Telegram Web Link
#xalqaro_anjuman

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Barqaror rivojlanish yo‘lida arxitektura va shaharsozlik muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Zaha Hadid Architects, XTU Architects, MAD Architects kabi yetakchi xorijiy arxitektura byurolari vakillari, mamlakatimiz bosh me'morlari, loyihalash tashkilotlari rahbarlari hamda tajribali mutaxassislar ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93803

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda talabalar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo voleybol chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Ayni kunlarda Buxoro shahri Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) va O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan talabalar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqa Buxoro davlat universitetining “Universal” sport majmuasida o‘tkazilmoqda. Bu — voleybol bo‘yicha Buxoroda ilk bor o‘tkazilayotgan yirik xalqaro turnir bo‘lib, unda Markaziy Osiyoning eng kuchli 16 jamoasi g‘oliblik uchun maydonga chiqmoqda.

Bellashuvlarda qizlar o‘rtasida Buxoro davlat universiteti (BuxDU), Urganch davlat universiteti (UrDU), Namangan davlat universiteti (NamDU) hamda Turkmaniston jamoasi, yigitlar o‘rtasida esa BuxDU, Samarqand davlat pedagogika instituti (SamDPI), Xalqaro innovatsion universiteti (XIU), Qarshi davlat universiteti (QarDU) va Turkmaniston vakillari g‘alaba uchun kurash olib bormoqda.


Turnir 20-oktabrga qadar davom etadi.

#sport #xalqaro_turnir #talabalar_sporti #volleybol

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11🔥3🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
17-oktabr — Butun jahon kambag‘allikka qarshi kurashish kuni

BMT Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, har yili 17-oktabr kambag‘allikni tugatish uchun kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Yurtimizda bu borada izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.

“Kambag‘al oilalar reyestri”ga 667 mingdan ortiq oila kiritildi. Bu shunchaki raqamlar emas ular ortida yangi imkoniyatlar olgan minglab insonlar taqdiri mujassam.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayyorlangan film orqali islohotlar samarasi va hayotlardagi o‘zgarishlar bilan tanishing.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍5😁2
“Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi


Davlatimiz rahbari O‘zbekiston kasaba uyushmalari vakillari bilan muloqot qildi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #kasabauyushmalari #muloqot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍4😁2
4️⃣4️⃣4️⃣

2-bosqich tayanch doktorantlar (PhD)dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda


Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, 2026-yil uchun Prezident davlat stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabul qilinmoqda.

2-bosqich tayanch doktorantura (PhD)da tahsil olayotgan doktorantlar arizalarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Hujjat qabul qilish muddati: 2025-yil 31-oktyabr (shu kuni ham).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

Buxoro davlat universiteti talabasi Jahongir Nazarov ekologik qog‘oz yaratdi.

Yosh ixtirochi InnoWeek-2025 doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2213👏3
2025/10/20 07:33:30
Back to Top
HTML Embed Code: