🍀 Ota...
Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketdi: to‘rt bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona
eshigida mo‘ltirabgina turgan qizchaga tushdi.U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.
– Dada! – dedi kenja o‘g‘ilchasi.
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o‘z ulushini oldi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir yetim qizchaga tikildi.
Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:
– Dugonam «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti...
Nargiza Asadova
@falsafasi_hayot 🕊

😢76❤15👍7
Har bir musulmon boʻlishi zarur boʻlgan Savol-javoblar!
Savol: Rabbing kim?
Javob: Alloh.
Savol: Qaysi dinga eʼtiqod qilasan?
Javob: Islom diniga.
Savol: Paygʻambaring kim?
Javob: Muhammad sollallohu alayhi va sallam.
Savol: Kitobing qaysi?
Javob: Qurʼoni karim.
Savol: Kimning millatidansan?
Javob: Ibrohim alayhissalom millatidanman.
Savol: Bu dunyoda kimsan?
Javob: Sinov uchun kelgan musofirman.
Savol: Yashashdan maqsading nima?
Javob: Alloh roziligiga erishish.
Savol: Allohni qanday rozi qilish mumkin?
Javob: Alloh buyurgan amallarni bajarish, qaytarganlaridan qaytish, U Zot rozi boʻladigan tarzda yashash bilan.
Yaqinlaringizga ham ulashing ular ham bilib olishsin.
@falsafasi_hayot 🍃

❤47👏9👍5😢4🔥1
🌿 Siz yig‘latib ketgan ko‘zlarni vaqti kelib kimdir quvonchga to‘ldirishi...
🌿 Siz siltab ketgan qo‘llar kimnidir mehr bilan quchishi...
🌿 Siz tepkilagan yurakka esa kimdir bir umrga joylashishi...
🌿 Sizga mehr bilan talpingan qalbda esa sizga nisbatan nafrat uyg‘onishi mumkin....
🌿 Shunday ekan kechishdan oldin qadrlang, uningday mehribonni topa olarmikinsiz....
🌿 Alvido deyishdan oldin o‘ylang, vaqti kelib sog‘inmasmikinsiz ....
🌿 Qadrini bilib qaytsangiz-u u sizga endi muxtoj boʻlmasachi..
🌿 Sizsiz xam baxtli ekanini koʻrib afsus qilmasmikinsiz...
Axir bu qaytar dunyoku....

😢32❤23👍7😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Qoʻlingni sindir...
Oyogʻingni sindir...
Ur toshlarga, boshingni yor...
Lekin koʻngil sindirma...!
Koʻngil tangrining taxti,
Tangri koʻngilga boqdi...
Koʻngil ranjitgan kishi haqni gʻazablantiradi...
Koʻngil ranjitgan kishining tahorati tutmaydi...
Namozi durust boʻlmaydi...
Bizning ishimiz janjal bilan emas, buzish bilan emas, qurish bilan...
Barpo etish bilan...
Modomiki, koʻngil tangrining taxti ekan, koʻngillarga ozor berishga emas, koʻngillarni olmoqqa keldik...
- Yunus Emro serialidan

❤45👍6😢6🔥4💔4🏆1
😔 So‘nggi kechki taomini tanovul qildilar... Oxirgi marta televizor ko‘rib, oxirgi marta bir-birlari bilan suhbatlashdilar...
Oxirgi marta bir-birlariga tabassum qilib, hech narsadan xabarsiz boshlarini yostiqqa qo‘yib uyquga ketdilar. 😢
Ya’ni, sizga aytar so‘zimiz: "o‘lim bir nafas qadar yaqinimizda"...
❗ Hech kimni qalbini ranjitmang!
Hech kimga ozor bermang!
Hech kimga nisbatan gina-adovat saqlamang! Kechirimli bo‘ling!

😢55💯12❤8🔥6
—Эшитаман...
Султонни овози ғалати эшитилди.
—Калит қаерда, дарвоза қулф экан.
—Қайтиб келдингми?
Султон бақирди.
—Ха келдим, кеч киряпти нима қилишим керак.
Султон, телефонини соатига қаради.
—Ўтириб тур кўчада. Мен ухлаётган эдим, хозир очаман эшикни.
Султон телефонни отиб юборди.
—Нима деяпти?
Қучоғидаги Мубина нозланди.
—Эшик олдида экан, тур тезда.
Султон шошиб ўрнидан турди.
—Хали келмайди дегандизу
Мубина довдираб қолди. Кийимини тополмай айланарди
—Йўқол хонанга...
Султон, бақириб хомомга кириб кетди.
Мубина, шкафдан битта чойшабни олиб, баданини ўраб...

❤9😢1
🍀 Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
“Kim bir kunda yuz marta “La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku valahul hamd. Va huva ala kulli shay-in qodiyr” desa, unga oʻnta qulni ozod qilganning savobi beriladi, yuzta yaxshilik yoziladi, yuzta gunohi oʻchiriladi. Oʻsha kun to kechgacha shaytondan unga qalqon-himoya boʻlgay. (Qiyomat kuni) Undan koʻra afzalroq narsani hech kim olib kelolmaydi. Faqat undan koʻprogʻiga amal qilgan kishigina afzal boʻladi”.
(Buxoriy va Muslim rivoyati)
Bemalol sekiin aytsangiz, 15 daqiqa kifoya qiladi, ishoning 🙂
Tuningiz osuda oʻtsin, aziz dindoshim 🌙
@falsafasi_hayot 🕊
❤74❤🔥12🔥7👏6😢4👍2⚡1
Inshaalloh hammasi yahshi boʻladi...
❤106👍12🔥8💯7
🌱 Kut..
Hayrlisi albatta keladi..
Namozingni ado qil..
Duo qil..
Sabr qil..
Robbinga ishon…
Hammasi sen o'ylaganingdan-da yaxshi bo'ladi jannat qalbligim…
ان شاءالله

❤100🕊13👍7😢1
🌿 Shunday o‘g‘ilni bilaman: onasi bilan telefonda gaplashayotib, gaplari tugaganidan keyin onasi (qizilni bosib) o‘zi o‘chirmagunicha o‘g‘il trubkani qo‘ymaydi, toki onamning gapi tugamay o‘chirib qo‘ysam, onamga oq bo‘lib qolmayin, deydi...
Alloh shunday farzandlardan rozi bo‘lsin!
— Abdulhodiy Yusuf
@falsafasi_hayot 🍃
Alloh shunday farzandlardan rozi bo‘lsin!
— Abdulhodiy Yusuf
@falsafasi_hayot 🍃
❤97👍13🔥10🕊7😢6
💚🌿...
Baxtga navbat bormi....?
Kim oxirgi...?
Sizdan keyin men....
O‘zimgamas....
Ota mehrini ko‘rmay o‘sayotgan tirik
yetim go‘daklarga bir chimdim...
Kelinlik martabasiga yetolmay, oq koʻylak armon bo‘lgan aybsiz aybdor singillarga bir chimdim...
Ne - ne orzu umidlar bilan
farzandlarini dunyoga keltirib,
keyin yana qancha qiyinchiliklar
bilan voyaga yetkazib, endi bolalarini rohatini ko‘raman deganda ko‘chadan tayyoriga kelgan bir oyimchani oldida qadrini yo‘qotgan onalarga bir chimdim.....
Ota - onasini uyida malikalardek
yashab, turmushga chiqib xizmatkordanda xorroq bo‘lib yashayotgan ojiza kelinlarga bir chimdim.....
Bir - birini jonidan ortiq sevganu, ammo taqdirni beshavqat oʻyinlarini qurboni boʻlib,sevmagan yor bilan yashab kelayotgan armonli oshiqlarga bir
chimdim......
Umrini oxirgi kunlarini yashayotganini bilib, farzandlarini tashlab ketishga ko‘zi qiymay, Yaratgandan har kuni yana bir kun umr so‘rab yashayotgan bemorlarga bir chimdim...

😢86❤31💯7⚡3🔥3🕊3👍1
🌿 Eʼtibor berdim-ki, men shu paytgacha har doim yaramni oʻzim davolagan ekanman...
Qachon yiqilsam, o'z qo'limdan yana oʻzim tutibman...
Biror narsa yuz berganda yonimda bo'lishi kerak bo'lganlarga emas, o'zimga suyanibman....
Shu qadar ko'p yolg'onlarni eshitdi-ki quloqlarim, shu qadar yarim qoldi-ki umidlarim, hislarim shunchalik shikastlandi-ki, shu sabab endi men faqat o'zimga ishonadigan boʻldim...
Keyin men o'zimga dedim-ki:
«Hech kimdan menga yaxshilik yo'q ekan. Menga eng ko'p men kerak ekanman...."
O'zingizni ehtiyot qiling...
Bir kuni hamma ketadi...
Sochilgan sizni yana oʻzingiz yigʻib olasiz....
✨ Reaksiyalaringizni kutaman ))

❤55😢27👍13💯10🔥5💔2🤣1
Qorabog‘da shahid ketgan bir do‘stimning uyiga borgandim... Uning besh yoshli qizi tizzamga kelib o‘tirdi. Uning qo‘lida pufagi bor edi... 🎈
— Qizim, kel shu pufakni birga o‘ynaymiz...
—Yo‘q, yorilib ketadi...
— U yorilsa senga minglarcha pufak olib beraman.
— Yo‘q, amaki. U yorilsa men o‘laman. Bu pufakni dadam shishirgan. Uning ichida dadamning nafasi bor.... 😔😞

😢58❤14😭2
🌿 Bolalar uyiga borganimda, u yerda yoshiga nisbatan juda aqlli va shiringina qizchani ko'rdim. Bir kuni oʼsha qizaloq bilan gaplashib qoldik.
— Opa, pufakchalarni yaxshi koʼrasizmi? — qizaloq bayram arafasida xona shiftlariga osilgan rang-barang pufaklarga qarab gapirdi.
— Аlbatta, kim ularni yaxshi koʼrmaydi, deysan.
— Qiziq, ularning ichi boʼsh boʼlsa ham, hamma yaxshi koʼradi. Mening ichim toʼla mehr, lekin hech kimga kerak emasman...
@falsafasi_hayot 🕊️

😢68❤21💔7🕊5⚡2👍1
Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
- Choy damla, bor, - derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o'xshab gaplashamiz, - debdi.
Bu gap erini o'yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
- Azizam, Sahobalar qissalarini o'qiganmisan?
- Yo'q.
- Abdulbasitning qiroatlarini eshitganmisan?
- Kim u?
- Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) payg'ambarimizning birorta hadislarini yodlaganmisan?
- Yo'q yodlamaganman.
- Shariat ahkomlarini shariy hukmlari haqidachi?
- Yo'q, eshitmaganman.
- Tur, unda choy damla!

🤣72❤12😁11👏3
🌿 Avtobus....
Bir necha yil ilgari, musulmonlardan biri London shahriga ko‘chib keladi. Har kuni bir vaqtda ishga ketayotganida, har safar o‘sha haydovchi va huddi o‘sha avtobusga minar ekan. Bir kuni aftobus xaqqini to‘lab, borib o‘tiradi. Qarasa, haydovchi qaytimiga 20 pens, ya’ni qaytimini ziyodasi bilan berib yuboribdi. Musulmon odam esa oshig‘ini qaytarib berishni o‘ylabdi. Chunki bu uning xaqqi emasdi. So‘ngra yana o‘ziga-o‘zi debdi:
«eee, esingdan chiqar, arzimagan chaqalar bo‘lsa, hech kimga keragi ham yo‘q. Shundog‘am avtobuslar shirkati avtobuslardan yaxshigina daromad topishadi. Bu chaqalarni bermasam kamayib qolishmaydi. Bularni o‘zimga olib qo‘yaman. Allohning menga ilingan hadyasi deymanu, yaxshisi jim ketaman», deb shunday hayollar bilan musulmon odam bekatiga ham yetib olibdi. Avtobus to‘xtadi. Ammo tushishdan avval musulmon odam haydovchiga qo‘lini cho‘zib, 20 pensni qaytarib berdi va dedi:
- Marhamat oling, oladigan xaqqimni ziyodasi bilan berib yuborgan ekansiz!!!
Haydovchi chaqalarni olar ekan tabassum qilib so‘radi:
- Siz shu tumanga yangi kelgan musulmonmisiz?
Men anchadan beri masjidingizga borib, islom dini bilan tanishmoqchi edim. Men sizni hatti-xarakatingizni ko‘rishim uchun bu chaqalarni sizga atayin bergan edim!!!
Musulmon odam avtobusdan tushar ekan ich-ichidan qaltiroq bosib, oyoqlari zir-zir titraganidan zo‘rg‘a turar edi. O‘zining qanchalar zaif ekanligini xis etdi. Oyoqlari chalkashib, huddi yiqilib ketadigandek edi. Borib birinchi duch kelgan ustunga suykalib oldi, so‘ngra osmonlarga qarab yig‘lab duo qildi:
- Ey Alloh, yana ozgina qolsa islomni 20 pensga sotib yuborar ekanman, deb ko‘zlaridan duv-duv yosh sizilib tushar edi.

😢60❤21🔥10❤🔥3⚡3👏2🤣1
🌿 Ko‘ngil mashinasi
Suriyalik olim Muhammad Xayr ash-Shi’olga Haysam ismli bir tikuvchi aytib bergan ekan. Hikoya sohibi shunday deydi:
“Mening tikuv korxonam bor edi. Qo‘shni ayollardan Ummu Jamil ismli ayolning eri vafot qilib qoldi. Uning uchta yetimi bor edi. Bir kuni u mening korxonamga kelib dedi:
— Mening bir tikuv mashinam bor. Uni erim ishlatar edi. Biz uni qanday ishlatishni bilmaymiz. Men esa yetimlarimni boqishim kerak. O‘sha mashinamni sizga keltirib ijaraga bersam. Ijara puli bilan o‘zimni va yetimlarimni boqar edim.
Men qaytarishga hayo qilib, unga dedim:
— Mayli, keltiringchi.
Ayol tikuv mashinasini keltirdi. Uning mashinasi juda eski model ekan. Bu mashina uchun mening korxonamda hech bir ish yo‘q edi. Ammo men bu ayolning ko‘nglini sindirishni istamadim. Undan ijaraga qancha pul berishim lozimligini so‘radim. U uch ming lira dedi. Bu voqea Suriya urushidan yigirma yillar oldin bo‘lgan edi. Men tikuv mashinasini olib qoldim va unga uch ming lira berib yubordim.
Mashinani bir burchakqa qo‘yib qo‘ydim. O‘n yillar o‘tdi. Ummu Jamil mendan ijara pulini olib turdi. Ammo tikuv mashinasidan umuman foydalanmadim. Endi tikuv korxonamni shahar chetidagi bir boshqa binoga ko‘chirmoqchi bo‘ldim. Narsalarni ko‘chirayotib, xodimlarimga:
— Ummu Jamilning mashinasini ham olinglar! — dedim.
Syexni yuritadigan ayol dedi:
— Bizning Ummu Jamilning mashinasiga ehtiyojimiz yo‘q. Ko‘chirib nima qilamiz?!
Men:
— Ko‘chiringlar, tamom! — dedim.
Yana o‘n yillar o‘tib, Suriyada urush boshlandi. Mening korxonam joylashgan mintaqa vayron bo‘ldi. Ammo mening korxonam saqlanib qoldi. Urush sababidan Ummu Jamil bilan aloqamiz uzilib qoldi. Uning manzilini ham topa olmadim. Uning telefoni o‘chgan edi.
Syexni yuritadigan ayol mendan ketib, Yevropaga boribdi. Ikki oydan so‘ng men bilan bog‘lanib, bir tush ko‘rganini, uni menga aytib berishini istayotganini aytdi. Men:
— Gapir, — dedim.
U shunday dedi:
— Tushimda g‘oyibdan ovoz eshitdim. U ovoz shunday dedi: “Ummu Jamilning tikuv mashinasi barakotidan sizning korxonangizni saqlab qoldik!”
Tikuvchi Haysam doktor Shi’olga shunday degan ekan:
— Hurmatli doktor! Ishonsangiz, mening korxonamdagi bitta nina ham yo‘qolmadi. Vaholanki, bu mintaqadagi biror bir joy zararsiz qolmagan!
Ehtimol, sizni ham zaif bir beva ayolga yordam berishingiz siz va oilangizning himoya qilinishiga sabab bo‘lar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Yonidagi qo‘shnisining ochligini bilaturib, qorni to‘q holda xotirjam uxlagan kishi menga iymon keltirmabdi!”
Yana aytadilar:
“Ey Abu Zarr! Agar sho‘rva pishirsang, suvini ko‘proq sol. Qo‘shnilaringni yo‘qlagin!”
Qancha-qancha Ummu Jamillar ko‘chalarda sargardon. Ularning ehtiyojini qilsangiz, birov bilmaydi. Buning nomi — maxfiy sadaqa. Buning nomi — ko‘ngil olish…

👍39❤24😢14🔥1👏1
🌿 Turkiyalik bu otaxon bozorlar, ommaviy joylarni aylanib yurib Qur’on o‘qishni ta’lim berar ekan.
Sumkadagi yozuv: "Har hafta men sizlarga Qur’on o‘rgataman. Darslar ish joyingizda, ishingizga xalaqit bermagan holda o‘n daqiqada o‘tiladi. Bu uchun haq talab qilmayman, balki Alloh azza va jalla rizosi uchundir".
Mashaolloh! Jannatga oshiq qalblar mana shunday bo‘ladi.

❤44😢15👍12❤🔥4
Qalblar Allohning qo'lidadir... Alloh qalbingizni go'zal qalb ila to'ldirsin. Yuragingiz yoqimli sevgi bilan gullasin. Xudo sizni sevgingiz bilan asrasin... Sizni sevadigan va ranjitmaydigan, orzulari pok, tili asaldan shirin, ko'zlari haromga parda, aqli yomon o'ylardan xoli insonni Alloh taqdir yo'lingizda umr yo'ldosh qilsin... Omin.
@falsafasi_hayot 🍃
@falsafasi_hayot 🍃
❤43❤🔥11😘8🕊5🐳1
🌿 Ota...

😢37🔥12❤7