Davlat xizmatlari markazlarida yurtdoshlarimizga issiq choy va kofe ulashilib, fuqarolar oʻz manzillariga yetkazib qoʻyilmoqda
👉 Fargʻona viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlariga tashrif buyurgan vatandoshlarimizga davlat xizmatchilari issiq choy va kofe, shirinliklar ulashmoqda.
👉Shu bilan birga, DXM ga yaqin hududda boʻlsalar fuqarolarimizning markaz ichkarisiga kirib isinib olishlariga imkoniyatlar yaratilgan. Eʼtiborlisi, xomilador ayollar, nogironligi bor fuqarolar oʻz manzillariga beminnat yetkazilyapti.
‼️ Diqqat qiling! Davlat xizmatlarini olishda onlayn ravishda xonadonning oʻzida my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali ham elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligini eslatib oʻtamiz.
https://www.tg-me.com/adliya_fargona
#Eslatma #Bu_muhim

⚡️2010 йилгача олинган "права"ни янгисига алмаштириш охирги муддати — 31 март

Эски намунадаги барча миллий ҳайдовчилик гувоҳномалари ва автомототранспорт рўйхатдан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳномаларни мажбурий алмаштириш муддати қуйидагича:

• 2010 йилгача бўлган даврда берилганлари – 2023 йил 31 мартгача;
• 2010 – 2012 йилларда берилганлари – 2023 йил 30 июнгача;
• 2013 – 2015 йилларда берилганлари – 2023 йил 30 сентябргача;
• 2015 йилдан кейин берилганлари – 2023 йил 31 декабргача.

Юқоридаги муддатларгача алмаштирилмаган гувоҳномалар ҳақиқий эмас деб ҳисобланади.

Ҳайдовчилик гувоҳномасини алмаштириш муддати етиб келишини кутмасдан, олдиндан ҳаракат қилиш тавсия этилади.

📑Албатта, яқинларингиз билан фойдали маълумотни ўртоқлашишни унутманг!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlariga tashrif buyurgan vatandoshlarimizga davlat xizmatchilari issiq choy va kofe, shirinliklar ulashmoqda.

👉Diqqat qiling! Davlat xizmatlarini olishda onlayn ravishda xonadonning oʻzida my.gov.uz (http://my.gov.uz/), license.gov.uz (http://license.gov.uz/) hamda new.birdarcha.uz (http://new.birdarcha.uz/) portallari orqali ham elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligini eslatib oʻtamiz.

https://www.tg-me.com/fardavxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya boshqarmasi va 7 ta DXM binolariga quyosh elektr panellari oʻrnatildi

👉Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining maʼmuriy binosiga hamda 7 ta DXM binolariga jami 185 kVt.soat quvvatga ega quyosh elektr panellari oʻrnatildi. Bular: Fargʻona va Margʻilon shahar, Fargʻona, Dangʻara, Furqat, Toshloq, Beshariq tumanlari

👉Boshqarma va 4 ta DXM binolariga (Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq tumani) hajmi 1000 litr boʻlgan 5 ta quyosh suv isitkichlari – geokollektorlar oʻrnatildi.

👉Ushbu quyosh panellari bir yilda 387,9 ming kVt. soat elektr energiya manbai ishlab chiqarishi, yillik 310 million soʻmdan ortiq mablagʻni tejash imkonini beradi.

https://www.tg-me.com/adliya_fargona
МУНОСАБАТ

Адлия вазирлигининг "Адлия билан мулоқот" фейсбук каналида фуқаро Нодиржон Тошканов истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамияти аъзолик бадалини ўтказишга тузилган шартномани бюрократик тўсиқлар, деб атаганлиги юзасидан Фарғона вилоят адлия бошқармаси қуйидаги муносабатни билдиради.

Фарғона шаҳар тиббиёт бирлашмаси ва Фарғона шаҳар истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамияти ўртасида тузилаётган аъзолик шартномаси лойиҳаси бўйича Фарғона вилояти адлия бошқармаси қуйидагиларни маълум қилади.
Фарғона шаҳар юридик маркази томонидан мазкур шартнома қуйидаги асосларга кўра қонунчиликка номувофиқ бўлганлиги сабабли рад этилган.
Биринчидан, ушбу шартномани тузиш юзасидан илова қилинган ходимнинг ёзма розилиги 2022 йилги шартномага оид бўлганлиги сабабли янги шартномавий муносабатларни вужудга келиши учун ходимлар билан ёзма келишув қилиниши зарур.
Фуқаролик кодексининг 354-моддасига асосан фуқаролар ва юридик шахслар шартнома тузишда эркиндирлар ҳамда Меҳнат кодексининг
164-моддасига асосан меҳнат ҳақидан ушлаб қолиш умумий қоидага кўра, ходимнинг ёзма розилиги билан, бундай розилик бўлмаган тақдирда эса, — суднинг қарорига асосан амалга оширилиши мумкин.
Иккинчидан, Фуқаролик кодексининг 129-моддасига асосан ишончномага, қонунга, суд қарорига ёки вакил қилинган давлат органининг ҳужжатига асосланган ваколат билан бир шахс (вакил) томонидан бошқа шахс (ваколат берувчи) номидан тузилган битим ваколат берувчига нисбатан фуқаролик ҳуқуқ ва мажбуриятларини бевосита вужудга келтиради, ўзгартиради ва бекор қилади.
Мазкур шартнома лойиҳасида ташкилот раҳбари меҳнат жамоасининг вакили сифатида шартномани имзолаши назарда тутилган, бироқ Меҳнат кодексида ҳамда туман (шаҳар) тиббиёт бирлашмаси тўғрисидаги низомда ходимларнинг номидан шартномалар тузиши назарда тутилмаган.
Учинчидан, Фарғона шаҳар истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамияти ижро этувчи аппарати ва шаҳар тиббиёт бирлашмаси ўртасида 2022 йил 24 май куни тузилган шартнома мавжуд бўлиб, унинг муддати бир йил этиб белгиланган ҳамда ушбу шартнома тарафлар томонидан бекор қилинмаган.
Мазкур кодексга асосан, Қонунда ёки шартномада шартноманинг амал қилиш муддати тугаши тарафларнинг шартнома бўйича мажбуриятлари бекор бўлишига олиб келади, яъни шартноманинг амал қилиш муддати тугаши тарафларнинг шартнома бўйича мажбуриятлари бекор бўлишига олиб келади.
Фуқаролик кодексининг 382-моддасига асосан агар ушбу Кодексда, бошқа қонунларда ёки шартномада бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, шартнома тарафларнинг келишувига мувофиқ ўзгартирилиши ва бекор қилиниши мумкин.
Шунга кўра, янги шартнома тузиш учун аввалги шартнома бекор қилиниши ва шундан сўнг ҳар бир истеъмолчи билан алоҳида янги шартномалар тузиш мақсадга мувофиқ бўлади.
#Bilasizmi

🔰 Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

▶️ Mazkur shaxslar soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

📝 Roʻyxatdan oʻtish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Roʻyxatdan oʻtgan shaxsga QR-kodli maʼlumotnoma beriladi.

❗️Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromad soligʻi toʻlamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming soʻm) ijtimoiy soliq toʻlaydi.

📁 Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga koʻra enaga sifatida 16 yoshdan shugʻullanish mumkinligi belgilangan.

https://www.tg-me.com/adliya_fargona
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Адлия органлари фаолиятидаги ислоҳотлар самараси
#18feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Bilasizmi

❗️Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

Batafsil infografikada👆

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Instagram I Web-site
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan:

▫️2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;
▫️1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
▫️550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.

🔰Shuningdek, 2023-yilda:

🔹davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;
🔹20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
🔹jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;
🔹37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
🔹foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;
🔹hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;
🔹5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari koʻmir bilan isitiladi.

🗓 2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.

➡️ Qarorga koʻra shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Instagram I Web-site
#Bilasizmi

🔰 Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

▶️ Mazkur shaxslar soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

📝 Roʻyxatdan oʻtish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Roʻyxatdan oʻtgan shaxsga QR-kodli maʼlumotnoma beriladi.

❗️Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromad soligʻi toʻlamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming soʻm) ijtimoiy soliq toʻlaydi.

📁 Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga koʻra enaga sifatida 16 yoshdan shugʻullanish mumkinligi belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Instagram I Web-site
MUNOSABAT

👉Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Fargʻona shahar Davlat Xizmatlari Markazidagi soatlab kutishlar kunda kelib turib-turib ish bitmay ketishlar tugaydimi yoʻqmi?” video murojaatida fuqaro tomonidan Fargʻona shahridagi Davlat xizmatlari markazi orqali eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangisiga almashtirish va boshqa xizmatlar uchun arizalar qabul qilishda navbatlar juda koʻpligi bayon qilingan.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mavjud vaziyat oʻrganilganda tizimda nosozliklar yuzaga kelmaganligi va shahar DXM bir maromda, barqaror ishlayotganiligi maʼlum boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, fuqaroning markazga kelishga vaqti boʻlmagan holatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirish va boshqa xizmatlar uchun onlayn ariza yuborish yoki onlayn navbat olish imkoniyati mavjud ekanligi eslatib oʻtiladi.

‼️Shu bilan birga, yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun toʻlovni elektron tarzda amalga oshirish ham mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning taloni, bazaviy hisoblash miqdorining 70 % miqdoridagi toʻlov kifoya.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi
https://www.tg-me.com/fardavxizmat
#Ijtimoiy_aksiya

📁 Quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladi:

🔹 kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironlar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va muassasalarning bosh vrachlari, ularning o‘rinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, gospitallarning boshliqlari, internat uylarning direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;

🔹fuqarolar O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi kemalarda suzib yurganda kema kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;

🔹qidiruv ekspeditsiyalaridagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

🔹harbiy xizmatchilarning komandirlar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

🔹ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

🔹notarius bo‘lmagan hududda notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Instagram I Web-site
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari (Dilfuza Ismoilova)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔻"Kontrafaktsiz oy" oyligini o‘tkazishdan maqsad nima?
🔻Oylik davomida qanday ishlar amalga oshiriladi?
🔻Kutilayotgan natijalar qanday?

☑️Mutaxassisimiz ushbu savollarga "Poytaxt intervyu" dasturida javob berdi.

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona viloyatida Adliya,FHDY boʻlimlari, DXM va Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari bir binoga joylashtirilmoqda.

👉Bu tashabbus ilk bor viloyatning Furqat, Rishton, Fargʻona tumanlari hamda Quvasoy shahridagi Davlat xizmatlari markazlari binosida joriy etildi.

👉Fuqarolar va tadbirkorlar uchun bu amaliyot keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratmoqda.

https://www.tg-me.com/fardavxizmat
2024/05/14 21:01:26
Back to Top
HTML Embed Code: