Telegram Web Link
#Qoraqalpogʻiston

Vazir Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi


6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining yangi binosi bilan tanishdi.

So‘ng, professor-o‘qituvchilarning talaba-yoshlarga dars o‘tish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov xalqaro o‘quv dasturi joriy etilgan Nukus shahridagi 1-sonli politexnikumida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍6🔥1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilgari surgan tashabbuslar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍2👏1
“TalabaExpo–2025” Qashqadaryoda

Ertaga, 9-oktabr kuni Qarshi davlat universiteti hududida “Kelajakka qadam” dasturining “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
✔️150 ga yaqin korxona va tashkilotlar
✔️1 350 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar
✔️Taqdimotlar va tadbirkorlik imkoniyatlari

Ko‘rgazmaning maqsadi — bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va tadbirkorlikka qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Sizni “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

Manzil: Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍5🔥1
#Xalqaro_forum #Ikkinchi_kun

🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston va Belarus oliy va kasbiy ta’lim forumi sessiyalaridagi masalalar muhokama qilindi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan nufuzli O‘zbekiston va Belarus professional va oliy ta’lim forumining ikkinchi kuni doirasida “O‘zbekiston va Belarusning ta’lim sohasidagi hamkorligi”, “Ilm-fan sohasidagi hamkorlik” hamda ”Professional kadrlar tayyorlash tizimida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish” mavzularidagi sho‘balarda delegatsiya a’zolari tomonidan ma’ruzalar tinglanib, atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu majlislarda ikki mamlakat rektorlari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va mutaxassislar o‘zaro tajriba almashdilar. Mazkur forum ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy sohadagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, akademik almashinuvlar va qo‘shma ilmiy izlanishlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qildi.

Yig‘ilish yakunida ikki tomonlama tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi. Forum ishtirokchilari ta’lim eksportini strategik yo‘nalish sifatida belgilash va uni barqaror rivojlantirish maqsadida muntazam axborot almashinuvi, seminar va tajriba almashuvlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇺🇿🇧🇾 На форуме высшего и профессионального образования Узбекистана и Беларуси были обсуждены вопросы, рассмотреннные в рамках сессий

В рамках второго дня престижного узбекско-белорусского форума профессионального и высшего образования, проходящего в Ферганской области, члены делегации заслушали и подробно обсудили доклады в секциях на темы «Сотрудничество Узбекистана и Беларуси в сфере образования», «Сотрудничество в научной сфере» и «Развитие взаимодействия в системе подготовки кадров среднего звена».

На этих встречах ректоры, ученые, руководители научно-исследовательских учреждений и специалисты двух стран обменялись опытом. Данный форум послужил выведению стратегического сотрудничества между двумя странами в сфере образования и науки на новый уровень, созданию новых возможностей для академических обменов и совместных научных исследований.

По итогам встречи были выдвинуты предложения по поддержке двусторонних инициатив и разработке практических механизмов. Участники форума договорились об установлении регулярного обмена информацией, семинаров и обмена опытом в целях определения экспорта образования в качестве стратегического направления и его устойчивого развития.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍5
2025/10/24 12:23:21
Back to Top
HTML Embed Code: