Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Qo‘li kuyib qolgan qizcha bobosiga:
- “ Bobo, qo‘limni bir kuygani azobiga chidolmayapman, do‘zax azobiga qanday chidaymiz Bobo?!”
Qizchani bu so‘zlaridan ko‘zlariga yosh olgan keksa Bobosi:
- “ Ey bilmadim qizim, gunohlarimizni kechirsin Allohim”
Yig‘layotgan Bobosini yuzlaridan o‘pib, yupatish uchun qizchasi:
- “ Xammasi yaxshi bo‘ladi Bobo, qo‘rqmang jannat siz uchun ochiq”
Bobosi:
- “ Qizim boshing omon bo‘lsin”
Qizcha:
- “ Jannatga o‘zim olib kiraman bobo”…….

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 KO‘NGIL OLISH

Bir kishi uylandi. Bir necha yillardan so‘ng zavjasi ovqat qilayotgan paytda oshxonaga kirdi.

Ovqatning mazasini totib ko‘rdi. Ovqat sho‘r bo‘lgan edi. U g‘azablanmadi, idishlarni sindirmadi, xotinini so‘kmadi, qaynonasini qiziga ovqat qilishni o‘rgatmaganlikda ayblamadi.

Xotinining yelkasiga qo‘lini qo‘yib dedi:

-Bugun menga yangi kelin bo‘lgan vaqtingni eslatding. O‘shanda ovqat qilishni bilmas eding. Ovqatni tuzini ko‘p solib yuborar eding.

Xotini so‘radi:
- Bugun ham ovqat sho‘r bo‘libdimi?

Er dedi:
- Ha. Ammo bu menga eng saodatli kunlarimni eslatdi!

U zavjasining ko‘nglini oldi. Shu bilan birga o‘z istagiga go‘zal uslub bilan erishdi.

Insonlar tuyg‘usi va qalbidan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobi, kishilar o‘tadigan yo‘ldan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobidan kam emas!

@falsafasi_hayot 🍃
Gʻamginmisiz, istig‘for ayting!

Qarzdormisiz, istig‘for ayting!

Faqirmisiz, istig‘for ayting!

Bemormisiz, istig‘for ayting!

Zaifholmisiz, istig‘for ayting!

Bo‘ydoqmisiz, istig‘for ayting!

Befarzandmisiz, istig‘for ayting!

📿 Zero, yechim - Istig‘fordadir...

@falsafasi_hayot 🍃
Solih salaflar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qoʻyishar edi. Qanchadan qancha orzu umidlar va duolar arafa kuni oqshomida ijobat qilingan. Ramazon oyidagi qadr kecha qaysi kunligi aniq boʻlmagani uchun uni bilmaymiz. Ammo Zulhijjaning Arafa kuni haqida Alloh bizga aniq xabar berib qoʻygan. Shunday imkoniyat boʻlsa ham kamchilikka yoʻl qoʻyamizmi?
Agar arafa kunining oqshomida oʻzing bilan oʻzing xoli qolish imkoni boʻlsa, yaʼni xoli qolib duo qilish imkoni boʻlsa uni amalga oshir. U asr namozidan to shom namozining azonigacha boʻlgan fursat oraligidadir.
Solihlardan biri: Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil oʻtmasidan turib uni xuddi tongni yorishgani kabi amalga oshganini koʻrdim", deb aytdi.

@falsafasi_hayot
🌿 ....Sizni kutishmagan joyga ~ oshiqmang, bormang...
....siz uchun yopilgan eshikni ~ taqqillatmang, ochmang...
....xaqiqiylari siz bilan qoladi, soxtalari baribir ketadi..
....qichqirmang, faryod urmang, sizni tushunadiganlar ohista shiviringizni, goxo sukutingiznida tushunadilar...
....kimga siz qadrlisiz ~ ular siz uchun albatta vaqt topadilar..
....kimga kerak emassiz ~ bor vaqtinida qizgʻonadilar...
....yoningizdagi siz unga kerak boʻlgan insonlarni qadrlang...
....siz unga kerak emas odamni qoʻyib yuboring, ushlamang...
....Shoshilmang. Hamma narsani oʻz vaqti bor..
....hayot aslida juda oddiy.....Biz uni oʻz dunyoqarashlarimiz bilan oʻzimiz uchun yasab olgan muammolarimiz bilan murakkablashtiramiz xolos..!

Malika Salimova


@falsafasi_hayot 🕊
Ey Robbim!

Agar menga mol-dunyo ato etsang, baxtimni olib qo‘yma!🤲

Agar menga kuch-quvvat ato etsang, aqlimni olib qo‘yma!🤲

Agar menga obru-e’tibor ato etsang, kamtarligimni olib qo‘yma! 🤲

Agar menga tavoze’ni ato etsang, shonu shavkatimni olib qo‘yma! 🤲

Agar menga kuch-qudrat ato etsang, afvimni olib qo‘yma!🤲

Agar menga muvaffaqiyat ato etsang, intilishimni olib qo‘yma!
🤲

Agar menga sog‘lik salomatlik ato etsang, iymonimni olib qo‘yma!🤲

Agar men Seni unutsam, Sen meni unutma!🤲

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Otasini yo‘qotgan odam, birdaniga ulg‘ayadi. Onasini yo‘qotgan odam esa, yosh bolaga o‘xshab qoladi...

Ota-onangizni qadrlang!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 ARAFA KUNI REJASI

1. Arafa kechasi barvaqt uxlang!

2. Ertasi kuni saharlik qilish uchun saharda turing!

3. Hech yo‘q 4 rakat tahajjud namozini o‘qing! Boshingizni sajdaga qo‘yib, dunyo va oxirat yaxshiligini so‘rang! Shunday kunlarga yetkazganiga hamdlar ayting!

4. Bomdod vaqti kirguncha «Saharlarda Allohga istig‘for aytadigan kishilar» (Oli Imron: 18-oyat) dan bo‘lish uchun istig‘for bilan mashg‘ul bo‘ling!

5. Bomdod azonidan besh daqiqa oldin siz namozga tayyor bo‘ling! Tasavvur qiling, tahoratingizning oxiri tomchisi bilan tahorat a’zolaringizning barchasidan gunohlaringiz oqib tushib ketyapdi.

6. Tahoratdan so‘ng aytiladigan duoni ayting!

7. Bomdodni o‘qing! Salomdan keyinoq takbiri tashriqni ayting!

8. So‘ng joynamozda quyosh chiqqunga qadar Qur’on, tonggi duolar, zikrlar bilan mashg‘ul bo‘ling! Kun chiqib 15 daqiqa o‘tgandan so‘ng...

9. Haj va Umra savobi yozilishi uchun Shuruq namozini o‘qing!

10. Sizni endi tanlash huquqingiz bor. Agar uxlamasdan shu kunni o‘tkaza olsangiz, uxlamang! Har soniyangizni g‘animat bilib zikr, duolar qiling. Va ijobatiga ishoning!

11. Yoki Allohga ibodat qilish uchun kuch to‘plash niyati ila bir soat uxlab dam oling!

12. So‘ng... uyg‘onib tahorat oling! Eng ozi to‘rt rak’at Zuho namozini o‘qing! Takbir, zikr, tilovatni, ayniqsa: «Laa ilaha illallohu Vahdahu laa shariyka lah, Lahul mulku va lahul hamdu va Huva a’la kulli shay’in Qodiyr» ni ko‘paytiring!

13. Peshin namozini o‘qing! Takbir ayting! Qur’ondan biroz tilovat qiling!

14. Arafa xutbasini jon qulog‘ingiz bilan eshiting.

15. Asrni o‘qing. Takbir aytib kechqurungi zikr, duolarni qiling.

16. Shom namoziga bir soat qolganda, Qur’on o‘qishni boshlang! Xushu’ ila duolar qiling! Dunyoda zaif, nochor qolgan musulmon aka - uka, opa - singillaringiz haqlariga ham duo qilishni unutmang!

17. «Ey, Robbim, shu kunning quyoshi botar ekan, meni jahannamdan ozod bo‘lib, jannating yozilgan bandalaring qatoriga yozgin», deb duo qiling!

18. Alloh sizni solih amallarga muvaffaq aylasin! Duolaringiz qabul bo‘lishini biz ham so‘rab qolamiz!

19. Shomga azon aytildi. Iftor qilishni boshlang!!! Undan oldin ko‘p duo qiling! Yodingizda bo‘lsin, ro‘zadorning duosi albatta ijobat bo‘ladi.

20. Bu xatni ahlu oilangiz, yaqinlaringiz va jannatda birga bo‘lishni istagan insonlaringizga ulashing!!!

@falsafasi_hayot 🍃
​​​🌿🌙....

Alhamdulillah hotirjamlikda yana bir kunni kuzatib qo‘ydik.

Tong otganidan to tun kirib kelguncha nimalar bilandir ovvora bo‘ldingiz.

Balki ro‘zg‘or, balki kasbiy majburiyatlaringiz, balki o‘z burchlaringizni bajargandirsiz.

Gʻimirlagan har jon borki, rizqi Alloh taolodan kelib turibdi...

Umrimiz aqlimizni hikmatlariga to‘ldirib, bizdan bir kunni oldi-yu, ketdi.

Ketgani-da yaxshilikka bo‘lsin!

Yomonlikka bo‘ladiganini esa hali uchratmadik.

Keladigani mutlaqo yangi bir kun, uni siz o‘z hohishingizcha o‘tkazasiz...

Tundan yurib, tong safariga chiqarkansiz- O‘zi sizga mehribon bo‘lsin!

Hayrli va osuda tun tilayman!

Omon bo‘ling!

@falsafasi_hayot 🍃
🌱....

Alloh taolo bandalarini do‘zaxdan eng ko‘p ozod qiladigan kun ― Arafa kunidir.

Mehribon Alloh hammamizni do‘zaxdan ozod qilingan bandalari qatorida qilsin. Omin.

🌿....

Shu bugun qilinadigan eng afzal ibodat duodir. Shunday ekan, Allohdan istaganingizni istaganingizcha so‘rab oling! Zero, duolarning eng afzali Arafa kunidagi qilingan duodur.

@falsafasi_hayot 🍃
Aziz dindoshim, duolar mustajob boʻladigan, minglab bandalar kechiriladigan goʻzal kun - Arafa muborak! 🙂

🍀 Bugun duolar ijobat boʻlishi haqida juda koʻp hadislar kelgan, qadrligim keling, fursatni gʻanimat bilaylik va eng goʻzal niyatlarimizni yolgʻiz Qodir Zot Allohdan soʻraylik☺️ duolaringizda eslab ketishingizdan umidvorman 🙃🌸🌺

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 -Ba’zan «seni yaxshi ko’raman» deyolmaydi inson, oʻrniga;

•Namozingizni vaqtida oʻqing deydi,
•Allohga itoat qiling deydi,
•Oʻzingizni ehtiyot qiling deydi,
•Koʻp ish qilmang deydi,
•Vaqtida ovqatlanib oling deydi,
•Havo sovuq, issiqroq kiyinib oling deydi,
•Yoʻllarda hushyor boʻling deydi,
•Yetib borgach, xabar bering deydi,
•Umrim oxrgacha men bilan bo’ling deydi….

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu sutga suv aralashtirib sotishni taʼqiqladi. Xalifaning qarori musulmonlar orasida eʼlon ham qilindi. Qonun kuchga kirdi.

Umar ibn Xattob odatiga koʻra tunda koʻcha aylanib fuqaro holini oʻrganar ekan, banogoh bir hovli oldida ikki ayol – ona va qizning suhbati quloqqa chalindi. Ona qizga:

Sutga tezroq suv aralashtir saxar vaqti boʻlib qoldi—der edi. Qiz esa:
Yoʻq. Xalifa Umar bu ishni taʼqiqlagan—dedi.
Xozir seni Umar koʻrib oʻtiribdimi, tezroq boʻl vaqt oʻtyapdi…
Umar koʻrmagani bilan Umarning Rabbisi koʻrib turibdi Ey Ona! Umardanku yashirarman, lekin Rabbisidan yashira olmayman. Shunday ekan, bugundan boshlab sutga suv aralashtirib sotish yoʻq—deb qatʼiy javob berdi qiz.
Qizning qatʼiyatligi, itoati, halolligi, taqvosi, shariat amrini moddiy manfaatidan ustun koʻra olishi, oxirati uchun dunyosidan voz kecha olishi moʻminlar amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni lol qoldirdi.

Erta tong. Umar ibn Xattob Oʻgʻli Osimni yoniga chaqirdi va: falon mahallaga borib, falon xonadonga uchra. U yerda bir qiz bor, uni soʻrab-surishtirib kel—dedi. Osim otasi aytgan manzilni topib bordi va qiz haqida soʻrab-surishtirib keldi. Otasiga kelib aniqlaganlarini aytdi. Umar ibn Xattob: endi seni oʻsha qizga uylantiraman—dedi. Ikki yoshning fotihasi oʻqildi, ikkovlari oila qurishdi. Ularning birinchi farzandi qiz boʻldi. Qizaloqqa Laylo deb ism qoʻydilar. Laylo binti Osim ibn Umar ibn Xattob.

Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning bu nabirasi Laylo honimga Abdulaziz ibn Marvon ibn Hakam uylandi. Ulardan esa tarixda “Ikkinchi Umar” nomi bilan mashhur xalifa Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh tugʻildi.

Bir qizning iymoni, taqvosi, eʼtiqodi, halolligi va shariatga itoati uni ikki dunyo saodatiga musharraf qildi. Qiz arzimas harom boylikdan voz kechgani uchun Alloh uni xalifaga kelin qildi, to qiyomatgacha musulmonlarning qalbidan oʻchmaydigan odil amir—Umar ibn Abdulazizga ona qildi! Halollik bilan baxt topdi! Ilohim Laylo honim kabi muslimalar koʻpaysin!

- Abu Muhammad Abdulloh
“Siyratu Umar ibn Abdulaziz”

@falsafasi_hayot 🕊

Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak.
“Qabul et!” deb turar har bitta malak,
Moʻmin suyangan togʻ Hayit muborak...! ☺️

Aziz dindoshim, Qurbon Hayitingiz muborak boʻlsin, Alloh barcha niyatlaringizni eng hayrlilariga yetishtirsin ilohim ))

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Kuchli, sovuqqon, quvnoq koʻringan insonlarga ishonmang... Ular aslida butunlay boshqacha boʻladilar...
Kuchli koʻringan inson aslida suyanchigʻi, ishongani yoʻqligidan kuchli koʻrinishga harakat qiladi... Aslida suyana oladigan insonga juda ehtiyojmand boʻladi...
Sovuqqon koʻringan inson aslida qalbi juda hassos... Tark etsangiz ham hech narsa boʻlmagandek tutadi, aslida qalbidan sinib, parchalanib ketadi...
Quvnoq inson hazillari, kulgilari ortida togʻlardek dardlarini yashirib yuradi. Unga tushunadigan, his qila oladigan inson kerak...
Ularning koʻrinishlariga qarab muomala qilmang, ehtiyot qiling... Ular sizning mehringizga, eʼtiboringizga muxtojlar...

@falsafasi_hayot 🍃

🍀 Naqadar goʻzal axloq!

Xalifa Umar ibn Abdulaziz masjidga kirsa, masjidning ichida, qorongʻida bir kishi yotgan ekan. Umar qorongʻida uni koʻrmay, oyogʻi bilan turtib yuboribdi. Shunda haligi odam: “Bu nima qilganing, eshakmisan?” dedi. Umar: “Yoʻq, men Umarman”, dedi. Umarning yonidagilar: “Ey moʻminlarning amiri, u sizni eshak dedi! ” deyishdi. Umar: “Eshak demadi. Eshakmisan, dedi. Men yoʻq deb javob berdim-ku”, dedi...!

Alloh Umarni rahmatiga olsin!
Naqadar goʻzallik, naqadar halimlik, naqadar taqvodorlik!
Sen ham odamlarga ularning axloqi bilan emas, oʻz ahloqing bilan muomala qil...!


@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Ona qornim og‘riyapti
- Yaxshida ko‘proq yuvmay narsa ye🙄

Oyi oyog‘im og‘riyapti
- Ko‘proq to‘p tepgin🙄

Onaaa tomog‘im

-Ko‘p ko‘p muzdek ich🙄

Ertalab ona 7 da uyg‘otib qo‘ying, trenirovkam bor

Tuuur, tuuur soat 10 bo‘ldi, 7 da degansan😂
(shu paytda soat 5:30 )😅

Biram ajoyib onalarmiz bor-daaa🙈

© Madina Moʻminova

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 QURBONLIK...

Juda ham ajib hikoya

Qurbon hayiti oldidan o‘rtahol oila boshlig‘i jonliq olish uchun bozorga bordi. Semiz, chiroyli, ko‘nglidagidek qo‘yni sotib oldi. Yonidagi og‘aynisiga:
- Do‘stim, keling, bu qo‘yni uyimga olib boring! Meni zarur ishlarim bor. Ulgurmay qolaman, - dedi.

Og‘aynisi qo‘yni olib do‘stining uyi tomon ketdi. Manzilga yetganda do‘stining uyi bilan qo‘shnisini uyi juda o‘xshash bo‘lgani uchun adashtirib va Allohning hikmati bilan qo‘shnisini uyiga qo‘yni tashlab ketdi. Xayolidan ko‘tarilib, jonliq kimniki ekanligini aytmasdan jo‘nab ketdi.

U qo‘yni bergan manzil ahli juda faqir yashashardi.
- Ey Alloh, qaysidir solih kishining qalbiga solibdi - da, bizga ehson qilibdi, - deyishdi.

Qo‘y egasining ayoli qo‘shnilarini ko‘rib:
- Tovba, bularning o‘zi bir ahvolda yashashsa, qo‘yga qayerdan pul topishdi ekan, - dedi.

Kech tushdi. Oila boshlig‘i ishdan qaytdi. Farzandlari, ayoli uni odatdagiday kutib olishdi. Uyda qurbonlik shukuhi yo‘q edi.

Ayolidan:
- Do‘stim qo‘y olib kelishi kerak edi, bugun sotib olgandim, qani? - deb so‘radi.
Ayoli:
- Ha, aytdim - a-a-a? Qo‘shnilarimiz qo‘y olganlarini ko‘rdim, do‘stingiz o‘shalarga tashlab ketibdilar - da! Boring, xo‘jayin, qo‘yimizni keltiring! - dedi.
- Qo‘ysang - chi, xotin! Ularning farzandalari rosa suyunishgandir. Men qanday qilib ularning quvonchini tortib olay? - dedi.

Ertasi kuni tong otishi bilan u kishi yana bozorga bordi. Qarasa, bir sotuvchi qo‘ylarini joylashtirayotgan ekan.
- Ey Allohim, zora shu kishining birinchi xaridori bo‘lay - da, menga arzonroqqa yaxshiroq qo‘y bersa, - deb sekin bora boshladi.

Uni oldiga kelganida bilasizmi sotuvchi nima dedi?
- Yo‘lda kelayotganimda qo‘ylarim bilan baxtsiz hodisaga uchradik. Allohga shukur, men ham, jonivorlarim ham omon qoldik. Salomat qolganimizning shukronasiga Alloh uchun birinchi kelgan xaridorga eng yaxshi qo‘yimni bepul berishga nazr qildim. Qani birodar, tanlang! Istaganingizni oling! - dedi.

Hali kishi:
- Subhanalloh, Allohim, bunchalar Mehribonsan, - dedi.

Ummu Abdulloh tarjimasi

XULOSA:
«Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur»
(📔 Taloq:2-3 oyatlar)

@falsafasi_hayot 🍃
🌿💔...

"Ishqilib, eson-omon uyga kirib olay...
Tinchlik boʻlsin-da!" Har gal qizlik uyidan qaytarkan, ana shunday hadik va xavotir uni chulgʻab oladi.
Uydagilarning, erining kayfiyati qanday ekan, bir muammo chiqmasmikin, degan xayollar uni yoʻl bo'yi ta'qib qiladi. Ostonaga qadam bosib, ichkariga kirguncha
qoʻrquvdan yurak hovuchlab turadi,
hayajondan nafasi bogʼziga tiqiladi...
"Quruq qoʻl bilan kirib bormasin", deb onasi bir togʼora somsa yopadi yoki tansiq taom tayyorlab, qo'liga tutqazadi. Otasi esa guzardagi do'kondan bolalariga yeguliklar,
shirinliklar olib keladi. Kiyim-kechak
solingan bitta sumka bilan kelib, paket-paket narsa bilan kelinlik uyiga qaytadi. Ammo hech kim "otang, onang qanday ekan?", deb nomiga bo'lsa ham ko'ngil so'ramaydi. Shunda bu xonadon uchun haliyam begona ekanini, ularning oila a'zosi bo'lolmaganini his qilib, oʻkinadi..

@falsafasi_hayot 🍃
🌸 Ayol - sovqotmasa ham, “Sovqotmadingmi?” degan issiq mehrga muhtoj, chunki u mehrga tashna qilib yaratilgan.

🌺 Ayol — och bo’lmasa ham “Ochqamadingmi”-degan daldaga muhtoj, chunki u yarimta qilib yaratilgan.

🌸 Ayol — qiynalmasa ham “Qiynalmayabsanmi” degan etiborga muhtoj, chunki u zaifa qilib yaratilgan.

🌺 Ayol — puli bo’lsa ham “Pulga ehtyojing bormi “ degan tasalliga muhtoj, chunki u ojiza qilib yaratilgan.

🌸 Ayol — charchamasa ham “ Charchamadingmi” degan toğdek suyanchiqqa muhtoj, chunki u kuchsiz qilib yaratilgan.

🌺 Ayol — yilda bir bo’lsa ham besabab kichkinagina hadyangizga muhtoj, chunki u zebu-ziynatga o’ch qilib yaratilgan.

🌸 Ayolingiz nech yosh bo’lishidan qat’iy nazar doim sizning kuchli mehringiz,sevgingizga, shavqatingizga, daldalaringizga, erkalashlaringizga muhtojligicha qolaveradi, Chunki u Mukarram qilib yaratilgan...

© Osiyo Abdulazim qizi

@falsafasi_hayot 🍃
2025/06/27 23:47:30
Back to Top
HTML Embed Code: