Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslari uchun GRANT (bepul o‘qish) dasturini e’lon qildi.
Agar siz kreativ sohaga, texnologiyalarga va san’atga qiziqqan, 3-bosqich yoki undan yuqori bosqichdagi talaba bo‘lsangiz — bu karyerangiz uchun noyob imkoniyat!
Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
📚 Ta’lim shakli:
⏳Kurs davomiyligi — 6 oy
⁃ 20 daqiqalik onlayn test
⁃ Portfolio yuklash
⁃ 5 daqiqalik suhbat
- Kurs yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi!
📅 Ariza topshirish muddati:
🕛 07.07.2025
🌐 Ariza topshirish:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍5🔥3👏1😁1
#QonunchilikYangiliklari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’lim tizimi samaradorligi oshiriladi
“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Universitet faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
✔️ dual ta’lim shaklini to‘liq joriy qilish orqali ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash;
✔️ ilmiy salohiyatni eksport qilish doirasida 2028-yil yakunigacha Universitet brendini shakllantirib, xorijiy davlatlardan kamida 1 000 nafar talabani jalb qilish.
🗓 2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi.
✔️ Dual ta’lim dasturi kredit-modul tamoyili asosida quyidagilarda o‘tkaziladi:
⚫️ 1-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;
⚫️ 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’lim tizimi samaradorligi oshiriladi
“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Universitet faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍2🔥2😱1
Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’lim tizimi samaradorligi oshiriladi “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini…
#QonunchilikYangiliklari
TAQUda “Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
🔰 Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
🗓 2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
✔️ Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:
⚫️ har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;
⚫️ o‘quvchilarning Universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishlarini ta’minlaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
TAQUda “Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
🔰 Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5🔥1
Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari TAQUda “Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi 🔰 Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining…
#QonunchilikYangiliklari
“Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi
🔰 Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi. Ekotizim doirasida har yili:
✔️ hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinadi;
✔️ talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi 20 ta g‘oya” tanlovi e’lon qilinib, saralab olinadi;
✔️ g‘olib loyihalar bo‘yicha laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazilishi ta’minlanadi.
➡️ Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy rag‘batlantiradi.
🗓 2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yo‘nalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi
🔰 Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi. Ekotizim doirasida har yili:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥4👍2😁1
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga malaka toifalarini berish yo‘lga qo‘yildi
✅ Nizomga ko‘ra:
◀️ ishlab chiqarish taʼlimi ustalari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha nazariy va amaliy imtihonlar orqali attestatsiyadan oʻtkaziladi;
▶️ ta’lim ustalari attestatsiyada qayd etgan natijalariga qarab ularga birinchi va ikkinchi malaka toifalari beriladi;
◀️ taʼlim ustalari oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin. Bunda, attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustalarining malaka toifasi tushirilmaydi va ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi;
▶️ malaka toifasi ko‘tarilgan ishlab chiqarish ta’lim ustalarining oylik ish haqlari oshiriladi.
💠 Attestatsiyadan oʻtish har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
⭐️ Malaka toifasini attestatsiyasiz oshirish istagidagi taʼlim ustalari pedagog.edu.uz platformasi orqali so‘rovnomalarni mustaqil to‘ldiradilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga malaka toifalarini berish yo‘lga qo‘yildi
💬 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 29-maydagi 202-son buyrugʻi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (raqami – 3635). Mazkur buyruq bilan Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
✔️ Quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:🟠 ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lganlar;🟠 pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga egalar;🟠 homilador ayollar;🟠 homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar;🟠 uch yoshgacha bola parvarishida bo‘lgan ayollar;🟠 uzoq davolanishni o‘tayotganlar;🟠 respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilganlar va h.k.
✔️ Quyidagi taʼlim ustalarining malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan bir pog‘onaga oshiriladi:🟢 Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar;🟢 “Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;🟢 Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlaganlar;🟢 respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlaganlar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍4
#Eʼtirof
Vazirlik axborot xizmati respublikada TOP-3 talikda
“O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovining uchinchi bosqichi sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ikki guruh: respublika bosqichiga yetib kelgan davlat organlari va hokimliklar hamda hududiy tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari beshta shart bo‘yicha bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra “Respublika tashkilotlari va hokimliklar axborot xizmatlari” yo‘nalishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar 1-iyul kuni AOKA tomonidan beshinchi bor o‘tkazilgan “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi milliy konferensiya ochilish marosimida tantanali taqdirlandi.

❤17👍9🔥2🎉1