Telegram Web Link
#Daqiqa_qadri

​Agar oyligingiz sizning yagona daromad manbaingiz bo‘lsa, u holda siz qashshoqlikdan bir qadam orqadasiz xolos!

Uoren Baffet

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍5
Forwarded from @EvrikaQuizTest Kanali. (@Akmal_Fayzullayev) via @QuizBot
🎲⚽️ FUTBOL VAQTI ⚽️ @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. 03.01.2022-Yil.
Tuzuvchi: @Akmal_Fayzullayev @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. testi
🖊 25 ta savol · 30 soniya
👍8
— Dadasi, toʻgʻrisini ayting, meni sizga kim tavsiya qilgan?

— Bilmadim, xotin, dushmanlarim koʻp boʻlgan...😅

👉
@EVRIKAQUIZTEST
😁6👍2
#Daqiqa_qadri

Odamlarning manmanligi, birovni o‘ylamasligi, sovuqligi qish faslini ham yo‘lda qoldiradi.

Ahmad Lutfiy Qozonchi

👉 @EVRIKAQUIZTEST
🔥3
🎲🌙 Islomdan Savollar? 018. Hanafiy.Uz @hanafiyuzofficial @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. 03.01.2022-Yil.
Tuzuvchi: @Akmal_Fayzullayev Manba: @hanafiyuzofficial @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. testi
🖊 12 ta savol · 30 soniya
👍5
#Daqiqa_qadri

​Masala kimnidir "hayotim" deyishlik emas. Asl masala kimgadir "hayot" boʻla olishlikdir.

Jaloliddin Rumiy

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍4
#Daqiqa_qadri

Umr taqvimiga jim nazar soldim,
Oyogʻim ostiga xazon toʻkildi.
Qanday qilib... yo Rab, tushunmay qoldim -
Bahor tugamasdan kuz kirib keldi?!

Xayrulla Hamidov

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍5
🎲MTM tarbiyachilari uchun, @EVRIKAQUIZTEST KANALIDAN MAXSUS TEST SAVOLLARI. 14.01.2022-Yil.
Tuzuvchi: @Akmal_Fayzullayev @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. @MANBA_UZBEKISTAN USTOZLAR VA ABITURIYENTLAR KANALI. testi
🖊 20 ta savol · 30 soniya
👍5🥱1
#Shifokorim_tabiat

T.me/Evrikaquiztest

🫖 Choyxorlarga taqiqlar

Och qoringa choy ichish mumkin emas. Ayniqsa, oshqozon xastaliklaridan aziyat chekuvchilarda kasalliklarning tuzalishi kechikadi.

Qaynoq choy tomog‘ingizni, qizilo‘ngach va oshqozonni kuydirishi va bu a‘zolarga xos kasalliklarning kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkin.

Sovuq choy. Aslida choy kishiga tetiklik baxsh etib, uning miya faoliyatini faollashtirishi kerak. Ammo bu ichimlikning me‘yordan ortiq sovuqligi sizni battar lanj qilib, ko‘proq ter yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Achchiq choyda kofein va tanin moddalari yuqori darajada bo‘lishini unutmang.

Uzoq vaqt turib qolgan choy. Bu ichimlik tarkibida polifenol va efir yog‘lari oksidlanishni boshlaydi, uning rangi va ta‘mi ham o‘zgaradi, ozuqaviy qiymati kamayadi. Eng yomoni, o'zi bilan birga organizmga mikroblarni ham olib kirishi mumkin.

Quruq choy shamasini qayta-qayta damlash. Har gal choydan foydalanganda uning foydasi kamayaveradi, 50%, 30%, 10% ko‘rsatkich darajasida.

Ovqatdan avval choy ichmang. Yaxshisi, 20-30 daqiqa oldin choyxo‘rlik qiling. Kechki choyxo'rlikdan voz keching.

Uxlashdan oldin ichilgan choy ekzema, til yarasi, milklar qonashi, tomoq og‘rigi kabilarga sabab bo`lishi mumkin.

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍5
#Uqqan_uqadi

T.me/Evrikaquiztest

O‘zing suzaver...

Mashhur turk shoiri Najib Fozil kemada kitob o‘qib ketayotgan ekan, muxlislaridan biri yaqinlashib:
~ Ustoz, dunyoga payg‘ambar yuborishning nima keragi bor edi? Alloh aql berib qo‘yibdi, yo‘limizni o‘zimiz ham topib olardik, - debdi.
Najib Fozil kitobdan bosh ko‘tarmay, javob beribdi:
~ Kemaning nima keragi bor? Dengizdan o‘zing suzib o‘taver...

👉 @EVRIKAQUIZTEST
4👍3
#Daqiqa_qadri

Kitobni sotib olgan emas, uni o‘qigan olim bo‘ladi...

Bengal xalq matallari

👉 @EVRIKAQUIZTEST
#Shifokorim_tabiat

T.me/Evrikaquiztest

🥚 🍳 Tuxumning foydali jihatlari

1. Tuxum tanaga quvvat beradi. Bir dona tuxum 6 gramm yuqori sifatli oqsil va 70 kaloriyaga ega.

2. Ushbu mahsulot jigar faoliyatiga samarali ta'sir koʻrsatadi. Uning tarkibida xolin makroelementi mavjud.

 3. Tuxum tarkibidagi xolesterin moddasi qondagi mavjud xolesteringa ta'sir etmaydi. Doimiy ravishda tuxum iste'mol qilish jigarni kam miqdorda xolesterin ishlab chiqarilishiga ta'sir koʻrsatadi.

4. Mazkur mahsulotni iste'mol qilish natijasida organizm uchun foydali boʻlgan xolesterin miqdori oshadi. Lipoproeinlar yurak kasalliklari va insult xavfini kamaytiradi.

5. Koʻz oʻtkirligi uchun tuxum foydali. Uning tarkibi lyutein va zeaksantin antioksidantlariga boy boʻlib, katarakta xavfini bartaraf etadi.

6. Ishtahani koʻtaradi. Bu nonushta uchun eng maqbul taom. U insonni toʻq saqlaydi.

7. Tuxum oqsil manbai sanaladi. Organizm uchun kerakli boʻlgan moddalar bilan ta'minlay oladi.

8. U suyaklar uchun ham juda foydali. Uning tarkibidagi vitamin D osteoparoz xavfidan bartaraf etadi.

9. Ushbu mahsulot saraton xavfini bartaraf etadi. Xolin moddasi ayollarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻkrak saratonini yuzaga kelishini oldini oladi.

10. Mushaklar faoliyatini mustahkamlaydi. Oqsil mushaklar faoliyatiga yaxshi samara koʻrsatadi.

11. Xomiladorlar uchun ham juda foydali. 2 dona tuxum tarkibidagi 250 mg xolin, kundalik norma uchun yetarli sanaladi.

12. Tuxum soch va teri salomatligi uchun ham foydali. Tuxum tarkibida V guruhiga oid vitaminlar jamlangan, ular soch, tirnoq va teri salomatligi uchun juda zarur.

13. Tuxum rangi mahsulotning sifati haqida darak bermaydi. Oq yoki jigarrang turdagi tuxum tarkibi tovuqning qaysi zotdan ekanligi bilan bogʻliq.

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍2
#Daqiqa_qadri

​Qachonki benuqson juft izlashdan toʻxtab, oʻzing benuqson boʻlishni istagan vaqting oʻz juftingni topasan

Genri Martin Robert

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍31
#Shifokorim_tabiat

T.me/EVRIKAQUIZTEST

Turp

1. Turp sharbati va asal (1:1) aralashmasini ot pufagidagi toshlardan xalos boʻlish uchun iching.  Bir kunda 0,5 osh qoshiqdan boshlab 2 osh qoshiqqacha yetkazing. Muolaja muddati –10 kun.

2. Yoʻtalga qarshi turpni yupqa qilib kesib, ustiga shakar seping-da, yarim kunga qoldiring. Chiqqan sharbatini bir osh qoshiqdan har soatda qabul qiling. Bu yoʻl bilan yoʻtalingizni tez va oson davolaysiz.

3. Turpni mayda b
oʻlaklarga boʻling, idishga solib, shakar seping va duxovka pechiga 2 soatga qoʻying. Paydo boʻlgan sharbatni dokadan oʻtkazib olib, 2 choy qoshiqdan 3-4 martadan taomlanishdan avval va uxlashdan oldin ichsangiz, shamollashlardan qutulasiz.

4. Turpni quyidagi kasalliklarda isteʼmol qilmagan maʼqul:

ingichka va yogon ichak yalligʻlanishida;

oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasida;

jigar va buyrak kasalliklarida;

gastritda.

5. Ozish uchun turpdan tayyorlangan yengil salatlardan tamaddi qiling. Turpning ochlik hissini kamaytiruvchi xususiyati ham bor.

6. Agar ishtahangiz
yoʻq boʻlsa, har kungi taomnomangizga, albatta, yashil turpni qoʻshing.

7. Kamqonmisiz, u holda turp, lavlagi va  sabzidan tayyorlangan sharbatni iching.

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍3😁1
#Daqiqa_qadri

Falonchi meni faqat ishi tushganida eslab qoladi demang! Kishilar koriga yarashni menga ikrom qilgan Allohga hamdlar boʻlsin deng!

👉 @EVRIKAQUIZTEST
3👍1
#Shifokorim_tabiat

T.me/EVRIKAQUIZTEST

Yongʻoq

Abu Ali ibn Sino yong‘oq haqida shunday degan: "Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi bo‘lib, qon oqishiga qarshi foydasi bor. Yog‘i yaraga, sarmasga va ko‘z atrofidagi yaralarga malham bo‘ladi. Yong‘oqning murabbosi mijozi sovuq me’da uchun (buyrakka ham) foydali, gijjalarni haydaydi".

Ulug‘ tabib yong‘oq bargi shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan, po‘stidan tayyorlangan qaynatmani esa bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.

  Mag‘zi. Yo‘ng‘oq mag‘zi tarkibida yog‘, oqsil, temir va kobalt, S, A, R, E kabi vitaminlar mavjud. Mevaning mag‘zi erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, buning uchun kuniga 10-12 ta yong‘oq yeb turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, mag‘zini maydalab, asal bilan aralashtirib kuniga 3-4 osh qoshiqdan yeb turilsa, tanaga quvvat beradi. Shuningdek, prostata bezi yallig‘lanishi, adenoma, oshqozon-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining oldini olishda ham yong‘oq yeyish tavsiya qilinadi. Ateroskleroz, yurak-qon tomir dardlari, semizlik, kamqonlikka duchor bo‘lishni istamaganlar uchun yong‘oq bebaho ko‘makchi.

Mag‘zidagi fosfor va kaltsiy raxitning oldini olishda foydali. Unda magniy ham mavjud, tomirlarni kengaytirish va peshob haydash xususiyatiga ega.

Kislotalilikning oshishi bilan kechadigan gastritda kuniga 7-10 dona yong‘oq chaqib yeyish kerak.

O‘t yo‘llari kasalliklarida esa kuniga 3-4 mahal 25 gramm mag‘iz eyish tavsiya etiladi. Muhammad Xusayn ibn Muhammad al-Oqiliy "Davolar xazinasi" asarida yong‘oqning badanni yumshatishi, qattiq moddalarni so‘rib olishi, me’da ishini yaxshilashi, miya, yurak va jigarni mustahkamlashini aytgan.

  Bargi. Xalq tabobatida yong‘oq bargi shirasini temiratki, ekzema, har xil turdagi teri sili, yuqumli, yiringli kasalliklarda davo sifatida ishlatilgan. Barg damlamasi tepki, teri kasalligi, raxit, ich ketganda naf beradi:

Yangi bargini siqib, suvini terining zamburug‘li kasalliklarida ishlatish mumkin.

Ichak disbakteriozida 10 gramm quritilgan yong‘oq bargi 1 litr qaynagan suvda 15 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 stakan ichiladi. Gijjalarni tushirish uchun 1 oshqoshiq quritilgan yong‘oq bargini bir stakan suvga solib o‘rab qo‘ying, 2 soat o‘tgach, suziladi va kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan ichiladi.

Agar qo‘l tez-tez terlasa yong‘oq bargi qaynatilgan suvda yuvish lozim. Milk yallig‘langanda esa bargidan tayyorlangan damlama bilan og‘iz chayilsa shifo bo‘ladi.

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍5
#Daqiqa_qadri

Hech qachon oʻzgarishni istamaydigan odamga yordam berishni iloji yoʻq.

Gippokrat

👉 @EVRIKAQUIZTEST
🔥3👍2👏1
#Qiziqarli_fakt

Norvegiyadagi "Storseisundet ko‘prigi" shunday burchak ostida qurilganki, unga yaqinlashganda umuman ko‘prik yo‘q degan xayolga borasiz va ko‘rgan narsangiz ko‘proq ulkan tramplinga o‘xshab ko‘rinadi.
👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍2🤔1
#Daqiqa_qadri

Oddiy odamlarning har doim nooddiy bo‘lish uchun imkoni bor – hamma gap shaxsiy tanlovda.

Ilon Mask

👉 @EVRIKAQUIZTEST
👍3
2025/07/09 15:47:39
Back to Top
HTML Embed Code: