Telegram Web Link
Buyuk matematik xotirasiga bag‘ishlab!

Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida mashhur matematik olim, akademik Sa’di Hasanovich Sirojiddinov tavalludining 105 yilligi munosabati bilan "Axborot daqiqasi" bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida olimning boy hayoti, ilmiy izlanishlari va matematikaga qo‘shgan bebaho hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Uning ilm-fanga sadoqati va Vatan ravnaqiga qo‘shgan hissasi yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabidir.


📖 Shuningdek, "Sa’di Sirojiddinov — buyuk matematik va jamoat arbobi" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda olimning asarlari, ilmiy maqolalari hamda u haqidagi ilmiy-adabiy manbalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

🔍 Tadbir doirasida kitobxonlar ishtirokida qiziqarli matematik savol-javob ham o‘tkazildi. Kitobxonlar faollik bilan ishtirok etishdi, bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.


📌 Bunday tadbirlar yoshlarda ilmga mehr, bilimga intilish va matematik tafakkur asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi!
🔥70👍67🤩67👏60🥰59🎉5650
☄️☄️☄️“Kitobxon davlat xizmatchisi” IYUN oyi mutolaasi uchun tavisya etadi:

☄️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali hamda Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Mo‘minov Boburbek Xolmatovich bilan hamkorlikda iyun oyi uchun Toxir Malikning "Odamiylik mulki" kitobini tavsiya etadi.

Savollarga javob bering va qimmatbaho sovg’aga ega bo’ling
!

🔜Iyun oyi yakunida kitob mazmuni bo'yicha onlayn sinov bo'lib o'tadi va g'olib tez muddatda savollarga eng ko'p javob topganligi bo'yicha aniqlanadi!

📌📌📌 Keyingi qimmatbaho sovg'alar egasi aynan SIZ bo'lishingiz mumkin!
Mutolaani boshladik!

Каnalga obuna bo'lish uchun  🛫 @Ferganaargos
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩115🔥71🎉54👍24👏2120🥰17
Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi — OAV nigohida!


🔎 Kutubxonamiz faoliyati haqida 2025-yil davomida turli ommaviy axborot vositalarida yoritilgan lavhalarni bir joyga jamladik!

Barchasini endi qulay va bir sahifada ko‘rishingiz mumkin:

👉 Barcha OAV chiqishlari bu yerda👈

📌 Bu to‘plam orqali siz:
Kutubxona faoliyati haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lasiz;
Yangiliklar va dolzarb voqealardan xabardor bo‘lasiz;
Kutubxonamizning OAV bilan hamkorligining natijalarini ko‘rasiz.


📚 Axborot — barcha uchun ochiq!

👁‍🗨 Tomosha qiling, baho bering va fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing!
180🔥96🎉10🥰7👍5👏3🤩2
#Sahifalar_sadosi
#Kutubxonadagi_javohir

Ne xushki, jahondin kechib, ketgaysen,
Manzilga pushaymonsiz agar yetgaysen.
Har nechaki aylasang – bugun aylagin ado,
Chun ertaga notavon bo‘lib, netgaysen...


Bu kichikgina to‘rtlikda ulug‘ ma’no mujassam! 🕊️

Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub ushbu nafis she’riy to‘plam kutubxonamiz fondidan joy olgan bebaho durdona to‘plamlardan biridir.

Agar siz ham qalbingizga ruhiy ozuqa, tafakkuringizga nur bag‘ishlaydigan she’riyatni izlayotgan bo‘lsangiz — kutubxonamiz sizni kutmoqda!
👍51🔥4910🥰7👏6❤‍🔥1🎉1
Diqqat, kutubxonamiz speaking сlubi ishtirokchilari!

Ertaga, 19-iyun kuni soat 14:00 da kutubxonamizda "Selling Process" mavzusida navbatdagi qiziqarli mashg‘ulot bo‘lib o‘tadi!

💼 Savdo jarayonining bosqichlari, mijoz bilan muloqot sir-asrorlari va ingliz tilida ishbilarmonlik nutqini rivojlantirish — barchasi siz uchun!

🎯 Agar ingliz tilida sotuv va kommunikatsiya ko‘nikmalaringizni mustahkamlashni istasangiz — ayni fursat!

📍 Manzil: Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi
Sana: 19-iyun | Soat: 14:00


💬 Kelishni unutmang — bilim va tajriba sizni kutmoqda!
👏219🥰7017🔥4👍2🎄2🎉1🤩1
🔬 Ilmiy fidoyilik va buyuk meros – Orifov Ubay Orifovich xotirasiga bag‘ishlab


Bugun kutubxonamizda O‘zbekiston ilm-fan olamining yirik siymosi – fizika-matematika fanlari doktori, akademik, professor Orifov Ubay Orifovich hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan unutilmas “Axborot daqiqasi” bo‘lib o‘tdi.

🔹 Akademikning fundamental ilmiy ishlari va O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi xususida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
🔹 “Ilm – kelajak kaliti” shiori ostida boy kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
🔹 Kitobxonlar bilan ochiq muloqot va fikr almashinuvi, savol-javoblar orqali olimning fidokorlik namunasi yana bir bor yodga olindi.


💡 Orifov Ubay Orifovich – bu nafaqat kashfiyotlar muallifi, balki minglab yoshlarga ilmiy tafakkur, izlanish ruhi va orzu qilish jasoratini singdirgan ustoz!

👉 Uning hayoti va merosi biz uchun eng katta motivatsiya, yuksak maqsadlarga intilish ramzidir!
🤩69👍68🔥6559👏54🎉53🥰50
"Oromgohdagi kitob mo‘jizalari: bilim va zavq uyg‘unligi"


Kutubxonamiz mutaxassislari tomonidan Farg‘ona shahridagi 13-umumta’lim maktabining yozgi bolalar oromgohida kitobsevar o‘quvchilar uchun qiziqarli viktorina tashkil etildi.


Mazkur viktorina orqali bolalarda tafakkur, tasavvur, nutq hamda tahlil qilish va fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan bo‘lib, bolalar o‘zlari sevib o‘qigan yozuvchilarning asarlari asosida tuzilgan savollarga faol va aniq javob berishdi. Tadbir davomida o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi, kitobga bo‘lgan mehrlari yaqqol namoyon bo‘ldi.


Faol ishtirok etgan barcha kitobxon bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi va 13-umumta’lim maktabi o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

📖 Bu kabi tadbirlar bolalarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish va kelajakda bilimdon avlod yetishishiga xizmat qiladi!
👍32👏1
2025/07/14 21:55:52
Back to Top
HTML Embed Code: