Telegram Web Link
Chart’lar bilan yaxshi ishlashni bilarkan)

Chart bilan ishlash kerak bo’lsa, hire qilsak bo’larkan.
Bizda hayot hozir shunday:)

@uicgroup
Har bir muvaffaqiyatli loyiha ortida kuchli jamoa turibdi.

Istalgan bozorda o’z o’rnini topgan kompaniyalarni ko’radigan bo’lsak, Core jamoasi kuchli va ular atrofida yana ham kuchlilar yig’ilgan.
Elzodxon Sharofaddinov
Bizda hayot hozir shunday:) @uicgroup
250 tadan ko’proq CV’ni reject qilibmiz kecha:(

Bu bo’yicha longread yozishni o’ylab turibman, qiziqmi?

Ha aytgancha, kanalimni kuzatadigan yaqin insonlarimdan, qiziq feedbacklar oldim. Masalan: Mazza qilib o’qidim va kuldim, dardimizni yozibsiz.
Kecha sharh.commeta.uz loyihamizni birinchi rasmiy katta shartnomasini imzolashni kelishdik. Juda quvonarli. 

Bugun ertalabdan esa +50 katta brendlar bir yillik taklif bo‘yicha shartnoma tashlab berishni so‘rab murojaat qilishdi.

Odatda shunday bo‘ladi, bitta katta brend sizga ishonishini rasmiy tasdiqlagandan so‘ng, qolganlar tortiladi. Investitsiya jalb qilish ham shunaqa ishlaydi.

Loyihamiz bo‘yicha hamkorlikka chorlab qolamiz. Sharh sizni brendizni mustahkamlashga va lead generatsiya qilish uchun eng samarali instrumentingiz. Bu fakt.

Murojaat uchun kontakt:
telegram: @sharh_business
Tel.: +998909360666
Bir loyiha "uchsa", keyingilari ham asosiy loyiha ortidan yuqoriga qarab uchadi.
Forwarded from Ilyos Olimov
Xorazmda onsite ishlay oladigan yigit va qizlarni amaliyotga taklif qilaman
@appx_group ga

@appx_manager ga cv yuboring

Stack: nextjs, react, ui/ux
Forwarded from MJ
Bu holat ancha avj olibdi. Facebookdagi tanishlarda ham ko'rgandim bunday xabarlarni.

Mirjalol akanikidek profil sozlab olgan.

Bunday firibgarlardan ehtiyot bo'lish uchun:

- pul so'ragan har qanday odamdan telefon qilishini so'rang
- profil nomini o'z chat tarixingizdan izlang, asl shu odamning o'z profili chiqadi
- qanday sabab bo'lmasin, TGdan yozgan, shoshilib telefon qilgan odamga pul o'tkazmang

===

Agarda mening profilim rasmi va biosi bir xil bo'lgan odamdan xabar bo'lsa, javob bermang. Bloklang.
Bugun ovozimni yozib ko'rdim.

Ovoz'lar va mikrofonlar haqida Jamshid aka bilan bir soat atrofida gaplashib qoldik. Aniqrog'i faqat ular gapirdilar, man eshitdim.

Shure, Rode degan kompaniyalarni mikrofonlari yaxshi ekanligi va dasturlarida yaratilgan imkoniyatlar uchun narxlar qimmatligi va mikrofonni o'zi ham sifatli ekanligi haqida gaplashdik.

Keyin, 3-4 ta mikrofonda ovoz yozib ko'rdim. Ovozimni ko'proq yozib ko'ramanmi deyman-da)))

Ovoz yaxshilanishi uchun tuxum yutish kerakmidi?)
O’zbek tilida ayni vaqtda faoliyat yurityabgan qaysi forum saytlarni bilasiz va foydalanasiz?
Sun’iy idrok muhandislarini (AI Engineers) jamoamizga taklif etamiz.

To’liq ma’lumot va ishga topshirish uchun 👉 https://uic.group/vacancy/28

#vacancy #hiring #aisha
Alisher akam, notcoin, hamster haqida post yozibdilar. Bu fikrlarga ozroq qo’shimcha qilib, o’zimda bo’lgan holatlarni yozib o’tmoqchiman.

2016-2017-yilda bu sal boshqacharoq edi. Ya’ni telegram botlarga odamlarni taklif qilib, pul ishlanardi. O’sha payt man ham qiziqqanman, pul ham ishlaganman. Kuniga 1000 rublgacha pul ishlagandim…

Keyinroq, Telegram kanal yuritish orqali ham pul ishlagandim va kuniga $50-100 summa keladigan vaqtlar bo’lgandi. Cambridge LC’ni ham reklamalarini olganim esimda. O’quv markazlar o’sha payt telegram kanallarga yaxshi to’lashar edi. Eng katta reklama adashmasam o’sha paytda 5mln’ga olgandim. Bu gaplar bilan pulga qiziqtirish niyatim yo’q.

Karantin boshlanganida ham 2 oy ichida 20K+ auditoriya yig’ganim esimda. Keyin esa, vaqtim bekor o’tayotganini sezdim, qilayotgan ishim yoqmay qoldi va long term rejalarga fokus qaratdim va kanallarimni sotib yubordim.

Nima demoqchiman?
- Kunimiz juda ham tez o’tyabdi, yashab qolishga, ilm olishga sarflamas ekanmiz, xuddi ovqatni tuzsiz yesangiz bema’za tuyulganday, hayot ham bemazalashib ketadi.
Social auth(Sign in with Google, FB, linkedin) orqali kirish, har bir yangi yaratilayotgan loyihada bo’lishi shart.

Hozirgi user’lar afsuski Ism, familiya, login, parol terib o’tirishdan ko’ra, bitta click bilan tizimga kirib ishlatishni ma’qul ko’rishmoqda.

Masalan, prezentatsiya qilish uchun 2 kun oldin har xil saytlardan foydalanib ko’rdim va deyarli hammasidan ro’yhatdan o’tish kerak edi. Baxtimga Sign in with Google degan tugma bor ekan, aks holda ro’yhatdan o’tmagan bo’lardim katta ehtimol bilan.

Hozirgi foydalanuvchilar juda ham dangasa:)
There is a difference between 'Do it!' and 'Let's do it!'. If there is a problem, you should be ready to help or find a person who is good at it.

O’zbek tilida yozsam, ma’no qandaydir qo’pollashib ketyabganday tuyuladi. Sizda ham shundaymi? Yuqoridagi matnni qanday tarjima qilgan bo’lardingiz?
Bugun biz qilayotgan kichik ishlar, bir kun kelib katta bo'ladi... Va, ortga qarasak, qanchalik yo'l bosib o'tganimiz, challenge'larni boshdan kechirganimizni ko'rib boshqacha kayfiyatda bir-birimizga qaraymiz.

Davomiylik muhim!
2024/06/04 19:47:31
Back to Top
HTML Embed Code: