Telegram Web Link
IPAK YOʻLLARIDA MOʻYQALAM BILAN

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Oʻzbekiston sanʼat arbobi, professor Ortiqali Qozoqovning “Ipak yoʻllarida moʻyqalam bilan” nomli shaxsiy koʻrgazmasi ochildi. Unda rassomning yarim asrlik ijodini aks ettiruvchi 50 ga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etilgan.

Buyuk Ipak yoʻliga bagʻishlangan “Shodlik karvonlari”, “Ipak yoʻllarida oʻtmish va bugun”, “Karvon yoʻllari” kabi asarlar tomoshabinni Sharq ruhi va Vatan goʻzalligiga oshno etadi. Koʻrgazma yoshlarning badiiy didini yuksaltirish va Vatanga muhabbat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda Ortiqali Qozoqovga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

⭕️ Koʻrgazma 2-noyabrgacha davom etadi.
📍 Manzil: Yusuf Xos Xojib koʻchasi, 37 “A”.
⭕️ Kirish bepul.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👏5👍1
#sarhisob_murojaat
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2025-yil 3 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👍2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Nukusda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 700 nafardan ortiq talabalar uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi

23-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma doirasida 79 ta yirik ish beruvchi va tijorat banklari tomonidan 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Shu bilan birga, yuqori kurs talabalariga malakaviy amaliyot o‘tash uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, bitiruvchi talabalar “Muratbek mebel” xususiy korxonasiga tashrif buyurib, uning faoliyati haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Tadbirda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining 9 254 nafari ishtirok etdi. Ulardan 3 424 nafar talaba ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 725 nafar talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, biznes g‘oyalarini taqdim etgan talabalarning 33 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1👏1🤔1
#xalqaro_hamkorlik

🎓 Oliy ta’lim bitiruvchilari uchun quvonarli yangilik!

🇺🇿🇰🇷
O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi delegatsiyasi Koreya Respublikasining Geongsangbuk-do provinsiyasi gubernatori Li Chol Vu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va kadrlar almashinuvi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida yarimo‘tkazgichlar, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, biotexnologiya, sun’iy intellekt (AI), robototexnika, kelajak mobil texnologiyalari va energetika kabi yo‘nalishlarni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun E-7 turdagi ish vizasini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish, Koreyaga kirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🧾 Loyihada ishtirok etish uchun talabgorlar:

🟢bakalavr yoki magistr diplomi va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

🟠bakalavr yoki magistr diplomi, TOPIK 2+ yoki KIIP sertifikatiga ega bo‘lish;

🟢Geongsangbuk-do provinsiyasining yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarida kamida 3 yillik rasmiy ish tajribasi va TOPIK 3 darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar;

🟠yo‘nalishlarda bakalavr yoki magistr bosqichini tugatayotgan, shu bilan birga TOPIK 2+ yoki KIIP sertifikatiga ega bo‘lgan talabalar ham loyihada ishtirok etishlari mumkin.

🌐 “Hududiy E-7 viza sinov dasturi”
xorijiy, jumladan, O‘zbekistondan kelgan malakali mutaxassislarni Koreyaning yetakchi sanoat kompaniyalariga ishga jalb etishni maqsad qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar malakali kadrlarni tayyorlash va ularni Koreyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍2
“Oʻzbekfilm”da oliygoh kafedralari filiallari ochildi

“Oʻzbekfilm” kinokonsernida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” hamda “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedralari filiallarining tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi bosh direktori Shuhrat Rizayev, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayev, “Oʻzbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Muhamedov, shuningdek, taniqli kino rejissyorlar, operatorlar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Taʼkidlanishicha, dual taʼlim tizimining yoʻlga qoʻyilishi — milliy kinematografiya sohasi uchun yangi avlod kadrlarini yetishtirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi. Mazkur loyiha ilm-fan, ijod va zamonaviy texnologiyalarni uygʻunlashtirish orqali xalqaro talab darajasidagi mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍7🎉3😁2🔥1
2025/10/26 02:37:29
Back to Top
HTML Embed Code: