Telegram Web Link
Oʻzbekiston va Yaponiya rektorlari forumi: yangi g‘oyalar, istiqbolli hamkorliklar

Samarqandda oʻtayotgan Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi doirasida uchta shoʻba yig‘ilishi boʻlib oʻtdi.

Unda ikki davlat ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ekspertlar zamonaviy ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish hamda raqamli innovatsiyalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Shoʻbalarda quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha fikr almashildi:


Texnologik kelajak uchun inson kapitali — oliy ta’limni sanoat va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish;
Chegarasiz ko‘nikmalar — ta’lim, akademik mobillik va amaliyotchi tadqiqotlar uchun ikki tomonlama ekotizim yaratish;
Aqlli jamiyat uchun akademik innovatsiya — sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

#UzJapanForum #Education #Innovation #Cooperation #Samarkand
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
#Besh_tashabbus

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda


Oliy ta’lim muassasalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol turlari bo‘yicha ikkinchi bosqich — fakultetlararo musobaqalar o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlanmoqda.

Bugungi kunga qadar 160 ta OTMda jami 272 890 nafar talaba, shundan 107 152 nafari qizlar, ishtirok etdi.

Jumladan:

⚽️ Mini-futbol – 71 407 nafar;
🏓 Stol tennisi – 40 803 nafar;
🏐 Voleybol – 81 857 nafar;
🏃‍♂️ Yengil atletika – 40 231 nafar;
🏀 Stritbol – 38 592 nafar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍2
🇺🇿🇫🇮 Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida JIDU talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, “The changing balance of power: Values, interests and power in foreign policy” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, tomonlar qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning aniq yo‘llarini, jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini hayotga tatbiq etish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Batafsil...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍6🔥2
🎌 Kenji Hirata, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi:
“Ta’lim — bu xalqlarni bog‘lovchi eng ishonchli ko‘prik. U orqali biz o‘zaro hurmat va madaniy yaqinlikni mustahkamlaymiz.”



🎌 Kenji Hirata, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Japan to the Republic of Uzbekistan:
“Education is the most reliable bridge that connects nations. Through it, we strengthen mutual respect and cultural understanding.”


#iqtibos #UzJapanForum #Education #Innovation #Cooperation #Samarkand

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍93
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

TerDUda ta’lim va dam olish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda


Termiz davlat universitetida talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yo‘lida keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, universitet tashabbusi bilan Termiz shahrining A. Navoiy ko‘chasida yoshlar sayilgohi barpo etilmoqda. Shuningdek, to‘liq ta’mirdan chiqqan Registrator ofisida talaba va o‘qituvchilarga 110 dan ortiq yo‘nalishda xizmatlar taqdim etiladi. Yangi o‘quv yilidan talabalar katta tennis bilan shug‘ullanish, fitnes klubidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov universitetdagi yangilanishlar bilan tanishib, iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Muloqotda bu qulayliklar yurtboshimizning yoshlar kelajagiga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rligining amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥17👏75👍3
Ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish sharoiti yaratiladi

👍Ma’lumki, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan xorijiy akkreditatsiyalarni yurtimizda tan olish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu maqsadda Agentlik va Buyuk Britaniyaning nufuzli AMBA & BGA akkreditatsiya tashkilotlari oʻrtasida kelishuv imzolandi.

Bunga ko‘ra, endilikda AMBA & BGA akkreditatsiya tashkilotlaridan akkreditatsiyadan o‘tgan biznes va menejment dasturlari yurtimizda maxsus akkreditatsiyadan ozod etiladi.

Shuningdek, AMBA & BGA akkreditatsiya tashkilotlari va Agentlik hamkorligida mutaxassislar almashinuvi, seminar-treninglar va malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar Markaziy Osiyoda faqatgina 2 ta oliygohning biznes va menejment ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan.

Ushbu kelishuv yurtimiz oliygohlarida ta’lim dasturlarining xalqaro darajada tan olinishi sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlari beshinchi forumining birinchi kun tafsilotlaridan videolavha

#1_kun_tafsilotlari #Xalqaro_forum

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍1
Oʻzbekiston va Liberiya oʻrtasida taʼlim sohasida hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi

Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan YUNESKOning 43-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Liberiya taʼlim vaziri Jarso Maley Jallax xonim bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida tomonlar taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, talabalar almashinuvi, akademik mobillik hamda professor-oʻqituvchilar almashinuvi yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍5
2025/10/31 02:17:41
Back to Top
HTML Embed Code: