Telegram Web Link
#Xalqaro_hamkorlik #GlobalKonvensiya

Oliy taʼlim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaning ikkinchi hukumatlararo konferensiyasi boshlandi

2025-yil 24–25-iyun kunlari Parij shahridagi YUNESKO shtab-kvartirasida Oliy taʼlim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaning ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi ikkinchi hukumatlararo konferensiyasi oʻz ishini boshladi. Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev ishtirok etmoqda.

Mazkur konferensiya global miqyosda oliy taʼlim sohasidagi integratsiya va oʻzaro ishonchni kuchaytirishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi. Xalqaro darajada diplom va kvalifikatsiyalarning oʻzaro tan olinishi, talabalar va professor-oʻqituvchilarning erkin harakatlanishi uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu anjuman, kelgusida taʼlim sifatini yanada oshirish va teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/63599

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
15👍6🔥1
#xalqaro_hamkorlik #TAQU

🇺🇿 Xalqaro malakalar va baholash markazi (IQAC) tashabbusi bilan Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida Britaniya ta'lim standardlari (RQF) asosida yangi professional dasturlarini joriy etish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda.

Uchrashuv doirasida universitet rektori Bahrom To'laganov , IQAC direktori Xusnidin Xomidov , University of Wolverhampton vitse-kansleri Professor Ebrahim Adia va Xalqaro aloqalar bo'limi rahbari Dr. Robin Carey o'zaro muzokaralar olib bordilar.

🎤 Uchrashuv yakunida O‘zbekiston oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida 1+3 va 3+1 formatidagi professional dasturlarni joriy etish, shuningdek, IQAC hamkorligida University of Wolverhampton’ning O‘zbekistondagi rasmiy taʼlim markazini (Delivery Centre) tashkil etish orqali talabalar uchun Britaniya diplomini olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🎥Tomonlar mazkur tashabbus O'zbekistonda ta'lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda mamlakatning mintaqaviy ta'lim markaziga aylanishida muhim qadam bo'lishini ta'kidladilar.

Ba'tafsil.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👏9🔥3
#Kasbiy_taʼlim

Demonstratsion imtihon: kasbiy taʼlimda samara va natija mezoni


24-iyun kuni Samarqand viloyatidagi texnikum bitiruvchilari uchun ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida yakuniy davlat attestatsiyasi demonstratsion (amaliy) imtihon shaklida tashkil etildi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik va viloyatlar boshqarmalari rahbarlari, kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/63610

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
13👍3👏1
2025/07/13 19:08:47
Back to Top
HTML Embed Code: