Telegram Web Link
#iqtisodiy_oʻqish

Iqtisodiy oʻqish seminari tashkil etildi


2025-yil 28-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish dasturi doirasida onlayn va oflayn shaklda seminar-trening oʻtkazildi.

Oʻqish mavzusi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 16-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini oshirish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlandi.

Seminarga oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev raislik qildi. U oʻz nutqida taʼlim tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar va xalqaro grantlarni jalb qilish, ularni oʻzlashtirish, taʼlim xizmatlari eksportini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalarni atroflicha tahlil etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64547

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
13🔥4👍1
#Eʼtirof

Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi


Prezident qaroriga binoan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi hamda samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz munosib rag‘batlantirildi.

Ular orasida talaba va doktorantlari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.

No‘monjonov Muhiddin G‘ulomjon o‘g‘li - Andijon davlat tibbiyot institutining biologik kimyo kafedrasi assistenti,

Yoriyev Shoxijahon O‘tkir o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi;

Sunnatov Qudratulla Sundorqul o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 4-bosqich talabasi;

Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 1-bosqich magistranti;

Yerejepbayev Quanishbek Tursunovich - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich magistranti;

Rahimov Fayzullo Husanboy o‘g‘li - Namangan davlat texnika universitetining doktoranti;

Hakimov Feruz Xurshid o‘g‘li - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti;

Kleshko Mixail Sergeyevich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi;

Usmonov Azizbek Abdumurod o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi;

Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi;

Egamberdiyev Muhammadibrohim Baqojon o‘g‘li - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-bosqich talabasi;

Xudoberdiyev Shavkatjon Nurmat o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universitetining tayanch doktoranti;

Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li - “Yangi O‘zbekiston” universitetining 1-bosqich talabasi.

Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
31👍16🔥5🤔3😁2
#Dolzarb_90_kun #Bektemir_tumani

Bektemirda yoshlar bayrami!

28-iyun kuni Bektemir tumanida joylashgan "Yangi O’zbekiston" massivida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Bektemir tumani hokimligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni Bektemir tumani hokimi Nurilla Abduraxmanov hamda Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Bunyod Rajabov tabrik so’zi bilan ochib berdishdi.

Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Bektemir tumanidagi 10 ta maktab va 1 ta texnikumda xorijiy tillarga o‘qitish, shuningdek Barkamol avlod markazida yoshlarni 5 ta kasb bo‘yicha o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu orqali yoshlarning yozgi bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishi ta’minlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
329👍9🔥3😁2
#YoshlarKuni

Qadrli yurtimiz yoshlari!

🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni – bu kun sizlarning orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingizga bag‘ishlangan muhim sanadir.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarni samimiy qutlaydi!

Siz – ertangi kun bunyodkorlari, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotiga yo‘l ochuvchi kuchsiz. Har biringizning bilimga bo‘lgan intiluvchanligingiz, yangilikka chanqoqligingiz va mehnatsevarligingiz – yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Ilm izlang, sadoqatli bo‘ling, orzularingiz sari dadil intiling. Yangi g‘oyalar, kreativ fikrlar va zamonaviy yondashuvlar bilan kelajakka yo‘l oching!

Har bir kuningiz izlanish, o‘sish va yutuqlarga boy bo‘lsin!

Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1412🎉3🔥2
2025/07/13 19:13:05
Back to Top
HTML Embed Code: