Telegram Web Link
Maggie had seen him nearly every day ... . Now she saw him much less.
Anonymous Quiz
70%
at first
30%
firstly
Kanalda qo'yilgan

👇barcha poll testlar:👇
https://www.tg-me.com/english_quiz_test/2589

👇barcha QuizBot testlar:👇
https://www.tg-me.com/english_quiz_test/1523

👇barcha grammatik qoidalar:👇
https://www.tg-me.com/english_quiz_test/2815

Kanalga a'zo bo'ling:
@english_quiz_test
Urinmagan odam doim yutqazadi. Uringan odam esa…

O‘quvchilarimdan misol keltiraman:

📌 Tushunmay qoldi va to‘xtadi.
Bir o‘quvchim uyga vazifani tayyorlamabdi, chunki qanday bajarishni tushunmabdi. Bu – odatiy hol. Lekin tushunmay kitob-daftarni yig‘ishtirib qo‘yish noto‘g‘ri. O‘rganish uchun yo‘l qidirish kerak: izlanish, kimdandir so‘rash yoki tushunganingizcha bajarish.

📌 Ketma-ket xato qildi, lekin to'xtamadi.
Boshqa bir o‘quvchim so that ishlatishda doim xato qilardi. Imtihoni yaqinlashgani uchun men unga because ishlatishni maslahat berdim. Xato yozgandan ko‘ra umuman yozmagan yaxshi deb o‘yladim. Lekin u taslim bo‘lmadi. Harakat qildi. Bir kuni esa so that ni to‘g‘ri ishlatib kelibdi! Endi to‘g‘ri yozganini aytganimda, yuzidagi quvonchni tasavvur qiling!

🌟 Haqiqiy o‘rganish mana shunday bo‘ladi. Urinib ko'rmaganlar doim yutqazadi. Harakatdan to'xtamasangiz, albatta natijani ko‘rasiz!

english_quiz_test.t.me
#blog #english #teacher
10 ta ajoyib g'oyaga ega bo'lgandan, ularning bittasini takomiliga yetkazib bajargan yaxshiroq

Ba'zida barchamiz, shu jumladan kamina, juda ko'p rejalar tuzamiz, kelajakka maqsad qo'yamiz, bir-biridan chiroyli loyihalarni ro'yobga chiqarishni niyat qilamiz. Ammo vaqti kelganda, ularning birontasiniyam ko'ngildagidek uddalay olmaganimizni ko'rib, xafa bo'lamiz.

🥲Nima qilish kerak?
Bitta loyiha yoki maqsadni ushlang va ko'ngildagidek ro'yobga chiqmaguncha ustida ishlang.

💧Oz-oz yig'ilib daryo bo'lur...

Katta ish qilmasligingiz mumkin, lekin bitta rejani amalga oshirdingiz. Endi navbatdagi rejaga o'tasiz.

english_quiz_test.t.me
#blog #english #interesting
📚 Reading Zone – o'z darajangizga mos matnlar o'qing!

Reading mahoratingizni yaxshilash uchun qiziqarli hikoyalar va maqolalar izlayapsizmi? British Council'ning LearnEnglish Teens Reading Zone sahifasi aynan siz uchun!

O‘z darajangizni tanlang:

🔹 A2 (Boshlang‘ich) – Mustahkam poydevor yarating.
🔹 B1 (O‘rta) – Qiziqarli matnlar bilan ravonlikni oshiring.
🔹 B2 (Yuqori o‘rta) – Murakkab matnlar bilan o‘zingizni sinab ko‘ring.

📝 Har bir matn uchun mashqlar ham mavjud bo'lib, o'qishdan oldin va keyin bajarib, o'zingizni sinab ko'rasiz!

👩‍🏫👨‍🏫 O'qituvchi bo'lsangiz, sinfxonada qo'llash uchun .pdf shaklda yuklab olishingiz mumkin.

🔗 Hoziroq boshlang: https://learnenglishteens.britishcouncil.org/study-break/reading-zone

english_quiz_test.t.me
#english #reading #blog #teacher
⌨️ Klaviaturada tez yoza olish onlayn testlarda juda katta yordam beradi

Bu ayniqsa IELTS ni kompyuterda topshirmoqchi bo'lganlarga ham, Multilevel olmoqchi bo'lganlarga ham juda kerak.

typing.com sayti sizga klaviaturadan foydalanishni eng boshidan o'rgatadi:

🙌 barmoqlarni qanday ishlatish
🪑 stulda qanday o'tirish
🖥 klaviatura va monitor qanday joylanishi


va boshqa muhim odatlarni o'yinlar o'ynash orqali shakllantirasiz.

❗️Darslarni saqlab qolib, yana davom ettirish uchun bepul akkaunt yaratishingiz kerak, yo'qsa har kun kirganingizda boshidan boshlashga to'g'ri keladi.

english_quiz_test.t.me
#typing #english #blog #ielts #multilevel
📢 Ramazon oyida maxsus chegirmalar! 🌙

ONLAYN WRITING KURS
📌 200 ming so‘m (avval 300 ming so‘m edi)
👥 2 kishi bo‘lib to‘lasa: 300 ming so‘m (avval 600 ming so‘m edi)

ONLAYN GRAMMATIKA KURS
📌 150 ming so‘m (avval 250 ming so‘m edi)
👥 2 kishi bo‘lib to‘lasa: 200 ming so‘m (avval 500 ming so‘m edi)

📌 2 kishi bo‘lib to‘laganda, guruhga ikkalangizni ham qo‘shaman
📌 Kurs doimiy qoladi – video darslar, PDF fayllar butunlay sizniki!
📌 Savol-javob qilish imkoniyati bor

🚀 Chegirma faqat mart oyida amal qiladi!

Telegram | Instagram | YouTube

#english #writing #grammar #online #onlinelesson #discount #ramadan
O'rganishim kerak bo'lgan narsalar shunchalik ko'pki!
Bir xil jumla, turlicha munosabat...

Yaxshi o'zlashtiradigan va o'zlashtirolmaydigan o'quvchilar o'rtasidagi farqlarning eng kattasi shu bo'lsa kerak – munosabat. Chunki bu o'rganish uchun poydevor hisoblanadi.

Yaxshi o'zlashtiradigan o'quvchilar oldinda bosib o'tilishi kerak bo'lgan yo'lni va undagi qiyinchiliklarni quchoq ochib kutib olishadi. Ular har bir xatoni o'rganish uchun oltin imkoniyat deb bilishadi. Ammo asosiy e'tiborini yo'l qanchalik uzoq ekanligiga qaratadiganlar ko'pincha ishtiyoqi so'nib, harakatdan to'xtashadi.

Ingliz tilini (yoki umuman hamma narsani) yaxshi o'rganishni istasangiz, unga bo'lgan munosabatni o'zgartiring. O'rganishdan zavqlaning, hayajonga tushing va qiziquvchan bo'ling!

PS, Yaqinda qanday yangi narsalar o'rgandingiz? Izoh yozib qoldiring.

english_quiz_test.t.me
#english #blog #teacher
O'zim muntazam kuzatib boradigan o'qituvchilik sohasiga oid bloglar bilan ulashmoqchiman:

👩‍🏫 The Teacher Next Door
Barcha fan va sinflarga oid bloglarni o'zida qamragan ushbu saytda ustozlar uchun foydali bloglarni topish bilan birga, bepul va pulli materiallar sotib olishingiz mumkin.

🦉Duolingo Blog
Asosan Duolingo olamiga doir mavzularni qamragan ushbu saytda ta'limga aloqadorlari ham talaygina. Masalan, tilni 6 oyda o'rgansa bo'ladimi? Barcha bloglar tajribali pedagoglar tomonidan yozilib, ilmiy tadqiqotga asoslangan.

🙌 WeAreTeachers
Bu yerdagi bloglar asosan ustozlarni qiynaydigan mavzular haqida. Masalan, maktabimiz direktori kuzatuv kameralari orqali o'qituvchilardan kamchilik qidiradi. Bu yerda nafaqat ustozlar, balki maktab rahbarlari va menejerlar uchun ham foydali bloglar mavjud. Shuningdek, darsda qo'llash uchun turli mavzularda materiallar topasiz.

🎓Oxford University Press
Ingliz tilini o'rgatishda eng kerakli narsalar nimaligini bilasizmi? Darsda texnologiyadan foydalanish, uyalchang bolalar bilan qanday ishlash va boshqa murakkab masalalarda mutaxassis maslahati kerakmi? Marhamat! Yaqinda bir ajoyib blog o'qib qoldim: O'quvchilarning speaking qo'rquvini yengishga yordam berish haqida. Shu yerdan boshlayqoling.

Telegram | Instagram | YouTube

#english #blog #teacher #teacherblog
🥳 YANGI WRITING KURS – SENTENCE CONSTRUCTION

Writing from Scratch online kursimga yangi dars kiritildi – endi yozishni gaplardan to inshogacha chuqur o'rganasiz!

🔹 Yangi darsda siz:
• sodda va qo'shma gaplar
• murakkab va to'liqsiz gaplar
• gaplarni bog'lash
• gaplarni uzaytirish haqida kerakli barcha bilimga ega bo'lasiz.

🎁 Oldin Writing kursimni sotib olganlarga ushbu dars bepul beriladi.

💰 To'liq kurs narxi: 300 ming so'm
🤑 Lekin mart oyida maxsus chegirma bilan: 200 ming so'm

Kurs kimlar uchun?
Grammatika va so'z boyligi yaxshi bo'lgan barcha uchun.

📱Hoziroq bog'laning:
@xurshidmatnazarov

english_quiz_test.t.me
#english #writing #writingonline #writingcourse
O'quvchilarimdan yana biri CEFR B2 qo'lga kiritdi!

Oldingi 2 nafar o'quvchim va bu o'quvchim haqiqiy iroda ko'rsatishdi – o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotishmadi, mening tanbehlarimga chidashdi va haqiqiy mehnat samara berishini amalda isbotlashdi.

To'g'risi, men kutmagandim B2 olishlarini, va bu bilan ba'zan ustoz ham adashishi mumkinligini ko'rsatib berishdi. Shunchaki, qoyil!

english_quiz_test.t.me
#english #cefr #multilevel #milliysertifikat #cefrnatija #multilevelnatija #student #result #natija
Forwarded from English Quiz
📢 Ramazon oyida maxsus chegirmalar! 🌙

ONLAYN WRITING KURS
📌 200 ming so‘m (avval 300 ming so‘m edi)
👥 2 kishi bo‘lib to‘lasa: 300 ming so‘m (avval 600 ming so‘m edi)

ONLAYN GRAMMATIKA KURS
📌 150 ming so‘m (avval 250 ming so‘m edi)
👥 2 kishi bo‘lib to‘lasa: 200 ming so‘m (avval 500 ming so‘m edi)

📌 2 kishi bo‘lib to‘laganda, guruhga ikkalangizni ham qo‘shaman
📌 Kurs doimiy qoladi – video darslar, PDF fayllar butunlay sizniki!
📌 Savol-javob qilish imkoniyati bor

🚀 Chegirma faqat mart oyida amal qiladi!

Telegram | Instagram | YouTube

#english #writing #grammar #online #onlinelesson #discount #ramadan
English Quiz
Photo
❗️Ertaga chegirmaning oxirgi kuni

Ba'zilar kurs pulini qimmat deyapti. Balki, har oy to'layman deb o'ylashayotgandir.

Bu kurslar uchun siz to'lovni bir marta qilasiz, ya'ni bir marta to'laysiz va kurs butunlay sizniki bo'ladi, boshqa pul to'lamaysiz. Menimcha, bunday holda narxi qimmat emas.

Siz har oy to'lov qilib boradigan kursga 1 yilda qancha pul ketishini hisoblab ko'ring va o'rgangan narsalaringizni ko'ring – qaror qilish o'zingizdan.

english_quiz_test.t.me
#english #grammar #writing #onlinecourse
2025/07/06 20:33:29
Back to Top
HTML Embed Code: