Telegram Web Link
🌿 Payg‘ambar alayhissalomning qizlari hazrati Fotima bir kuni kasal bo‘lib qoldi. Negadir ko‘ngli anor tusadi. Buni eri - hazrati Aliga aytdi. Hazrati Ali bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetdi.

Bozordan qaytayotsalar, yo‘lda tilanchi uchrab, qo‘llaridagi anorni so‘radi. Iymon va hayolari qo‘ymay, anorni ikkiga bo‘lib, yarmini gadoga berdilar. Tilanchi xursand bo‘ldi. Uyga kelib, hazrati Ali anorning yarmini ayollariga berdilar va uzr so‘radilar. Hazrati Fotima uzrni qabul qilib:

- Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ajr-mukofot bersin, - dedi.
Oradan hech qancha fursat o‘tmagan ham ediki, eshik taqillab qoldi. Hazrati Ali ochib qarasalar, eshik oldida Salmon Forsiy turibdilar. Qo‘llaridagi idishda to‘qqiz dona anor.

- Bu anorlarni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam berib yubordilar, - dedilar Salmon.

- Bo‘lishi mumkin emas, agar Rasululloh berib yuborganlarida o‘n dona bo‘lishi kerak edi. Chunki Alloh bir yaxshilikka o‘n yaxshilik beriladi, degan.

Shunda Salmon Forsiy cho‘ntaklaridan o‘ninchi anorni chiqarib:

- Barakot uchun olib qolgan edim, - dedilar.

@falsafasi_hayot 🍃
😢6837👍16🔥8
🌿 Munisa betob bo‘lib qoldi.... Ikki qavatli uyini, hovli joylarini chinnidek qilib tozalab o‘tirar, ozoda uylarida ko‘ngli yozilardi...
Ayol hali kelin olmagan, o‘zi esa ellikni qoralab qolgandi.

Bemor bo‘ldi, uylari bir hafta qarovsiz bo‘lib qoldi. O‘zi bir ishga yaramas, ammo atrofdagi tartibsizlikni ko‘rib bezovta bo‘layotgan edi. Ham davlat ishida ishlab, ham uyini orasta qilib qilib, yugurib yurgan odamning yotib qolishi yomon bo‘larkan.

Kechasi yaxshi uxlolmadi. Ertalab turmush o‘rtog‘idan mardikor bozordan bir kunga ikkita ayolni olib kelib berishini so‘radi.

Biri o‘zi tengi, biri ancha yosh ayollar kelib hovli-joyning kattaligini ko‘rib, "Ikki yuz ellik ming kam, bu yerda ish ko‘p ekan!" deb turib oldi. Munisa yana ellik ming qo‘shdi.
Ishlash uchun kelgan hasharchilar uch yuz mingga ham rozi bo‘lmay, ketib qoldilar.

Munisa o‘rniga behol cho‘zilar ekan, lablari bemajol pichirdadi.
"Bir kunlik uy tozalaganim haqi uch yuz mingdan qimmat ekan, yana Davlat ishida ham ishlab pul topdim, uchta o‘g‘il tug‘dim, o‘zimning narximni mana shu ayol aytmaguncha bilmabman-a?"

Siz-chi, qadrdonim, siz bilasizmi, o‘zbek ayolining bahosi qancha?

— Feruza Salxodjayeva

@falsafasi_hayot 🍃
😢4423🕊4👍3

🌿 Goʻzal gumon...

Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.

Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.

Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!

Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.

🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.

Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!

Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!

Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:

U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!

Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂

@falsafasi_hayot 🕊
67❤‍🔥10👍10💯6😢4🕊3👏1
🌿 Chori tog‘amni ko‘chada ko‘rib qolsam nuqul qitmirlik qilardim.

-Qidirib ke!-desalar,

-Garangmasman, adresingizni bilaman!-derdim...😃
-Choyga o‘t!-deb qolsalar,
-Go‘sht qovursangiz boraman, quruq choy ichishga o‘tmayman!-desam, rosa qotib kulib:
-Ha, endi borsang, majbur go‘sht ham qovuramizda?!-derdilar.

Hozir 94 yoshdan oshgan tog‘am!

Bir kuni onam:
-Chori tog‘angni mazasi yo‘q, oldiga o‘tib kel!-deb qoldilar.

Borsam bir ko‘rpa kasal, o‘lamanlab, hammani yig‘latib yotibdilar.

So‘rashgach, tog‘am:
-Ha, jiyan, mana manzilga yetgan ko‘rinaman! Otam, onam tushimga kirdi, endi ketsam kerak?!-dedilar xursinib...

Men esa:
-Qo‘ysangizchi tog‘a, hozir o‘lolmaysiz, bobom va momomga ayting chaqirmay turishsin!
Hovlingizni qarang, bolalaringiz eski uyingizni buzib, yangi uy solamiz deb beton qo‘yishgan!
Hamma joy chang, qurilish bo‘lib yotibdi!
Nima sizni azangizga kelganlar shu betonlarni ustiga o‘tirib, -Choriyam bechora bir xonagina uyda yashab ketgan ekanda, elda karillab yurardi!-deb ustingizdan kulib ketishini hoxlaysizmi?

Turingey, sharmanda qilmang, yotib olishini bu kishimni o‘lamanlab!
Qani go‘sht qovuraman deganlariz?-devdim, oriyati jo‘shib o‘tirib oldi!

Mazza qilib qovurilgan go‘shtni yeb, kulishib gaplashib o‘tirdik!

Uch oylardan so‘ng borsam, hovlisida hamma ustalarga aql o‘rgatib, uni bunday qilish kerak deb turgan ekan!

-E, tog‘a hormang, hormang! Assalomu-alaykum!-desam, alik olib:
-Seni gaping ta’sir qilib o‘lmadim! Mana qurilish qilib yotibman!-dedilar!

-Tag‘in uy bitdi, endi o‘lsam ham bo‘ladi deb qolmang, 100 yoshlik yubileyimni shu yangi uylarda qilaman deng tog‘a, Sherali Jo‘rayevni olib kelaman, jigitlik so‘zim!-desam qotib kulib,
-Sheraliyam mendan battardir! To‘ylarga jo‘rayappa!? - deydilar...😃😅

Yana go‘shtni qovurtirib, mehmon bo‘lib, qaytib keldim!

Yuz yoshni qoralayotgan tog‘amni umri uzun bo‘lsin iloyo...

Dildora Hasanova

@falsafasi_hayot 🍃
👍6330👏8❤‍🔥7🔥3
🌿 Mehr-muhabbat...

Bir yil avval internet tarmog‘ida tarqalgan chap tomondagi surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qalblarini larzaga solgan edi. Unda saratondan aziyat chekayotgan 2 yoshli bolakay va unga g‘amxo‘rlik qilayotgan opasi tasvirlangan.

O‘ng tomondagi suratga qarang.
Yaqinda e’lon qilingan videoda ularning onasi tomonidan dard ortda qolgani aytildi. Allohning mo‘jizasini ko‘ringki, kasalmand bolakay bir yil ichida kasallikni yengib, oyoqqa turib ketdi. Mehr-muhabbat har qanday dardga malham ekanini isbot qilgan opaning ko‘zlarida esa g‘alaba nashidasi barq urib turibdi.

@falsafasi_hayot 🍃
60😢20👍14🔥2👏2💔1
Bo’ydoq yigitning 2025-yilga rejalari:

1. Uylanish.
2. Xotin olish.
3. Turmush qurish.
4. Onamga kelin olib kelish.
5. Singlimga kelinoyi olib kelish.
6. Oilali bo'lish.
7. Nikohlanish.
8. Boshni ikkita qilish...

Ozgina Tabassum 🙃

@falsafasi_hayot 🍋
🤣11217😁16👍21💔1
🌿 Ka’bai muazzamaga o‘rnatilgan Hajarul asvad (qora tosh) aslida qora bo‘lmagan. U Jannatdan tushirilgan, sutdan ham oq bo‘lgan. Bu haqida hadis bor. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hajarul Asvad jannatdan sutdan ham oq bo‘lgan holida nozil bo‘lgan. Uni bani odamning gunohlari qoraytirgan», dedilar».

Qay bir gunohkor chin ixlos ila tavba qilib Hajarul Asvadni o‘psa yoki istilom qilsa uning gunohlari o‘sha toshga o‘tavergani sababli oppoq tosh qop-qoraga aylanib ketgan.

@falsafasi_hayot 🍃
61😢393
🌿 Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni masjidga kirsalar, Abu Umoma degan ansoriy sahoba o‘tirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Umoma, namoz vaqtidan boshqa paytda masjidda o‘tirganing boisi nima?» deb so‘radilar. «Ey Rasululloh, meni g‘am va qarz shu ahvolga solib qo‘ydi», dedilar. Shunda u zot: «Senga bir duoni o‘rgataymi? Ularni aytib yursang, Alloh g‘amingni ketkazib, qarzingdan xalos etadi. Agar tong otsa va kech kirsa:

اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالحَزَنِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ العَجْزِ وَالكَسَلِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْجُبْنِ وَالْبُخْلِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ وَقَهْرِ الرِّجَالِ

«Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ’ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g‘olabatid dayni va qohrir rijal»ni ayt»


(Allohim, Sening noming ila g‘am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan, qarz ezib qo‘yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb buyurdilar. Abu Umoma: «So‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlariga amal qildim. Alloh mening g‘am-g‘ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar».

Abu Dovud rivoyatlari.


@falsafasi_hayot 🍃
392👍2
🌿 Nolimang...

O‘limi aniq bo‘lsa ham hayotga tashna xastalarni ko‘rdim...

Ko‘zi ojiz bo‘lsa ham qalb ko‘zi ochiqlarni ko‘rdim...

Puli kam bo‘lsa ham shukri ko‘plarni ko‘rdim...

Dardi og‘ir bo‘lsa ham umidi borlarni ko‘rdim...

Hali uzoq davom etishim mumkin edi...

Tinch va xotirjammisiz, tanangiz sog‘ - omonmi nolimang, ne’matlarga nonko‘rlik qilmang...


@falsafasi_hayot 🍃
69🕊11😢4
🌱💰 Rizqni keng qiluvchi zikrlar...

1) لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ المَلِكُ الحَقُّ المُبِينِ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ صَادِقُ الوَعْدِ الأَمِينِ

"Laa Ilaha Illallohul Malikul haqqul mubiyn" 100 ta. 100 ta "Muhammadur Rasulullohi sodiqul va’dil amiyn" qo‘shiladi.

2) سبحان الله وبحمده ،سبحان الله العظيم أستغفر الله.

"Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil aziym, astag‘firulloh" 100 marta o‘qiladi.

Reaksiyalaringizni qoldiring va yaqinlaringizga yuboring ))

@falsafasi_hayot 🍃
101🐳5🔥3👍1
🌿 Sabr....

Ularning turmush qurganiga o'n bir yil bo'ldi. Ularning oilasi juda ham ahil! Lekin olloh ularga farzand bermadi... Bir kuni er ishdan chiqib ulfatlari bilan ichdi. Ulfatlar unga mast holda juda ko'p gaplarni aytdilar.
-Qo'y u xotiningni, sen ham bizlarga o'xshab farzand o'stirishni xoxlaysanmi o'zi?
Bu gaplardan qattiq jahli chiqqan er uyiga keldi. Ayoli ham uning kelishini intizorlik bilan kutayotgan edi. Er uyiga kelishi bilan umrida bir marta ham qo'l ko'tarmagan ayoliga qo'l ko'tarib, qattiq do'pposladi. Uydagi shovqinni eshitgan qo'shnilar kelishdi. Ayolning ahvolini ko'rgan qo'shnilar tez yordam chaqirishdi. Ertasi kuni tongda bo'lib o'tgan ishlardan xabar topib er ayolini ko'rish uchun shifohonaga keldi. Ayoli ma'yus kulimsirab ko'zida yosh bilan eriga qaradi.
- Kecha siz ishdaligingizda doktorga borgandim. Sizga bir yangilik aytish uchun ishdan kelishingizni intizorlik bilan kutgandim. Kechagi yangilik endi yo'q! Afsus....
Ayol tinmasdan yig'lardi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢102💔1911🕊8
Yoshim oltmishdan oshdi. Bugun ota-onamning oldilarida tunashga qolgandim. Ertalab tursam onam tuflimni isitgich oldiga toblab qo‘yibdilar. Ko‘zimga yosh keldi..
Alloh ota-onalarimizni yaxshilik ila mukofotlasin!

- Abdulloh Muslih Murih

@falsafasi_hayot 🍃
76😢29👍5😭2
🌿 Ko‘rinishidan boy bo‘lgan yigit keksa yoshli bir MISKIN kishidan:
—- Tuxumingiz necha pul..? - deb so‘radi.
U:
—- Bir donasi besh yuz so‘m, - dedi.
Yigit:
—- 2000 so‘mga 6 ta berasizmi..? Yoki ketaveraymi...? - dedi.
Qariya:
—- Olavering, men bugun hali hech narsa sotganim yo‘q. Mayli, bugun shunday bo‘lsa ham savdoyimni boshlab olay. Oxirgi vaqtlarda judayam kam sota olyapman, - dedi...
... Yigit 1000 so‘m FOYDA qilganidan xuddi katta sovg‘ani qo‘lga kiritgandek xursand bo‘ldi...
Sal nariroqdagi qimmatbaho mashinasiga o‘tirdi. Do‘stlari bilan choyxonaga borishga kelishishdi...
Har doimgidek go‘sht ortidan osh buyurtirishdi. Ulardan yeyilmay qolib ketgani ham bo‘ldi (har galgidek).
Choyxona xodimlari buyurtma hisobini keltirishdi. Hammaga taqsimlanganda 45 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.
Yigit 50 ming berib, qaytimi kerakmasligini aytdi...
Bu voqea choyxona uchun oddiy hol bo‘lsa - da, FAQIR keksa kishi uchun alamlidir...
U yigit qariyadan 1000 so‘mni qizg‘ondi... Yeb - yemagan, yeb tugata olmagan taomi uchun 50 ming so‘mni shundoq berib yubordi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢66😭2812🌚1
🌿 Kel... (Ozgina tabassum 🙃)

Menga napalyonlar, medoviklar, shirin manti-xonimlar pishirib berish uchun kel. (Fast foodlar me'damga urib ketdi)

Har kuni "Kelyapsizmi, nechida kelasiz, nima ovqat qilay" deb telefon qilishing uchun kel. (Bezor qilib yuborsang ham mayli)

Uchlik pampers obkeling, kasha kerak, non tugadi, pul tashlab bering deb sms yozish uchun kel. (Uzundan uzun sevgi maktublari shart emas, shular o'zi kifoya)

Ishdan kelishimni intizor kutib, ketishimda "Yaxshi borib keling" deyishing uchun kel. (Shu nigohlarni ko'rish, mana shu gaplarni eshitish uchun har kuni ishga borishga tayyorman)

Ko'ylak olaman pul bering, salonga boraman pul bering, oyoq kiyim oldim pul bering... Shu seni xursand qilsa, berganim bo'lsin, faqat kel... (So'z beraman, bir so'm ham qoldirmay ishlatsang ham baqirmayman)

✍️ Hubbuna


@falsafasi_hayot 🍃
82😁39🔥8❤‍🔥7🤗6👏3🕊2😍2🌚1
🌿 Qog‘ozdagi yozuv:

"Aziz birodarim, agar puling bo‘lmasa, aslo xijolat bo‘lma, oilangni yeguliksiz qoldirma. Marhamat, narsalarimdan farzandlaring uchun qancha ehtiyojing bo‘lsa, o‘shancha olaver. Zero, mening rizqim ham, sening rizqing ham Allohning zimmasida!"

@falsafasi_hayot 🕊
94👍16👏3🕊1
🌿 Usmoniylar davrida qishning sovuq kunlarining birida, bir kishi derazadan tashqarini tamosha qilayotib, sut-qatiq sotuvchining ovozini eshitib, xotiniga debdi:
- Sut-qatiq olaylikmi onasi?
- Xamma narsa bor, sut-qatiqqa extiyojimiz yo‘q.
- Bizni extiyojimiz bo‘lmasa, sut-qatiqchining extiyoji bor. Bu sovuqda bu ko‘chadan uchinchi bor o‘tishi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢6722👍10🔥72
🍂 Hiyonat...
Ahmoqgarchilik! 

Arzimas narsa uchun qimmatli qurbonlik berish desa ham boʻladi. Choʻntagingizda olmosingiz boru xayolingizni koʻmir oʻgʻirlagandek (aslida ikkisining ham asliyati bir uglerod va vodorod, faqat avvalgisini qiymatini sizdan boʻlak hamma biladi)
   
Vaqtlar kelib anglaysiz: xiyonat bu yaqiningizga qilgan sotqinligingiz  emas, bu aslida oʻz- oʻzingizga qilgan eng yomon ishingiz...
   
Shu xatodan - Oʻzi bizni asrasin!

©️Azizaxon Ismoilova

@falsafasi_hayot 🍃
👍4120💯9👏4😢3🔥21
🌿 Bu qo‘l – ochlikdan adoyi tamom bo‘lgan afrikalik bolakayning qo‘li...

Nonlarni mog‘orlatib, axlatga otadiganlar; “ikki kundan beri bir xil ovqat yediryapsan”, deya xotiniga baqiradigan erkaklar; eri topib kelgan rizqni yoqtirmay, burun jiyiradigan xotinlar; oldiga qo‘yilgan ovqatni yemay, injiqlik qiladigan bolalar; hashamatli restoranlarda bir kosa ovqat uchun o‘n kosa ovqatning pulini to‘laydigan «badavlat»lar; ko‘rayotgan kuniga shukr etmay, isyon etadiganlar; o‘ziga berilganidan yanayam ko‘prog‘ini istaydiganlar shu suratga boqsinlar-da, o‘zlarining naqadar noshukr ekanlarini anglasinlar.
Bu qo‘l – barcha insonlarga bir dars, bir ibratdir...

@falsafasi_hayot 🍃
😢8229👍5🔥1🌚1
🌿 Bu odam dunyoning eng buyuk shaxslaridan biri!

Bu insonning qilgan xayrli ishlarining hisobini yolg‘iz Alloh biladi. Ammo biz ulardan ba’zi namunalarni keltiramiz:

🍃 Afrika qit’asida Islom dinini yoyish uchun qilgan 29 yillik davomli xizmatlari natijasida qo‘lida 11.200.000 dan ortiq odam musulmon bo‘lgan.

🍃 Xayoti davomida 5700 ga yaqin masjd bino qilgan.

🍃 U odam 15000 yetimni o‘z qaramog‘iga olgan.

🍃 Afrika bo‘ylab 9500ga yaqin artizan qudug‘i qazdirgan.

🍃 860 madrasa qurdirgan.

🍃 4 ta universitet ochgan.

🍃 204 ta islomiy markaz ochgan.

🍃 124 ta shifoxona, tibbiy markaz qurgan.

🍃 840 ta qorixona barpo qilgan.

🍃 95000 tolibi ilmni maosh bilan taminlagan.
🍃 6.000.000 nusxa Qur’oni Karimni chop qildirib, yangi musulmon bo‘lganlarga tarqatgan.

🍃40 qa yaqin davlatda iftorliklar uyushtirib, milliondan ortiq ro‘zadorlarga xizmat ko‘rsatgan.

Bilasizmi bu odam kim?
U kuvaytlik Abdurrahmon Sumayt! Alloh u kishining xayrli amallari savobini ziyoda qilsin!

@falsafasi_hayot 🍃
102👏21❤‍🔥12👍71🕊1

🌿 Goʻzal gumon...

Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.

Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.

Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!

Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.

🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.

Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!

Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!

Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:

U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!

Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂

@falsafasi_hayot 🕊
70💯16🕊31👍1😁1
2025/07/13 18:44:09
Back to Top
HTML Embed Code: