This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanal bir bahona, obunachilar ichidan sizni izladik 🌿
🌿🌿🌿
Olib qochkim seni baribir,
Qo'l uzamiz dardlar bo'ynidan,
Biz zerikdik, charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo'ynidan.

Band-bandidan uzilar gullar,
Chekinadi moviy rang tunlar,
Peshvoz chiqar anvoyi kunlar...
Bizni kutar biz kutgan kunlar! 🌿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Go’yoki biz uni tushlarda ko’rdik.. 🍂

Sirojiddin Sayid she’ri.
Musiqa: Kıraç - Taş Duvarlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalik esga tushadi. Ko’z oldimdan xotiralarim quvlashib o’tishadi. Xayollarga tolaman..

Bola edik; tanlar olov, qalb qaynoq, ko’zlar o’tkir, dillar sof.. 🌿

Eslab, bir nafas jim qolaman. Keyin yana shahar shovqinlariga, hayot tashvishlariga qaytaman.

Eh, koshki eng katta yaramiz tizzamizdagi yaraligicha qolganda edi.. 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“To’fondek keldik, to’fondek ketyapmiz ..” 🌊

@falsafaklubi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Derazang yoniga qo'ndi kabutar..
Ilkida o'rog’liq maktub bor edi.
Senga boqib turgan mayus ko'zlari,
Shu onda nedandir umidvor edi.
Sen esa pardani yopib qo’yding jim,
O'sha men edim-ku, o'sha men edim..

Ko‘chaga chiqding sen bog‘ aylangani,
Daydi shamollarday xayoling tarqoq.
Bog‘ kezib yurarding shunda nogahon
Oyog‘ing ostiga tushdi bir yaproq.
O‘sha yaproq kabi sochilgandi kim? 
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Bog‘da gullar terding avaylab asta
Nogoh qo‘llaringga sanchildi tikan.
Nozik qo‘ling bilan sug‘urding uni
Deding  “Shunday gulda tikan bor ekan”.
Senga talpingandi shu tikan, gulim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

So‘ng qaytding uyingga o‘y surib sokin,
Deraza yoniga qo‘yding gullarni.
Tin olmoq dardida cho‘kding to‘shakka
Va yig‘lab o‘qiding “O‘tkan kunlar”ni.
Kimnidir o‘ylading, ko‘zlari sim-sim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

| Xurshid Abdurashid
@falsafaklubi
Tor ko‘ngulluk beklar, man-man damang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidur, tenglik qiling.  

Birni Qipchoq-u Xitoy-u birni Yuz, Nayman damang,
Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub bir jon oyinlik qiling.  

Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.  

Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin,
Ikki, uch, to‘rt da’visin etmakni, ko‘tahlik qiling.  

Mardlar maydon chekib, rangin ko‘torib zaxmlar,
Sizga yo‘q ul javhare yuzga upo-englik qiling.

| Turdi Farog’iy
@falsafaklubi
Shuningdek, boylikka yoki mansabga erishish yoki erisholmaslik sizdan tashqari yana ko’p narsalarga bog’liq. Lekin yaxshi inson bo’lish faqat va faqat o’z qo’lingizda.

@falsafaklubi
Oxirgi marta qaysi kitobni öqidingiz?

@falsafaklubi
2024/05/02 05:05:33
Back to Top
HTML Embed Code: