Telegram Web Link
#xalqaro_hamkorlik #tibbiyot

Samarqanddagi tibbiyot universiteti talabalari qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha AQSHda o‘qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi


Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning Webster universiteti bilan bir necha yildan beri o‘zaro hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda. Jumladan, ikki muassasa o‘rtasida “Tibbiy biologiya” va “Oliy hamshiralik” yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga ko‘maklashishi haqida kelishib olingan edi.

Mazkur kelishuv doirasida 11-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Webster universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan 3+1 shaklidagi “Hamshiralik ishi” qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilib, SamDTU talabalari AQSHning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉 In English
👉 На русском

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
#strategiya #seminar #davlat_dasturi_ijrosi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi ahamiyati, ularda sohaga oid belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi


12-iyul kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi mazmun-mohiyati, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan muloqot, muhokama-munosabat shaklida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari va rahbar xodimlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati mas’ullari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/16263

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
#tavsiya

🔗Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilayotgan oliy ta’lim muassasalarining Telegram messenjeridagi rasmiy sahifalari

Xabaringiz bor ayni kunlarda 53 ta OTMda 2024/2025-o‘quv yili bakalavriatga qabul bo‘yicha kasbiy(ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda. Jarayonlar, imtihon natijalari haqida ularning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ma’lumotlar joylab boriladi.

Ushbu yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun ularning Telegram kanallarini kuzatishingizni tavsiya qilamiz.

🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti;
🏛 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
🏛 Toshkent davlat texnika universiteti;
🏛 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
🏛 Termiz davlat universiteti;
🏛 Termiz davlat pedagogika instituti;
🏛 Andijon mashinasozlik instituti;
🏛 Andijon davlat universiteti;
🏛 Andijon davlat pedagogika instituti;
🏛 Buxoro davlat universiteti;
🏛 Buxoro davlat pedagogika instituti;
🏛 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
🏛 Guliston davlat universiteti;
🏛 Guliston davlat pedagogika instituti;
🏛 Qoraqalpoq davlat universiteti;
🏛 Qarshi davlat universiteti;
🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
🏛 Namangan davlat universiteti;
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti;
🏛 Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;
🏛 Samarqand davlat universiteti;
🏛 Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali;
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
🏛 O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
🏛 Samarqand davlat chet tillar instituti;
🏛 Farg‘ona davlat universiteti;
🏛 Urganch davlat universiteti;
🏛 Urganch davlat pedagogika instituti;
🏛 Navoiy davlat pedagogika instituti;
🏛 Nukus davlat pedagogika instituti;
🏛 Jizzax davlat pedagogika universiteti;
🏛 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
🏛 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
🏛 Toshkent tibbiyot akademiyasi;
🏛 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
🏛 Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti;
🏛 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;
🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;
🏛 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali;
🏛 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;
🏛 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;
🏛 O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
🏛 Milliy rassomlik va dizayn instituti;
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;
🏛 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
#forum #tanishuv #Toshkent #Piza

Forum doirasida Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Piza universiteti faoliyati bilan tanishdi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toshkent shahridagi Piza universiteti Ijrochi direktori No‘monbek Dalimov hamda oliygoh mutasaddilari hamrohlik qildi.

Delegatsiya a’zolariga o‘quv va laboratoriya xonalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22588

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2025/10/22 09:34:58
Back to Top
HTML Embed Code: