilan tanishuv tashkil etildi.

Germaniya tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari ikki davlat tomonidan tan olinadigan diplomga ega bo‘lib, Germaniyada hamshira sifatida yuqori va barqaror maosh asosida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
211👍7👏1
#Xalqaro_hamkorlik #IlmFan_Muhandislik

Oʻzbekiston va Rossiya o‘rtasida muhandislik taʼlimi va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hujjat imzolandi


2025-yil 21–22-oktyabr kunlari Moskva viloyatida boʻlib oʻtgan Rossiya va Oʻzbekiston mintaqalarining II forumi doirasida “Muhandislik-texnika sohalarida taʼlim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida”gi memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum ikki davlat oʻrtasida muhandislik sohasi boʻyicha taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/95130

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍2
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Nukusda anʼanaviy “TalabaExpo—2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Nukus shahrida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo—2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan yirik korxona va tashkilotlar, bank-moliya muassasalari, innovatsion markazlar hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z ish o‘rinlari, loyihalari va amaliy dasturlarini taqdim etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida yoshlar uchun:
ish o‘rinlari yarmarkasi;
amaliyot va stajirovka dasturlari haqida ma’lumotlar;
startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
“O‘zmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍6🔥4🤔1
2025/10/24 07:50:09
Back to Top
HTML Embed Code: