Toshkent shahar Olmazor tumani, Usta shirin ko‘chasidagi daraxtlarga reklama bannerlarini mixlar yordamida ilib tashlashibdi.

Holat haqida xabar bergan kuzatuvchimiz, daraxtlarga amaliy yordam berishni so‘ragan, tegishli tashkilotlardan.

📍Manzil (Геопозиция)

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi inspektorlaridan daraxtlarga amaliy yordam ko‘rsatishlarini va ushbu ishni qilganlarga qonuniy jazo choralari ko‘rishlarini so‘raymiz.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videodagi yigitni, odam deb aytishga uyalasan kishi. Odamlar, itlarni har kuyga solishmoqda. Qayerdadir miltiqda otib, qayerdadir yondirib yoki osib o‘ldirishmoqda. Ayrim hududlarda ularni o‘ldirib go‘shtini ham yeyishmoqda. Bularning barchasi vahshiylik!

Itlar ham ularga zarar yetkazilganda agressiv holatga kirishadi.

Yigit itni suvga uloqtirgan paytda it jaxli chiqib tishlab olganda, bizning ayrim fuqarolar vaziyatni to‘liq o‘rganmay itni sababchi qilishgan bo‘lishardi. Ammo har doim ham vaziyat biz kutgandek bo‘lmaydi.

Videodagi itni boshqacha usulda yuvintirsa ham bo‘lardi. Masalan uloqtirmasdan ehtiyotkorlik bilan cho‘miltirsa bo‘ladi.

Sizningcha ushbu yigitning qilgan ishi to‘g‘rimi?

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IjtimoiyRolik

“Tozalanadigan emas, chiqindi tashlanmaydigan joy pokizadir”.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daraxtlar kesilaverganidan qushlar svetoforga in qurmoqda.

Tog’ri-da, daraxtga nisbatan svetoforning bir joyda uzoq turish ehtimoli balandroq…💔

Manba

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Savol: Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?

🤭Savol javobini topgan bo‘lsangiz izohlarda yozib qoldiring


☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 
De Passiehoeve hayvonlarni qutqarish fermasi asoschisi belgiyalik Vendi Adriaensning aytishicha, u boqayotgan jonivorlar autizm, ruhiy tushkunlik, tashvish yoki giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lgan odamlarga yordam beradi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi,  "M.Ulug‘bek" haykali o‘rnatilgan bog‘da nosoz suv purkagichlardan suv oqib ketyapti.

"Maysalarni yomg‘ir yog‘adigan kunda ham sug‘orishadi. Haftada bir marta sug‘orsa yetarli emasmi? Bunaqa ketishda daraxtlar qurib qoladi-ku", deydi o‘z murojaatida holat haqida xabar bergan kuzatuvchimiz.

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasidan ushbu holatni o‘rganib, ijobiy hal qilgan holda, doimiy nazoratga olishlarini so‘raymiz.


☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
🆘 ⚡️Toshkentning Yashnobod tumanidagi 149-sonli bolalar bog‘chasida 3 quyon va 3 ta toshbaqalar qafasda oziq-ovqatsiz, suvsiz qolib ketgan, hayvonlar bolalarning ko‘z o‘ngida nobud bo‘lmoqda, bir quyon allaqachon nobud bo‘lgan ekan. Dasht toshbaqasi O‘zbekiston…
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda Toshkentning Yashnobod tumanidagi 149-sonli bolalar bog‘chasida 3 dona quyon va 3 ta toshbaqalar qafasda oziq-ovqatsiz, suvsiz qolib ketgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Yashnobod tumani bo'limi mas'ullari tomonidan nazoratga olinib, yuqorida ko'rsatib o'tilgan manzilda o'rganish ishlari olib borilibdi.

Olib borilgan o'rganishlar jarayonida Yashnobod tumani, "Semurg'' MFY hududida joylashgan 149-sonli MTMda o'tkazilgan forum uchun olib kelingan quyonlarni qarovsiz qoldirgani uchun MTM rahbari tuman ekologiya bo'limi tomonidan qat'iy ogohlantirilib, quyonlarni parvarishlash va ularga nisbatan shafqatsiz munosabatlarni keltirib chiqargan taqdirda qonunchilikka asosan jarimaga tortilishi bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.

Bu haqida bizga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
Qonunlar bor ammo kim ularga amal qilyapti? Toshkent shahridagi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hududi qaysidir quruvchiga topshirilgan, to‘g‘rirog‘i sotilgan.

Quruvchi esa doimgidek ko‘plab daraxtlarni kesib tashlagan.

1-surat: Aprel 2023-yilda olingan. 2-surat: Aprel 2024-yilda.

Nima deyishni ham bilmaysan kishi. Yakuniy xulosani sizlarga qoldirdik.

Tegishli tashkilot rahbarlari ham biror nima der balkim?

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Chiyabo’ri” baliq ovida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi ''Orolbo’yi” milliy tabiat bog'i hududida o’rnatilgan fotoqopqonga chiyabo’rining baliq ovlash jarayoni muhrlandi.

Ma’lumot uchun, “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’ida jami 91 turdagi umurtqali hayvonlar bor. Bulardan 16 turi sut emizuvchilar, 8 turi sudralib yuruvchilar va 67 turi qushlar hisoblanadi. Shundan 13 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Manba

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
2024/05/14 20:56:20
Back to Top
HTML Embed Code: