Qashqadaryoda “TalabaExpo-2025” bo‘lib o‘tmoqda
Qarshi davlat universitetida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan an’anaviy “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi.
Dastlab viloyat hokimi Murodjon Azimovning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Faol va iqtidorli yoshlar, 2025/2026-o‘quv yilida viloyat hokimi stipendiyasi sohibi bo‘lgan yoshlarga guvohnomalar hamda biznes loyihalari moliyalashtirishga qabul qilingan bitiruvchilarga vaucherlar topshirildi.
Ko‘rgazmada viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari va bitiruvchilari ishtirok etmoqda. Ularga yirik ish beruvchilar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar taklif etilmoqda.
Kun davomida bitiruvchi talaba-yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlari bo‘yicha ko‘rgazma, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bank mahsulotlari, bitiruvchi talabalarning innovatsion va startap loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.
#Jarayon #bandlik #TalabaExpo #Qarshi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤12👍5🔥1
“InnoWeek-2025” — “Chegarasiz g‘oyalar” xalqaro haftaligi rasman ochildi
Bugun, 9-oktabr kuni CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari, yosh innovatorlar va ixtirochilar hamda boshqalar qatnashdi.
Haftalikda mahalliy va xalqaro yirik kompaniyalar, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari, venchur fondlar, moliya tashkilotlari, xalqaro ma’lumotlar bazalarining vakillari ishtirok etmoqda.
Xitoy, Malayziya, Singapur, Yaponiya, Koreya, Vengriya, Germaniya,Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Hindiston, Eron, Quvayt, Belarus, Armaniston, Gruziya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Togo (Afrika) kabi dunyoning 30 ga yaqin davlatlaridan vakil va elchilar ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, haftalik doirasida ishtirokchilar uchun ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, xalqaro tajriba almashish imkoniyatini beruvchi 30 dan ortiq ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.
#Jarayon #InnoWeek2025 #ochilish_marosimi

❤10👍3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“InnoWeek-2025” — “Chegarasiz g‘oyalar” xalqaro haftaligi rasmiy ochilish marosimidan
#Jarayon #InnoWeek2025 #ochilish_marosimi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Jarayon #InnoWeek2025 #ochilish_marosimi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤6🔥3
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 20-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥2👍1