Telegram Web Link
Toshkentda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

15-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” nomli respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 dan ziyod xorijlik talabalar ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar:

🥇1-o‘rin: Shen Xintong (Xitoy) Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Toya Kobayashi (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Khan Huriya (Hindiston) Buxoro davlat tibbiyot universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Abdul Haseeb Khon (Pokiston) Urganch davlat tibbiyot instituti talabasi.

🏆 G‘oliblar diplom, faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda 1-o‘rin uchun BHMning 40 barobari, 2-o‘rin uchun BHMning 30 barobari va 3-o‘rin uchun BHMning 20 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93477

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍3🤔1
TÜRKÜNİB Assambleyasida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi

Joriy yil 15-oktyabr kuni o‘tgan Turkiy universitetlar ittifoqining “Ilmdan o‘zga najot yo‘q” shiori ostidagi 8-Bosh Assambleyasi — turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik, akademik birdamlik va madaniy integratsiyaning yangi bosqichini boshlab berdi.

Assambleyaning sho‘ba yig‘ilishlarida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93473

#XalqaroAnjuman #TÜRKÜNİB #Toshkent

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1612
#xalqaro_olimpiada

O‘zbekiston jamoasi Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi


Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida 40 ta mamlakatdan 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan V Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston jamoasi musobaqada 6 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritib, medallar soni bo‘yicha 40 ta mamlakat orasida 3-o‘rinni egalladi. Jamoa tarkibida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va INHA universitetining 10 nafar talabalari ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Saidaziz Azimov mutlaq g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Madinabonu Usmonova, Yulduzxon Maxmudova, Nurmurat Dauletiyarov, Amir Yuldashev hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchisi Jasur Abdunazarov II-darajali diplomga sazovor bo‘lishdi.

Iqtidorli yoshlarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍149🔥1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Xorazmda “TalabaExpo — 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida

Urganch davlat universitetida Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir orqali viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va biznesga jalb qilish maqsad qilingan.

Keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!

Manzil: Urganch shahar, Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87
😂😘⚖️👨‍💻👩‍💻💬

TÜRKÜNİB Assambleyasi doirasida xalqaro anjuman boshlandi

Ayni daqiqalarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB) Assambleyasi doirasida “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Konferensiya turkiy xalqlar oʻrtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, umumiy tarix, madaniyat, din, til va adabiyotni dunyo miqyosida targʻib etish, Qoraxoniylar davriga oid tarixiy va madaniy merosni ommalashtirishga qaratilgan.

📺 Konferensiyani jonli efirda tomosha qilish mumkin:
https://www.youtube.com/live/mz1A-xJOkV4?si=V7IPDpo8OPA5aCk4

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍7👏3😁3
2025/10/23 12:19:29
Back to Top
HTML Embed Code: