Telegram Web Link
KITOBGA SHAYDOLIK

    Suriyaning sobiq muftiysi fazilatli shayx Ahmad Kuftaru juda ko‘p kitob o‘qir edi. Qayerga borsa qo‘lida kitob bo‘lar, bo‘sh vaqt topdi deguncha kitob o‘qishga kirishar edi. Birov bilan va’dasi yoki uchrashuvi bo‘lmasa ketma-ket o‘n ikki soatlab kitob o‘qir, charchoqni bilmas edi. Doimo shunday der edi:
  "Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!".

- Abdulqodir Samarqandiy

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Daqiqa_qadri

​Hozir odamlarning biron narsani
bilishga vaqti qolmagan.

© Antuan De Sent Ekzyuperi (
Kichkina shahzoda) asaridan


🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
🎲🌙 Islomdan Savollar? 020. Hanafiy.Uz @hanafiyuzofficial  @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. 09.11.2022-Yil.
Tuzuvchi: @Akmal_Fayzullayev            Manba: @hanafiyuzofficial   @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. testi
🖊 12 ta savol · 30 soniya
#Tafakkur

«Har bir jamiyatda bir guruh insonlar bor. Ular u jamiyatning barakasi va barcha yaxshiliklarining manbasidir. Bu guruh jamiyat manfaati uchun molini, harakatini va vaqtini sarflaydi. Ana shu guruh insonlar jamiyatning salohiyati o‘lchovidir. Ana shu guruh zaiflashib qolsa bizda jamiyat qolmaydi. Jamiyat jasadlar uyumiga aylanib qoladi».


- Doktor Abdulkarim Bakkor

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Tafakkur

OLIMLAR VA AMIRLAR

Rivoyat etilishicha, usmonli xalifa sulton Sulaymonga saroy xizmatchilari To‘pqopi qasri daraxtlarining shoxlarini chumoli bosib ketgani xabarini berishadi.

Mashvarat ahlidan daraxtlar shoxini yog‘lash maslahatini olgach, sulton o‘z odati bo‘yicha oldin rasman Shayxul-islom deb nomlanadigan davlat muftiysi fikrini olmoqchi bo‘ladi. 

Shayx Abu Saud afandidan fatvo olish uchun sulton o‘zi boradi. Joylarida topmagach she’r shaklida quyidagi xatni yozib ketadi: 

Gar chumoli daraxtda o‘rmalar
Uni o‘ldirmoq bo‘lurmi zarar?


Shayx uning maktubini ko‘rgach shunday javob qiladilar: 

Gar adl mezoni qo‘yilsa to‘g‘ri
Chumoli nasibin olur beo‘g‘ri. 


Bu bilan shayx sulton so‘raganidan ham muhimroq vazifadan ogoh etgandilar. 
Sultonning odati doim shunday, ya’ni o‘zi ijro qiladigan har qanday ishga muftiyning yoki davlatdagi ulamolar oliy hay’atining fatvosini olardi.

Sulton Venaga qilgan yurishida Zektor jangida shahid bo‘ladi. Uning jasadini Istambulga keltirishadi.

Dafn asnosida o‘zi bilan qabrga bir sandiqni qo‘yishlarini vasiyat etgani ma’lum bo‘ladi. Uni mol-dunyoga to‘la deb o‘ylashadi va tuproq ostida uvol bo‘lishini o‘ylab sandiqni ochishadi.

Sandiq qiyomatda o‘zini himoya qilish uchun sulton yig‘ib qo‘ygan fatvolarga to‘laligini ko‘rib hayratda qolishadi.

Shunda davlat muftiysi shayx Abu Saud yig‘lagan holda shunday deydilar: "Ey Sulaymon, sen o‘zingni qutqarib olding. Ammo fatvomizda xato qilgan bo‘lsak, bizni qaysi osmon soyalantirib, qaysi yer ko‘tarib turadi??"

Ulamolar shunday bo‘lishgan!!
Hokimlar shunday bo‘lishgan!!

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Daqiqa_qadri

Sukut qilganimda hech pushaymon bo‘lmadim, lekin gapirganimga necha martalab pushaymon qildim.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
🎲🤔 TOPISHMOQ 🔭📚📖 🤓  @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. 25.11.2022-YIL.
«ARALASH TOPISHMOQLAR» TUZUVCHI: @AKMAL_FAYZULLAYEV @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. testi
🖊 15 ta savol · 15 soniya
#Hikmat

Mazlum boʻlsang boʻlgin, zolim boʻlmagin,
Uzilsang uzilgin, uzgan boʻlmagin.
Mahsharda hisobi juda ham ogʻir,
Ezilsang ezilgin, ezgan boʻlmagin...

©️ Jaloliddin Rumiy


🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Daqiqa_qadri

Kimdaki uchishga bo‘lgan ishtiyoq uyg‘onsa, sudralishni hech qachon xohlamaydi.

© Xellen Keller

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Tafakkur

Qanday qilib kit oʻz bolasini u bilan togʻridan-toʻgʻri (kontakt) aloqa qilmasdan okean tubida emizishi mumkin? Buning javobi esa sutning tarkibi bilan bogʻliq.  Yosh kit ovqatlanishga tayyor boʻlgach, ona bolasi yonida boʻlganida sutini toʻgʻridan-toʻgʻri suvga toʻkadi, lekin kit suti tarkibida juda koʻp yogʻ boʻlgani uchun u suvda erib ketmaydi.  Buning oʻrniga sutning quyuq va yopishqoq boʻlganligi chaqaloq ovqatlanishi uchun suvda turib qoladi...
Fotosuratchi: Mayk Korostelev

***
Yer yuzida oʻrmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir. (Hud surasi 6-oyat)

© Nosir Hasanov


🇺🇿 👉
@EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Daqiqa_qadri

Sening kechikkan rizqing, boshqalarning berilgan rizqlaridan anchayin afzal bo‘lishi mumkin.

©️ Mubashshir Ahmad

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Tafakkur

Moʻʼjiza!

10 yoshlardagi notanish bolachadan ismini soʻradim. "Muhammad" deb javob berdi.
Yonimdagi sherigimning koʻzlarida yosh halqalandi.
Sababini soʻrasam, "Aka, bu bolacha soqov. Faqat ismini ayta oladi xolos..." dedi.

Ajabo!
Muhammad. Naqadar buyuk ism!



🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#mutolaa

SOGʻINYAPMAN...

Kechalari bedor tunlarim,
Yashayabdi dema yigʻlamay.
Koʻrsatmayin koʻz yoshlarimni,
Sogʻinyapman seni indamay.

Sargʻayaman xazon kuzdayin,
Kulgusi yoʻq soʻlgʻin yuzdayin,
Yurakkinam boʻlib muzdayin,
Sogʻinyapman seni indamay.

Yoʻqolganday kulgular mendan,
Qochib ketgan uyqular mendan,
Bilmam nega kecholmay sendan,
Sogʻinyapman seni indamay.

Armonlarim bosib bagʻrimga,
Orzularim tugib qalbimga,
Topolmayin davo dardimga,
Sogʻinyapman seni indamay.

Ushalmagan tilakcham mening,
Orzulari ertakcham mening,
Eh oʻzimni tentakcham mening,
Sogʻinyapman seni indamay.

✍️ Jaxongir Karimjonov
   📅 21.12.2022  11:30

Bizdan uzoqlashmang 📚
Kanalimizga obuna boʻling💥

👇👇👇👇

@jahongirkarimjonov


🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Daqiqa_qadri

​​...dunyoda oq ham yo‘q, qora ham. Bu har kimning qarashiga bog‘liq narsa.

© Abdulla Qahhor (
Sarob) asaridan

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
🎲🇺🇿 GEOGRAFIYA 🇺🇿 @EVRIKAQUIZTEST KANALI UCHUN MAXSUS. 21.12.2022-Yil.
Tuzuvchi: @Akmal_Fayzullayev 🇺🇿 O‘zbekiston Geografiyasi tumanlarni qaysi viloyatida joylashgan ekanligini aniqlaymiz. testi
🖊 36 ta savol · 30 soniya
#Tafakkur

Gumroh bandalar

Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki ogʻiz shirin soʻzni tekinga aytmaydi-da, ular oʻlganidan keyin ming-ming pul sarflab, oʻsha soʻzlarni qabrtoshga yozdirib qoʻyadi…

©️ Oʻtkir Hoshimov

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
#Hikmat

Agar biror kishining aybi sizga yetib kelsa, uning oxiri siz boʻling. Sizdan keyingilarga oʻtib ketishiga yoʻl qoʻymang.

Agar shunday qilsangiz, oʻzga insonning aybini yashirgan savobini  olasiz. Kim musulmonning aybini yashirsa, Alloh uning ham ayblarini yashiradi
.

©️ Shayx  Shaʼroviy

🇺🇿 👉 @EVRIKAQUIZTEST 🇺🇿
2025/07/05 15:53:04
Back to Top
HTML Embed Code: