Telegram Web Link
#xalqaro_konferensiya

Joriy yilning 23—28-sentabr kunlari dunyoning 30 ga yaqin yetuk olimlarini jamlagan “Yangi avlod yupqa plyonkali fotovoltaik tizimlar uchun ilg‘or funksional materiallar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya tashkilotchilari Urganch davlat pedagogika instituti, Germaniyaning Vuppertal universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda O‘zbekiston fizika jamiyati hisoblanadi.

Ushbu xalqaro konferensiyadan maqsad yupqa plyonkali fotovoltaik qurilmalar, qayta tiklanuvchan energetika sohasi kabi yetakchi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, dolzarb muammolar va istiqbolli texnologiyalarni muhokama qilishdan iborat.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23007

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#forum #xalqaro_hamkorlik

Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi doirasida 60 dan ortiq hujjat imzolandi


Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 86 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlararo oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, muhandislik, texnika, aerokosmik va sun’iy intellekt sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida 60 dan ortiq memorandum, kelishuv va shartnomalar imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Befarq bo‘lmang! O‘z kelajagingizni o‘zingiz tanlang! Ovoz bering!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2025/10/21 09:09:18
Back to Top
HTML Embed Code: