Telegram Web Link
Mana, men hozirgina yozib ko'rdim
Complete the expression: as ... as houses
Anonymous Quiz
36%
safe
34%
strong
31%
high
A ... of the ski resorts in the Alps may not have enough snow this year.
Anonymous Quiz
52%
fourth
48%
forth
Is this sentence correct or incorrect?
Last week I bought a new software for my computer but I'm having problems installing it.
Anonymous Quiz
49%
Correct
51%
Incorrect
Complete the expression: as ... as a hatter
Anonymous Quiz
41%
happy
27%
helpful
33%
mad
English Quiz
Which is correct?
👆5 tadan qanchasini topa oldingiz?
Qaysilarini oldin bilardingiz va qaysilari siz uchun yangi?

Izohlarda yozib qoldiring👇
Kanalda qo'yilgan

👇barcha poll testlar:👇
https://www.tg-me.com/english_quiz_test/2589

👇barcha QuizBot testlar:👇
https://www.tg-me.com/english_quiz_test/1523

👇barcha grammatik qoidalar:👇
https://www.tg-me.com/english_quiz_test/2243

Kanalga a'zo bo'ling:
@english_quiz_test
Ingliz tilidagi aynan qaysi so’zlarni yodlash kerak?

Hammasini desangiz adashasiz. Sababi ingliz tilida bir nechta o’ng mingtalab so’zlar mavjud va ularning deyarli har biri bir nechta ma’nolarga egaligini hisobga olsak, qanchaligini tasavvur qilavering.

Lekin ingliz tilida bemalol muloqot qilishni istaydigan odam o’rtacha qancha so’zni bilishi kerak? Javobi – 1000 ta so’zni.

Oksford universiteti o’tkazgan tadqiqotga qaraganda ingliz tilida eng ko’p uchraydigan 1000 ta so’z har qanday inglizcha matnning 74.1% qismini tashkil qilarkan. Bu nima degani? Agar siz o’sha eng ko’p ishlatiladigan 1000 ta so’zni yoddan bilsangiz, demak inglizcha matnning deyarli to’rtdan uch qismini tushuna olasiz degani. Albatta, bu yerda rasmiy, ilmiy yoki qandaydir soha bo’yicha yozilgan matnlar nazarda tutilmayapti. Shunchaki, umumiy ingliz tilida yozilgan har qanday matn ko’zda tutilgan.

Agar ushbu 1000 ta so’zga eng ko’p ishlatiladigan yana 1000 ta so’zni qo’shsak, o’sha matnni tushunish qobiliyatimiz 7.2% ga oshadi. Ya’ni, ingliz tilida eng ko’p ishlatiladigan 2000 ta so’zni yod olgan odam umumiy ingliz tilida yozilgan matnning 81.3% qismini tushuna oladi.

Unga yana 1000 ta so’zni qo’shsak-chi? Endi tushunish qobiliyatimiz 85.2% ga yetar ekan. Demak, ingliz tilida eng ko’p ishlatiladigan 3000 ta so’zni yod olsangiz, siz inglizcha yozilgan matnning 85% dan ko’proq qismini tushuna olasiz.

Endi savol tug’iladi: o’sha 3000 ta so’z aynan qaysi so’zlar ekanligini qayerdan bilamiz? Bunga ham Oksford universiteti tadqiqotchilari javob berishadi: the Oxford 3000 ro’yxati. Olimlar eng ko’p uchraydigan 3000 ta inglizcha so’zni CEFR darajalari bo’yicha ro’yxat qilishgan va siz-u biz kabi ingliz tilini o’rganayotganlarga taqdim etishgan. Kamina esa, Everbest ta’lim markazi hamkorligida, ushbu so’zlarni o’zbekcha tarjimalari bilan jamlab, sizga taqdim etmoqchiman.

Ammo ushbu ro’yxatdan foydalanish davomida bir nechta narsalarga e’tibor qaratishingizni istardim:

O’quvchi bo’lsangiz, bu ro’yxatni ushbu ketma-ketlikda qayta-qayta takrorlab yod olishni tavsiya etmayman. Chunki bu ish bermaydi, ishonavering. Siz ketma-ketlikni yod olishingiz mumkin, bir necha soatga va hattoki bir necha haftagacha hammasini yoddan aytib bera olarsiz, lekin so’z yodlash bundan iborat emas. Siz so’zni yod olganda, nafaqat uning tarjimasi, balki, to’g’ri yozilishini, gapda qanday o’rinlarda kelishi, qanday o’rinlarda kelmasligi, qaysi so’z turkumiga mansubligi va albatta, uning qanday talaffuz qilinishini ham yod olishingiz zarur.

Agar o’qituvchi bo’lsangiz, o’quvchilaringizdan ushbu so’zlarni muayyan ketma-ketlikda yod olishlarini so’ramang. Yuqoridagi sabablarni yaxshilab tushuntirgancha, o’quvchilaringiz bilan ishlash davomida ushbu so’zlar ko’p uchraydigan kitoblar, matnlar yoki videolar bilan o’rgating. Buning uchun Oksford universiteti tomonidan ishlangan bir nechta darsliklar mavjud va ular aynan mana shu Oxford 3000 ro’yxatiga asoslangan holda tayyorlangan.

Bu so’zlarni yod olish iloji boricha tabiiy holda amalga oshishi lozim. Ya’ni, siz ingliz tilini o’rganish uchun ishlatayotgan kitobingizdagi siz uchun yangi bo’lgan so’zga qarang. Agar o’sha so’z Oxford 3000 ro’yxatida bo’lsa, demak siz shu so’zni o’rganishingiz lozim. Kitobingizga qaytib, o’sha so’zning qo’llanilishiga e’tibor bering. Fe’l bo’lsa qanday zamonda turibdi? Ot bo’lsa sanaladimi yoki sanalmaydimi? Sifat bo’lsa ijobiy ma’noda kelganmi yoki salbiy? Gapda joylashish o’rniga ko’ra qaysi so’zlar, predloglar yoki qo’shimchalar bilan yozilgan? Ushbu va shunga o’xshash savollarni bergancha yod olsangiz, ishontirib aytaman, bu so’zni nafaqat bir necha haftaga, balki bir umrga yod olgan bo’lasiz.

@english_quiz_test
#blog
🎙Ingliz tilidan yana bitta jonli tahlil

Ushbu kanalda ertaga (7-iyun) 20:00 da ingliz tilidan 30 talik testni birga tahlil qilamiz. Testni pdf shaklda kanalga joylayman ertaga. Tahlildan so'ng test bo'yicha savol-javob qismi ham bo'ladi.

Tahlilda qatnashish bepul.

english_quiz_test.t.me
#abituriyent #testtahlil
#dtm #english #dtm2024
18 English 2024.pdf
1.4 MB
Bugun soat 20:00 da shu testni kanalda tahlil qilamiz. Ungacha testni yechib, javoblarni tekshirishga tayyor bo'ling.

Shunga o'xshash oldingi tahlilimiz mana bu yerda.

Ushbu testning videotahlili mana bu yerda

english_quiz_test.t.me
#abituriyent #testtahlil
#dtm #dtm2024 #english
Live stream scheduled for
10 daqiqada boshlaymiz. Kimlar tayyor?
Anonymous Poll
56%
Men testni bajardim va tayyorman
44%
Men testni bajarganim yo'q hali
Live stream started
Live stream finished (53 minutes)
Quite so'zi 'ancha/anchayin' deb tarjima qilinishi mumkin. Ammo quyidagi sifatlar bilan ishlatilganda, u 'nihoyatda/benihoya' kabi tarjima qilinishi lozim:

horrible - rasvo, daxshatli
dreadful - rasvo, qayg'uli
ridiculous - bema'ni, kulgili
brilliant - ajoyib
perfect - mukammal
amazing - g'aroyib
extraordinary - g'ayrioddiy
useless - befoyda
impossible - ilojsiz, imkonsiz
right - to'g'ri
true - rost
sure - amin, ishonchi komil
exhausted - holdan toygan
certain - aniq, amin
false - noto'g'ri
wrong - xato
alone - yakka, yolg'iz
different - boshqacha, farqli

english_quiz_test.t.me
#abituriyent #english
#quiz #grammar
2025/07/06 23:25:32
Back to Top
HTML Embed Code: