Telegram Web Link
🌿 Avtobus....

Bir necha yil ilgari, musulmonlardan biri London shahriga ko‘chib keladi. Har kuni bir vaqtda ishga ketayotganida, har safar o‘sha haydovchi va huddi o‘sha avtobusga minar ekan. Bir kuni aftobus xaqqini to‘lab, borib o‘tiradi. Qarasa, haydovchi qaytimiga 20 pens, ya’ni qaytimini ziyodasi bilan berib  yuboribdi. Musulmon odam esa oshig‘ini qaytarib berishni o‘ylabdi. Chunki bu uning xaqqi emasdi. So‘ngra yana o‘ziga-o‘zi debdi:
«eee, esingdan chiqar, arzimagan chaqalar bo‘lsa, hech kimga keragi ham yo‘q. Shundog‘am avtobuslar shirkati avtobuslardan yaxshigina daromad topishadi. Bu chaqalarni bermasam kamayib qolishmaydi. Bularni o‘zimga olib qo‘yaman. Allohning menga ilingan hadyasi deymanu, yaxshisi jim ketaman», deb shunday hayollar bilan musulmon odam bekatiga ham yetib olibdi. Avtobus to‘xtadi. Ammo tushishdan avval musulmon odam haydovchiga qo‘lini cho‘zib, 20 pensni qaytarib berdi va dedi:
- Marhamat oling, oladigan xaqqimni ziyodasi bilan berib yuborgan ekansiz!!!
Haydovchi chaqalarni olar ekan tabassum qilib so‘radi:
- Siz shu tumanga yangi kelgan musulmonmisiz?
Men anchadan beri masjidingizga borib, islom dini bilan tanishmoqchi edim. Men sizni hatti-xarakatingizni ko‘rishim uchun bu chaqalarni sizga atayin bergan edim!!!
Musulmon odam avtobusdan tushar ekan ich-ichidan qaltiroq bosib, oyoqlari zir-zir titraganidan zo‘rg‘a turar edi. O‘zining qanchalar zaif ekanligini xis etdi. Oyoqlari chalkashib, huddi yiqilib ketadigandek edi. Borib birinchi duch kelgan ustunga suykalib oldi, so‘ngra osmonlarga qarab yig‘lab duo qildi:
- Ey Alloh, yana ozgina qolsa islomni 20 pensga sotib yuborar ekanman, deb ko‘zlaridan duv-duv yosh sizilib tushar edi.

@falsafasi_hayot 🍃
😢6021🔥10❤‍🔥33👏2🤣1
🌿 Ko‘ngil mashinasi

Suriyalik olim Muhammad Xayr ash-Shi’olga Haysam ismli bir tikuvchi aytib bergan ekan. Hikoya sohibi shunday deydi:

“Mening tikuv korxonam bor edi. Qo‘shni ayollardan Ummu Jamil ismli ayolning eri vafot qilib qoldi. Uning uchta yetimi bor edi. Bir kuni u mening korxonamga kelib dedi:

— Mening bir tikuv mashinam bor. Uni erim ishlatar edi. Biz uni qanday ishlatishni bilmaymiz. Men esa yetimlarimni boqishim kerak. O‘sha mashinamni sizga keltirib ijaraga bersam. Ijara puli bilan o‘zimni va yetimlarimni boqar edim.

Men qaytarishga hayo qilib, unga dedim:

— Mayli, keltiringchi.

Ayol tikuv mashinasini keltirdi. Uning mashinasi juda eski model ekan. Bu mashina uchun mening korxonamda hech bir ish yo‘q edi. Ammo men bu ayolning ko‘nglini sindirishni istamadim. Undan ijaraga qancha pul berishim lozimligini so‘radim. U uch ming lira dedi. Bu voqea Suriya urushidan yigirma yillar oldin bo‘lgan edi. Men tikuv mashinasini olib qoldim va unga uch ming lira berib yubordim.

Mashinani bir burchakqa qo‘yib qo‘ydim. O‘n yillar o‘tdi. Ummu Jamil mendan ijara pulini olib turdi. Ammo tikuv mashinasidan umuman foydalanmadim. Endi tikuv korxonamni shahar chetidagi bir boshqa binoga ko‘chirmoqchi bo‘ldim. Narsalarni ko‘chirayotib, xodimlarimga:

— Ummu Jamilning mashinasini ham olinglar! — dedim.

Syexni yuritadigan ayol dedi:

— Bizning Ummu Jamilning mashinasiga ehtiyojimiz yo‘q. Ko‘chirib nima qilamiz?!

Men:

— Ko‘chiringlar, tamom! — dedim.

Yana o‘n yillar o‘tib, Suriyada urush boshlandi. Mening korxonam joylashgan mintaqa vayron bo‘ldi. Ammo mening korxonam saqlanib qoldi. Urush sababidan Ummu Jamil bilan aloqamiz uzilib qoldi. Uning manzilini ham topa olmadim. Uning telefoni o‘chgan edi.

Syexni yuritadigan ayol mendan ketib, Yevropaga boribdi. Ikki oydan so‘ng men bilan bog‘lanib, bir tush ko‘rganini, uni menga aytib berishini istayotganini aytdi. Men:

— Gapir, — dedim.

U shunday dedi:

— Tushimda g‘oyibdan ovoz eshitdim. U ovoz shunday dedi: “Ummu Jamilning tikuv mashinasi barakotidan sizning korxonangizni saqlab qoldik!”

Tikuvchi Haysam doktor Shi’olga shunday degan ekan:

— Hurmatli doktor! Ishonsangiz, mening korxonamdagi bitta nina ham yo‘qolmadi. Vaholanki, bu mintaqadagi biror bir joy zararsiz qolmagan!

Ehtimol, sizni ham zaif bir beva ayolga yordam berishingiz siz va oilangizning himoya qilinishiga sabab bo‘lar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:

“Yonidagi qo‘shnisining ochligini bilaturib, qorni to‘q holda xotirjam uxlagan kishi menga iymon keltirmabdi!”

Yana aytadilar:

“Ey Abu Zarr! Agar sho‘rva pishirsang, suvini ko‘proq sol. Qo‘shnilaringni yo‘qlagin!”

Qancha-qancha Ummu Jamillar ko‘chalarda sargardon. Ularning ehtiyojini qilsangiz, birov bilmaydi. Buning nomi — maxfiy sadaqa. Buning nomi — ko‘ngil olish…

@falsafasi_hayot 🍃
👍3923😢14🔥1👏1
🌿 Turkiyalik bu otaxon bozorlar, ommaviy joylarni aylanib yurib Qur’on o‘qishni ta’lim berar ekan.

Sumkadagi yozuv: "Har hafta men sizlarga Qur’on o‘rgataman. Darslar ish joyingizda, ishingizga xalaqit bermagan holda o‘n daqiqada o‘tiladi. Bu uchun haq talab qilmayman, balki Alloh azza va jalla rizosi uchundir".

Mashaolloh! Jannatga oshiq qalblar mana shunday bo‘ladi.

@falsafasi_hayot 🍃
43😢15👍12❤‍🔥4
Qalblar Allohning qo'lidadir... Alloh qalbingizni go'zal qalb ila to'ldirsin. Yuragingiz yoqimli sevgi bilan gullasin. Xudo sizni sevgingiz bilan asrasin... Sizni sevadigan va ranjitmaydigan, orzulari pok, tili asaldan shirin, ko'zlari haromga parda, aqli yomon o'ylardan xoli insonni Alloh taqdir yo'lingizda umr yo'ldosh qilsin... Omin.

@falsafasi_hayot 🍃
43❤‍🔥11😘8🕊4🐳1
🌿 Ota...

Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketdi: to‘rt bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona
eshigida mo‘ltirabgina turgan qizchaga tushdi.U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.
– Dada! – dedi kenja o‘g‘ilchasi.
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o‘z ulushini oldi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir yetim qizchaga tikildi.
Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:
– Dugonam «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti...

@falsafasi_hayot 🍃
😢36🔥127
🌿 Birinchi uchrashuv

Qiz;
- Namoz o’qiysizmi?

Yigit;
- To’g’risini aytsam, namoz o’qimayman. Lekin to’ydan keyin menga dalda bo’lsangiz ya’ni siz menga aytib tursangiz albatta to’liq ado qilaman.

Qiz dedi-ki;
- Alloh dalda bo’la olmadimi?

- Yo’q, unday emas...

- Ha aytgancha, Alloh aytganda ado qilmagan, men aytganda ado qilasizmi? Alloh’ning farzini xurmat qilmagan, uning omonatini xam xurmat qilmaydi. Sog’ bo’ling.. dedi va ketdi...

@falsafasi_hayot 🍃
51👏29🔥7👍6💔2
✔️Ba’zan ko‘nglim holdan toyadi.
''La havla vala quvvata illa billahil aliyul azim" deyman. O‘zimni kuchli his qilaman.

✔️Ba’zan aqlim qalbim bilan tortishadi. ''HasbunAllohi va ni’mal Vakil" deyman.  Yengil tortaman.

✔️Ba’zan sukut qilishimni bilsam ham ko‘p narsalarni aytib tashlashni xohlayman. ''Meni Alloh bilsin, yetar!" deyman. Sassiz qolaman.

✔️Ba’zan haddan ortiq asablarim tarang tortiladi.  "Albatta, bir qiyinchilik bilan yengillik bordir" deyman. Har qanday muammo bu jumladan keyin o‘tadi.

✔️Ba’zan mahzun bo‘laman, yig‘layman. "Men siniq qalblardaman!" deydi Robbim. Yana biroz yig‘layman. Ki Allohim mudom qalbimda qolsin deya...

@falsafasi_hayot 🍃
37💯5🕊3😇3👍2
🌿 ✍🏼  KAMBAGʻALLIK...

To‘rt devordan iborat, ammo tomi yopilmagan kichik bir kulbada kambag‘al beva ayol va farzandi yashar edi. Uylarining yog‘och eshigi bor bo‘lsa-da, yomg‘ir, qor yog‘sa, shifti yopilmagan bu kulba ularni yog‘ingarchilikdan saqlamas edi. Shunga qaramay bu oila bor ne’matlarga shukr va qanoat ila kun kechirar edi.
Bu ayolni eng qattiq qiynaydigan narsa bu qish paytidagi yog‘ingarchilik edi. Farzandi to‘rt yoshga to‘lguniga qadar Allohning fazli ila qattiq yomg‘ir va qor yog‘ishi bu yillarda bo‘lmadi.
Bir kuni osmonni quyuq bulut qopladi va kech kirganda qattiq yomg‘ir yog‘a boshladi. Odamlar uylariga kirib yomg‘irdan saqlandilar. Ammo beva ayol va go‘dagi juda qiyin axvolda qoldi, yomg‘ir suvi ostida kiyimlari butkul ivib xo‘l bo‘ldi.
Ona farzandini yomg‘irdan saqlay deb bag‘riga bossa, jiqqa xo‘l bo‘lgan kiyimi bilan yanada ko‘proq ozor berar edi. Shunda ona zudlik bilan eshikni yechib oldi va devorga qiya qilib suyadi. Eshik ostiga farzandini yomg‘irdan to‘say deb oldi.
Yomg‘irdan saqlangan go‘dak ko‘zlarida baxtiyorlik va yuzida tabassum ila onasiga qaradi va dedi:
- Onajon, eshiklari bo‘lmagan kambag‘allar yomg‘ir yog‘sa, nima qiladilar?!..

Go‘dak shu onlarda uyida eshigi bor bo‘lganini katta boylik deb xisobladi.
Allohning qadaridan rozi bo‘lish katta baxt, shu rozilik bilan qalb xotirjamligi keladi, tushkunlikka tushish va norozilikdan saqlanish mumkin bo‘ladi...

@falsafasi_hayot 🍃
53😢24❤‍🔥12💔4👍3
🌿 Toʻy fojeasi...

Yaqinda endigina ellikka kirgan yaxshi bir akani tuproqqa qo‘ydik. Ichagida yarasi bor ekan. Shu ochilib ketibdi. Ammo bu odamni o‘ldiradigan dard emas. Harqalay, qoloq bo‘lsa ham medisinamizning bunga aqli yetadi. Biroq marhum shifoxonaga bormagan. — Nega shifoxonaga olib bormadingizlar? — dedim hayron bo‘lib. Ayoli yerga qaraydi. Bolalari onasiga xo‘mrayadi. Bir amallab masalaning tagiga yetdim. Aka yaqinda nabirali bo‘libdi. To‘ng‘ich qizi o‘g‘illi bo‘lib, shunga beshik to‘yi olib borishi kerak ekan. «Beshik to‘yi»ning xarajati katta emish. «Agar men kasalxonaga tushib qolsam to‘y berolmay qolamiz», deb ota sho‘rlik shifoxonaga bormagan va bir hafta davomida qon tuflab yuravergan. — Bir necha marta aytdim, lekin har safar: «Qudalarning oldida uyatli bo‘lib qolamiz, qizingning ko‘ngli o‘ksiydi», deb bormadilar, — deydi ayoli. Xullas, shu odam o‘ldi. Bir tiyinga qimmat an’anani, bemavrid g‘ururni deb o‘lib ketdi.
Muhtaram o‘zbeklar, to‘ylar fojeasidan qachon qutiladi? Qachon es kiradi bizga? Biz qachon tonnalab guruch damlab to‘y qilishning fazilat emasligini tushunamiz? Ajabo, bir asr ilgari Behbudiy hazrat ham xuddi shunday nolib yozgan ekanlar. Oradan 100 yil o‘tibdi hamki, hamon o‘sha «qo‘shiq»!

@falsafasi_hayot 🍃
😢348👏3❤‍🔥1👍1
Umar roziyallohu anhu shomdagi qo‘shin holidan xabar olish maqsadida ulovlariga minib, yo‘lga otlandilar. Shom chegarasiga yetib kelib, dam olish uchun qo‘shinlar qo‘mondoni Abu Ubayda al-Jarrohning chodiriga tushdilar. Tushlik payti bo‘lganida xodimlar: "Askarlarning ovqatidan keltiraylikmi yoki qo‘mondonning ovqatidanmi?" deb aytishgan edi, Umar roziyallohu anhu: "Ikkisidan ham keltiringlar", dedilar. Xodimlar askarlarning ovqatini keltirishdi. Unda go‘sht, sho‘rva va sariyd nomli ovqatlar bor edi. Umar roziyallohu anhu: "Bu askarlarning taomimi?" degandilar, ular: "Ha shunday, mo‘minlar amiri", deyishdi. Umar roziyallohu anhu: "Qo‘mondonning taomini keltiring", degandilar, ular qotgan non va biroz sut keltirishdi. Buni ko‘rgan Umar roziyallohu anhu o‘zlarini to‘xtata olmay yig‘lab yubordilar va: "Bu ummatning eng ishonchli kishisi, deb seni nomlagan zot naqadar rost gapirganlar!" dedilar.
Biz haqiqiy ummat bo‘lganimizda mana shunday mustahkam tog‘ edik!

©arabicuz

@falsafasi_hayot 🍃
55👍10🔥6😢41👏1
#Субҳаналлоҳ
ПАЙҒАМБАР ҚАБРИ ТЕПАСИДАГИ МЎЪЖИЗА

Пайғамбар алайҳиссалом қабрлари жойлашган бино устида гумбазда кимни қабри бор?!

Бу ғаройиб тилсимотни кўпчилик мусулмонлар ҳалигача билмайди.
Сабаби, Муҳаммад алайҳиссаломнинг муборак қабрлари сақланаётган бино устига чиқишга деярли ҳеч кимга руҳсат берилмайди
.

Бугун сиз ушбу сирли воқеа ҳақида ҳақиқатни билиб оласиз: Гап шундаки...👇
3
🌿 Qo‘ng‘iroq ovozi jiringladi. Ayolimning telefonidan chiqayotgan ovoz edi. Shubxa aralash qo‘limga olsam, uyg‘otgich ekan.

"Taxajjudda eringni duo qil" degan yozuvlarni ekranida ko‘rdim. Ovozini o‘chirdim. Ayolim sezmadi. Charchoqdan telefon ovozini xam eshitmadi bechora. Miriqib uxlayabdi.

Unga biroz tikildim. Negadir raxmim keldi. U:

Ota uyida bekami-ko‘st ulg‘aygan, o‘ynab-kulib o‘sgan bir muslima qiz edi.

Bechora qiz aslo tanimagan, bilmagan insoni bilan bir umr yashash maqsadida ota uyidan chiqib kelgan.

Umri davomida degani degan, aytgani aytgan xolda o‘sgan qiz endi bir erning uyida, erning degani degan, aytgani aytgan xolda yashaydi.

Xamma ko‘ngliga qarab katta bo‘lgan qiz endi erining ko‘ngliga qarab yashardi.

Erining barcha achchiq-chuchuk gaplari, kinoyayu-ovozalariga sukut ila sabr qilar, aslo gap qaytarishga botinmasdi.

Tun-u kun qaynona-qaynotaning xizmatida yelib-yuguradigan ayol.
Kamiga erining qarindosh-urug‘lariga xurmat-extirom ko‘rsatib, ularning kesatiq gaplariga parvo qilmaslikka intiladigan bir muslima ayol.

Kun davomida tinimsiz mexnat qilib, yana tun yarmida o‘sha jahldor va qo‘pol eri uchun shirin uyqusidan kechib, uning uchun Alloxga duo qiladigan ayol.

Shuncha qiyinchiligu-mashaqqatlarga sabr qiladigan ayol.

Ust-boshidan nolimaydigan, och qolsa sabr qiladigan, eri olib kelgan bir luqmaga sevinib, Alloxga shukurlar aytadigan ayol.

Eridan barvaqt turib, obdastaga suv ilitib, erini namozga uyg‘otadigan ayol.
Barcha ishlarini yakunlab, Qur’on o‘qibgina yostiqqa bosh qo‘yadigan ayol...

Unga tikilganim sari o‘zimdan nafratlanib ketardim. U esa biron marta nolimagandi.

Bu esa meni vijdonimni yanchardi. Naqadar joxil va beparvo bo‘lgan ekanmana?

Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan ayollarga qanday muomalada bo‘lish merosiga amal qilmay, kunduzi esa yaqinlarimni sunnatga amal qilishga chorlagan mendayin notavon bormikin?

Yana o‘zimni ummat deya kerilib xam yurardima?!

Ayolim shirin uyquda uxlardi. Uni bezovta qilmadim. Taxorat oldim va Taxajjud o‘qishni boshladim.

Biroz vaqt o‘tmay xonada qadam tovushlari eshitilardi. Shoshilib bosilgan qadamlar taxoratxona tomon bordi.

Birozdan so‘ng esa ayolim orqamda turgan xolda namozda menga iqtido qildi.

Xo‘ngrab yig‘lagan xolda namozni arang yakunladim...

- Begim, nega meni uyg‘otmadingiz?dedi u xijolat ovozda.

Bu esa meni battar qiyin axvolga soldi. Uni bag‘rimga bosgancha, yetkazgan jabr-zulumlarim uchun kechirim so‘rardim.

Bechora ayolim mening jabrimga o‘rganib xam qolibdi, menga hayratomuz boqardi. U nima bo‘lganini tushunmasdi. Men esa namlangan ko‘zda yoshim bilan:

- Menga qanday chidayabsan, bilmadim?! Allox sendan rozi bo‘lsin, dedim...

Shu tundan boshlab xayotim o‘zgardi. Yo‘q, xayotim emas, men o‘zgardim. Ayolim xam avvalgidanda quvnoq va baxtiyor bo‘ldi.

"Xizmatingizni qilib to‘ymayman" derdi tabassum bilan. Ishonasizmi, u qizlik uyidagidanda baxtiyor edi...
Uni ko‘rib esa mening ko‘zlarim quvnardi...

Xurmatli erkaklar!
AYOLINGIZNI SEVIN
G...

@falsafasi_hayot 🍃
39😢9👍4❤‍🔥1
2025/07/09 18:11:08
Back to Top
HTML Embed Code: