Telegram Web Link
📚 Kutubxonachilik – zamon bilan hamnafas taraqqiyot sari yo‘l!


🔹 Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tomonidan navbatdagi metodik to‘garak bo‘lib o‘tmoqda.

📎 Ushbu mashg‘ulot “Aholiga nostatsionar kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, Zoom platformasi orqali onlayn va offlayn formatda o‘tkazilmoqda.

🎙 Mashg‘ulotni Ilmiy-metodik xizmat rahbari S. Kamilova hamda yetakchi mutaxassis X. Ashirmetova olib bormoqda. Amaliy tavsiyalar, ilg‘or yondashuvlar va tajriba almashinuvi orqali bu uchrashuv ishtirokchilarga katta bilim va mas'uliyat bag‘ishlamoqda.


📌 Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham ushbu metodik to‘garakda faol ishtirok etib, o‘z malakasini oshirmoqdalar.

🌟 Zamonaviy kutubxona — bu faqatgina kitob emas, balki yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va xalqimizga yaqin xizmat ko‘rsatish maskanidir.


📖 Biz doimiy o‘rganish, tajriba almashish va yangilik sari intilish tarafdorimiz!
🥰81🔥76🎉74🤩74👍73👏66541😢1
27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida axborot daqiqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida kitobxonlar jurnalistikaning jamiyatdagi o‘rni, haqiqatni yoritishdagi mas’uliyat va axborotning davlat taraqqiyotidagi o‘rni haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

“Feyk yoki haqiqat?”, “Sarlavha qo‘ying” va “Jurnalistik pazl” kabi interaktiv o‘yinlar orqali ishtirokchilar o‘z tafakkuri va tahliliy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazishdi.


Bu jarayon yoshlarda nafaqat bilim, balki axborotga ongli yondoshish, tanqidiy fikrlash va mas’uliyatli iste’molchi bo‘lish zarurligini his qildirdi.

Tadbirda faol qatnashgan kitobxonlar esa qiziqarli va foydali kitoblar bilan taqdirlandi!

Kutubxonamizda ana shunday bilimli va ongli avlodni shakllantirishga xizmat qiluvchi tadbirlar davom etadi!
👍5948🎉48🔥45🥰1👏1
#jarayon
#SPEAKING_CLUB

Ayni damda Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida Speaking clubning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tmoqda!

🗣 Bugungi suhbatlar — yangi so‘zlar, yangi do‘stlar va yangi fikrlar manbai!

Ishtirokchilar ingliz tilida erkin muloqot qilish, fikr almashish va kommunikatsiya ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.

🌍 Har bir ishtirokchi bugun o‘z ustida ishlayapti — til bilan emas, qalb bilan gaplashmoqda!

🚀 Speaking Club — bu shunchaki dars emas, bu o‘sish, ilhom va o‘z ustingda g‘alaba sari qadam!

📢 Biz bilan bo‘ling, biz bilan rivojlaning!
🔥9576🎉75🥰68👏68🤩63👍54
2025/07/14 00:36:57
Back to Top
HTML Embed Code: