Telegram Web Link
Madaniy merosni barqaror asrash hamda tarixiy inshootlarga iqlim o‘zgarishining ta’siri masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi

YUNESKO Bosh Konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir madaniy merosni barqaror asrash, bu jarayonda zamonaviy yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va jamoatchilik ishtirokining o‘rnini yoritishga bag‘ishlandi. Shuningdek, tarixiy inshootlarga iqlim o‘zgarishining ta’siri masalalari muhokama qilindi.

Seminarda 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy olimlar, mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi.

Ilmiy seminar doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil etildi:

🔹Barqaror materiallar va an’anaviy texnikalar — tarixiy shahar tuzilmalari va me’moriy meros obyektlarini asrash masalalari muhokama qilindi.

🔸Meros va iqlim o‘zgarishi — iqlim o‘zgarishining yodgorliklarga ta’siri va qadimiy me’moriy yechimlarning zamonaviy ahamiyati tahlil qilindi.

🔹Meros barqarorligi uchun raqamli texnologiyalar — 3D modellashtirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etildi.

🔸Shahar merosi va barqaror rivojlanish — Samarqandning moddiy va nomoddiy merosini asrash hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍113🔥1👏1
Kasbiy ta’lim sohasida Xitoy bilan hamkorlik kengaymoqda

Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurib, Pekin va Gansu viloyatlari bilan kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.

Delegatsiya “Belt and Road” doirasidagi CACIE 2025 xalqaro ta’lim konferensiyasida ishtirok etib, kasbiy ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish, qo‘shma ta’lim markazlarini tashkil etish va WorldSkills Asia doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Tashrif davomida boshqarma, Sunmaker Training instituti va CIIC International Education Technology (Beijing) Co., Ltd. o‘rtasida raqamli kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida 12 yo‘nalish bo‘yicha raqamli o‘quv resurslari yaratish, onlayn va oflayn treninglar tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, delegatsiya Gansu viloyatidagi kasb-hunar kollejlarining ilg‘or tajribasini o‘rganib, uni mahalliy ta’lim tizimida qo‘llashni maqsad qilmoqda.

#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim #memorandum

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍5😁1
Oʻzbekiston va Sloveniya oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarmoqda

Samarqand shahrida oʻtayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qongʻirotboy Sharipov Sloveniya Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat kotibi Yure Gashparich bilan uchrashdi.

Tomonlar oʻrtasida “Oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik toʻgʻrisida” anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat universitetlar va ilmiy markazlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, qoʻshma anjuman va seminarlar tashkil etish imkonini beradi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100399

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #vazir #UNESCO #memorandum #Sloveniya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍81
Forwarded from PARVOZ loyihasi
#IlmStart_Marafoni

🔺“Ilm-Start” marafonida ishtirok etyapsizmi?

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Parvoz” loyihasi tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilm-Start” marafoni o‘tkazilmoqda.

Marafon davomida siz startap yaratish, jamoa shakllantirish, innovatsion fikrlash, investor jalb etish va muvaffaqiyat sari yo‘l ochuvchi amaliy bilimlarni bepul o‘rganasiz.

🗒 Marafon speakerlari:

1. Olimjon To‘ychiyev — O‘zbekistonlik texnolog va jamoat arbobi, Turin politexnika universiteti rektori
Dars mavzusi: “Texnoparklar, universitetlar va davlat: innovatsion loyihalar uchun yagona ekotizim qurish”;

2. Asadbek Urunov — Founder of Cosmos Innovation, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sovrindori, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi
Dars mavzusi: “Kuchli jamoa tuzish va startap yaratishda jamoaning o‘rni”;

3. Azizbek Ilkhamov — Innovatsion rivojlanish agentligi, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i
Dars mavzusi: “Startap ekotizimidagi yangiliklar”;

4. Akbarxon Sobirxonov — Yoshlar akademiyasi rahbari
Dars mavzusi: “O‘zbekiston innovatsion taraqqiyotida talabalarning o‘rni: yangi imkoniyatlar va chaqiriqlar”;

5. Bobir Zokirov — Biznesmen, innovator
Dars mavzusi: “Global Business Startup”;

6. Abdulaziz Yakubov — “Yoshlar Ventures” rahbari
Dars mavzusi: “Venchur fondlardan investitsiya jalb qilish”;

7. Barnoxon Artikxodjayeva — BMT Taraqqiyot dasturi “Startup Tashabbuslar” loyihasi treneri
Dars mavzusi: “Ilmiy loyihalarni startapga aylantirish”;

8. Xulkar Atayeva — Innovatsion rivojlanish agentligi bosh mutaxassisi
Dars mavzusi: “Ijtimoiy tarmoqlar orqali brendga maqsadli auditoriyani jalb qilish”;

9. Shahzod Umrzoqov — “TASS Vision” startap kompaniyasi asoschisi va bosh direktori
Dars mavzusi: Startap loyihalar doirasida yaratilgan mahsulot hamda ishlanmalarni xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda eksportni yo'lga qo'yish.


🗓 Marafon sanalari: 10–17-noyabr.
🎤 Format: Onlayn.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: @ilm_start_marafon_bot

🚀 Endi sizning navbatingiz — g‘oyangizni kuchaytiring, jamoangizni shakllantiring va uni parvoz ettiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya

Talaba shifoxonadagi muammoga innovatsion yechim topdi


Turin politexnika universiteti magistri Asadbek O‘rinov shifoxonalarda soatlab navbat kutish muammosini hal etishga qaratilgan “Body Tester” nomli innovatsion ishlanmasini taqdim etdi. U bu loyihasi haqida videolavhada batafsil ma’lumot beradi.

Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan. Loyiha Savdo-sanoat palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi — fan va biznes o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashishdir.

🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish va kasbiy ta’lim yo‘nalishida qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi

7-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Gyote instituti direktori Anna Bernsmayer hamda Institutning Sharqiy va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha til bo‘limi rahbari Tanya Olbrix bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim muassasalarini darslik va texnik vositalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, turizm va mehmonxona xo‘jaligi texnikumlari bilan hamkorlikda Germaniyada o‘tkazilgan amaliyotlar natijalari ham ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100512

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi O‘zbekiston–AQSH hamkorligida yangi sahifa ochdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSH poytaxti Vashingtonga amaliy tashrifi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va manfaatga asoslangan strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Tashrif davomida iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va texnologik sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuv va kelishuvlar bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari tashrif doirasida AQSH Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek, “General Motors International” kompaniyasi global ijrochi direktori Shilpan Amin hamda AQSH savdo vaziri Xovard Latnik bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Ishbilarmonlar bilan davra suhbati yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH savdo vaziri Xovard Latnik ishtirokida bir qator ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va “C5+1” formatidagi sammitda ishtirok etdi. Sammitda davlatimiz rahbari Donald Trampni “tinchlik prezidenti” deb atab, uning xalqaro barqarorlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi yakunida O‘zbekiston–AQSH hamkorligi yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyidi, tomonlar o‘zaro strategik sheriklikni chuqurlashtirishga qat’iy ishonchini bildirdilar.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5👍2
2025/11/08 01:51:38
Back to Top
HTML Embed Code: