Telegram Web Link
#dayjest #oʻzbek_tili #ona_tilim

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko’ra o‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kunning 35-yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida bir qator tadbir va adabiy-ma’rifiy kechalar o‘tkazilmoqda.


🔸Navoiy davlat pedagogika instituti;

🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

🔸Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔹“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti;

🔸Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔸Qarshi davlat universiteti;

🔹Ma’mun universiteti;

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;

🔹Termiz davlat universiteti;

🔸Andijon davlat pedagogika instituti;

🔹Xalqaro innovatsion universiteti;

🔸Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali;

🔸Urganch davlat universiteti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔸Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Samarqand filiali;

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti;

🔸Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi;

🔸Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

🔹O‘zbekiston Milliy universiteti;

🔸Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🔹Andijon mashinasozlik instituti;

🔸Samarqand davlat chet tillar instituti;

🔹Turon xalqaro universiteti;

🔸Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

🔹Qo‘qon davlat pedagogika instituti;

🔸Andijon davlat chet tillari instituti;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔸O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

🔸Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

🔸Samarqand Davlat tibbiyot universiteti;

🔹Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔸Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

🔸Milliy estrada san’ati instituti;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔸Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;

🔹Toshkent davlat agrar universiteti;

🔸Farg‘ona politexnika instituti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti;

🔸Nukus davlat pedagogika instituti;

🔹O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;

🔸 Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali;

🔹Osiyo xalqaro universiteti;

🔸Qoraqalpog‘iston meditsina instituti;

🔹O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

🔸O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;

🔸Namangan muhandislik-qurilish instituti.

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston—Eron oliy ta’lim va innovatsiyalar sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'nq'irotboy Sharipov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24946

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat stomatologiya instituti Turkiyaning nufuzli Eskishahar Osmangazi universiteti bilan «Sun’iy intellekt» texnologiyasini tadbiq etish bo'yicha shartnoma imzoladi.

Joriy yilning 17-20 oktyabr kunlari institut delegatsiyasi Turkiyaga tashrifi davomida «Sun’iy intellekt» texnologiyalarni tibbiy ta’limda, davolash va ilmiy-tadqiqot faoliyatida tadbiq etish yuzazisdan Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori N.Xaydarov va Eskishaxar Osmangazi universiteti rektori K.Cholak hamkorlik shartnomasini imzolashdi.

Batafsil:
https://tsdi.uz/yangilik%5C720

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
QQDUda "Ajiniyaz — qoraqalpoq adabiyotining faxri" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya tashkil etildi

26-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Ajiniyaz — qoraqalpoq adabiyotining faxri" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijiy davlatlardan, shu bilan birga, respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlaridan professorlar, olimlar, doktorantlar, izlanuvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Konferensiyani universitet rektori Axmed Reymov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimizning sevimli shoiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi YUNESKO doirasida xalqaro miqyosda nishonlanadigan yubileylar qatoriga kiritilganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, konferensiyada shoir hayoti va ijodi, asarlari nafaqat qoraqalpoq adabiyoti, balki o‘zbek, qozoq, turkman va boshqa turkiy xalqlar hamda jahon adabiyotida tutgan o‘rni, XIX asr qoraqalpoq adabiyoti rivojida Ajiniyoz ijodining ahamiyati, bugungi kunda uning asarlari o‘rganilishi va kelgusi avlodlarga yetkazilishi kabi masalalar haqida ma’lumotlar berildi.

Konferensiya doirasida universitet jamoasi va bir qator iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2025/10/19 22:21:16
Back to Top
HTML Embed Code: