Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Nukusda anʼanaviy “TalabaExpo—2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Nukus shahrida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo—2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan yirik korxona va tashkilotlar, bank-moliya muassasalari, innovatsion markazlar hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z ish o‘rinlari, loyihalari va amaliy dasturlarini taqdim etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida yoshlar uchun:
ish o‘rinlari yarmarkasi;
amaliyot va stajirovka dasturlari haqida ma’lumotlar;
startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
“O‘zmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍6🔥4🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olima_ayollar #sunʼiy_intellekt

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratonini erta bosqichlarda aniqlovchi innovatsion dastur yaratildi


Loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Olima ayollar” tanlovida g‘olib deb topilgan bo‘lib, u nafaqat mamlakat ilmiy ayollar salohiyatining yuksak namunasidir, balki tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Mazkur dastur zamonaviy tibbiyotda diagnostika jarayonlarini avtomatlashtirish va soddalashtirishga, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt algoritmlari yordamida yaratilgan tizim kasallik alomatlarini dastlabki bosqichdayoq aniqlash imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍13👏1
⭕️⭕️⭕️

🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Hurmatli talabgorlar!

Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗓 iTEP imtihoni kuni: 29-oktabr

📍 Imtihon endilikda 9 ta viloyatlarda o‘tkaziladi⬇️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ USTIGA BOSING

💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 27-oktabrgacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.

📩 Ro‘yxatdan o‘tish:
➡️ registration.ilmiymarkaz.uz

💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m

📊 Natijalar: 2 (ikki) ish kun ichida e'lon qilinadi.

🎓 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!

📚 iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
#vazir_yoshlar #ochiq_muloqot

Vazir Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchi va o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchilari hamda professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekistonda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va soha oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/95158

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍98😁2🤔2🔥1
#talaba_yugur #marafon

🏃‍♂️🏃‍♀️“Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi davom etmoqda


Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talaba hamda o‘quvchilari, professor-o‘qituvchilar va xodimlari o‘rtasida “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi o‘tkazilmoqda.

21-oktyabr kuni musobaqaning navbatdagi manzili Buxoro viloyati bo‘ldi. Tadbirda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ko‘ngillilar faol ishtirok etib, yugurish bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.

“Kuzgi” mavsum doirasida 9 ta hududda o‘tkazilgan musobaqalarda 28 478 nafar talaba va o‘quvchi, 1 586 nafar professor-o‘qituvchi va xodim ishtirok etdi. Barcha natijalar yugur.uz elektron platformasi orqali qayd etilmoqda.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, har bir mavsum natijalari asosida erkak va ayollar yo‘nalishlari bo‘yicha alohida-alohida 1–3-o‘rinlarni egallagan talabalar rektor stipendiyasi bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – 6 oy davomida (bitiruvchi bosqich talabalariga bahorgi mavsumda 4 oy davomida) bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida;
🥈2-o‘rin – 4 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida;
🥉3-o‘rin – 2 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Shuningdek, musobaqada ishtirok etgan professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida “Yugur” platformasida qayd etilgan natijalarga asosan har bir oliygoh kesimida 1–3-o‘rinlarni egallagan (erkak va ayollar yo‘nalishlari bo‘yicha alohida) g‘oliblarga lavozim maoshining 10 foizi miqdorida 3 oylik qo‘shimcha ustama belgilanadi.


Musobaqaning keyingi manzillari – Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari bo‘ladi.

Sog‘lom hayot tarafdorlari, faol yoshlar va sport ixlosmandlarini “Talaba – yugur” yugurish musobaqasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Birgalikda yuguraylik, birgalikda sog‘lom jamiyat sari intilaylik!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥4
2025/10/24 02:12:35
Back to Top
HTML Embed Code: