This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#forum
Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Forum natijalariga ko'ra hamkorlikda ilgʻor muhandislik maktablari, spin-off kompaniyalari va texnoparklarni tashkil etish, ikki mamlakat oliygohlari oʻrtasida muhandislik-texnika mutaxassisliklari boʻyicha “ikki diplomli” qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish ko'zda tutilgan.
Shuningdek, akademik mobillik va almashinuvlarni rivojlantirishda taʼlim standartlari va talablarni uygʻunlashtirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqish, Turkiya oliygohlarida oʻzbek talabalari uchun magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun stipendiyalar ajratish, oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilar uchun Turkiya universitetlarida malaka oshirish kurslari va trening dasturlarini tashkil etish masalalari ko'rib chiqilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

#xalqaro_konferensiya
Joriy yilning 23—28-sentabr kunlari dunyoning 30 ga yaqin yetuk olimlarini jamlagan “Yangi avlod yupqa plyonkali fotovoltaik tizimlar uchun ilg‘or funksional materiallar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya tashkilotchilari Urganch davlat pedagogika instituti, Germaniyaning Vuppertal universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda O‘zbekiston fizika jamiyati hisoblanadi.
Ushbu xalqaro konferensiyadan maqsad yupqa plyonkali fotovoltaik qurilmalar, qayta tiklanuvchan energetika sohasi kabi yetakchi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, dolzarb muammolar va istiqbolli texnologiyalarni muhokama qilishdan iborat.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23007

#forum #xalqaro_hamkorlik
Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi doirasida 60 dan ortiq hujjat imzolandi
Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 86 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlararo oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, muhandislik, texnika, aerokosmik va sun’iy intellekt sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida 60 dan ortiq memorandum, kelishuv va shartnomalar imzolandi.