Telegram Web Link
IELTS mi, CEFR mi, har qanday tayyorgarlikda Study Plan tuzish juda muhim.

Men esa o'zimning IELTS o'quvchilarim uchun tayyorlagan 2025-yilgi kalendarni sizlar bilan ulashmoqchiman. Bugungi IELTS darsimizda esa undan qanday foydalanishni tushuntiraman.

📎 Faylni qo'lga kiritish uchun bugungi darsni o'tkazib yubormang!

english_quiz_test.t.me
#english #ielts #ieltsonline #ieltscourse
Live stream started
Live stream finished (49 minutes)
2025 study plan calendar progress tracker.pdf
5.3 MB
IELTS mi, CEFR mi, har qanday tayyorgarlikda Study Plan tuzish juda muhim.

O'zimning IELTS o'quvchilarim uchun tayyorlagan 2025-yilgi kalendarni sizlar bilan ulashmoqchiman.

📎 Ushbu fayldan qanday foydalanishni mana bu videodarsda tushuntirganman

english_quiz_test.t.me
#english #ielts #ieltsonline #ieltscourse
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️IELTS tomon ilk qadamni to'g'ri tashlang!

Ushbu ilk videodarsimizda sizlar bilan IELTS ga tayyorgarlik ko'rishda nimalarga e'tibor berish kerakligini bilib oldik.

🗓 O'zingiz uchun Study Plan tuzish juda muhim va mana bu fayldan foydalanish sizga bunda katta yordam beradi. Undan qanday foydalanish haqida esa ushbu videodarsda aytib o'tganman.

❗️Kelasi videodarsda sizlar bilan ingliz tilini uyda mustaqil va bepul o'rganishda asqotadigan 8 ta narsa haqida gaplashamiz. Ko'rishguncha!

Telegram | Instagram | YouTube
#English #IELTS #IELTSonline #OnlineCourse #EnglishOnline
I’m sharing 8 great things you can do at home to improve English for free in my next IELTS lesson. Before I post them, let’s see how many we can come up with together!

Drop your best free learning method in the comments.

* * *

Kelasi IELTS darsda sizlar bilan uyda ingliz tilini o'rganishning 8 ta bepul usulini ulashmoqchiman. Bundan oldin birgalikda qanday usullar borligini muhokama qilaylik-chi.

O'zingiz bilgan eng yaxshi va bepul usulni izohda yozib qoldiring.

english_quiz_test.t.me
#english #ielts #ieltspreparation #ieltscourse #ieltsonline
⚡️Keyingi IELTS darsiga marhamat!

Bugun 6-fevral, soat 20:00 da sizlar bilan quyidagilarni gaplashamiz:

- IELTS ballarining ta'riflari (ya'ni har bir ball egasi qanday ifodalanishi)
- uyda ingliz tilini bepul o'rganishning 8 ta usuli (o'zim va o'quvchilarim tomonidan isbotlangan)


Darsda ishtirok etish mutlaqo bepul va ushbu postni tanishlarga jo'natish ixtiyoriy😉

❗️IELTS tomon ilk qadamni to'g'ri tashlang!

Telegram | Instagram | YouTube
#English #IELTS #IELTSonline #OnlineCourse #EnglishOnline
IELTS bo'yicha quyidagi 8 ta bepul darsni reja qilganman. Bugun 2-dars bo'ladi. O'tkazib yubormang!

O'tkazib yuborsangiz ham, jonli darsni yozib olib, video ko'rinishida kanalga joylayman.

Har bir dars oxirida savol-javob qismi ham bo'ladi.

english_quiz_test.t.me
#english #ielts #ieltsonline
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (46 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️IELTS tomon ilk qadamni to'g'ri tashlang!

Bugungi darsda sizlar bilan quyidagilarni gaplashdik:

- IELTS ballarining ta'riflari (ya'ni har bir ball egasi qanday ifodalanishi)
- uyda ingliz tilini bepul o'rganishning 8 ta usuli (o'zim va o'quvchilarim tomonidan isbotlangan)


❗️Kelasi darsda IELTS Listening haqida gaplashamiz. O'tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | YouTube
#English #IELTS #IELTSonline #OnlineCourse #EnglishOnline
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kechagi darsda aytgan videoStartTalk kanalidagi videolardan birini o'zbekchaga tarjima qilganman.

Faqat subtitrni, ovozni emas. Shuning uchun, videoni telefoningizga yuklab oling va galereya orqali oching. Video tepasida CC degan tugma chiqishi kerak, shunga bossangiz, o'zbekcha yoki inglizcha subtitrdan birini tanlay olasiz.

CC tugmasi chiqmasa, videoni ko'rayotganda, sozlamalarga kirib subtitles degan joyini qidirib ko'ring.

Darvoqe, bu video to'lqinlar va ular qanday paydo bo'lishi haqida.

english_quiz_test.t.me
#english #ielts #startalk
Mehnatkash va tirishqoq bo'lish albatta o'z mevasini beradi

Ikki nafar o'quvchim ingliz va ona tillaridan milliy sertifikatni qo'lga kiritishdi va hali maktabni bitirishlariga 1 yil bor!

Endi ular majburiy fan matematika va tarix uchun tayyorlansa bo'ldi, grant ularniki. Qoyil qolmasdan iloj yo'q!

Bu ikkala o'quvchim boshqalarga namuna sifatida ko'rsatadigan eng yaxshi o'quvchilarim qatoriga qo'shilishdi. Kelasi o'qishlarida ham omad tilayman!

english_quiz_test.t.me
#english #cefr #multilevel #milliysertifikat #cefrnatija #multilevelnatija #student #result #natija #result
🎧 IELTS Listening darsiga qo'shiling

11-fevral (ertaga) soat 20:00 da siz bilan quyidagilarni gaplashamiz:

IELTS Listening haqida eng muhim ma'lumotlar
• O'quvchilar duch keladigan 10 ta eng ko'p uchraydigan muammolar va ularga yechimlar
• Practice testlar bilan qanday ishlash
• Xato va kamchiliklar ustida qanday ishlash
• 8+ ball olish uchun nimalar qilish kerak


Darsda ishtirok etish mutlaqo bepul va ushbu postni tanishlarga jo'natish ixtiyoriy😉

❗️IELTS tomon ilk qadamni to'g'ri tashlang!

Telegram | Instagram | YouTube

#English #IELTS #IELTSonline #OnlineCourse #Listening #IELTSListening
2020-yil IELTS Listening testida bir nechta o'zgarishlar bo'lganidan xabaringiz bormi?

Imtihonga juda katta ta'sir qilmasada, bilib qo'ygan yaxshi:

1️⃣ Listening 4 ta qismdan iborat va ular oldin section deb nomlanar edi. Hozir esa ular part deb ataladi.

2️⃣ Eng birinchi savol namuna sifatida javobi bilan yozilar edi va o'sha namuna alohida eshittirilardi. Endi esa o'sha namuna qismi olib tashlandi va audio darhol birinchi savoldan boshlanadi.

3️⃣ Audioda oldin qaysi betdagi savollarga qarash kerakligi aytilar edi — Now look at questions 31-35 on page 7 kabi, masalan. Endi esa faqat Now look at questions 31-35 deb aytiladi. Bu o'zgarish testni kompyuterda topshiradiganlar uchun ham qulay bo'lishi uchun qilingan.

Bular testning qiyinlik darajasiga, savol turlariga yoki sizdan talab etiladigan mahoratga ta'sir qilmasada, yangi ko'rinishdagi formatdan xabardor bo'lgan ma'qul.

❗️Bugungi darsda IELTS Listening haqida batafsil gaplashamiz, o'tkazib yubormang!

english_quiz_test.t.me
#IELTS #Listening
Live stream scheduled for
Live stream started
2025/07/08 09:05:21
Back to Top
HTML Embed Code: