Telegram Web Link
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Quvasoy shahridagi "Kimyogar" bolalar oromgohi bilan hamkorlikda dunyoga mashhur fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi hayoti va uning qiziqarli ijodiy yo‘li haqida bolajonlarga ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida yozuvchining eng mashhur asari — “Kichkina shahzoda” qissasiga bag‘ishlangan booktrailer namoyish etildi. Ushbu asar asosida tuzilgan qiziqarli savollar oromgohdagi bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda ishtirok etgan bolalar uchun:
Kutubxona hamda oromgoh kutubxonasidan Antuan de Sent-Ekzyuperining eng sara asarlari tanlab olindi va o‘qish uchun tavsiya etildi.

📖 Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Quvasoy shahridagi "Kimyogar" bolalar oromgohi o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
🤩82🔥8076🎉75👏72👍60🥰55😇2
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat axborot-kutubxona markazlaridagi xizmat rahbarlari hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining 2025-yil birinchi yarim yillik yakunlariga bagʻishlangan hisoboti yigʻilishini oʻtkazish bo‘yicha 2025-yil 26-iyuldagi 52-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 2–3-iyul kunlari Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida hisobot yig‘ilishi tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda viloyat axborot-kutubxona markazining xizmat rahbarlari, sektor mudirlari hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari rahbarlari ishtirok etib, 2025-yilning birinchi yarim yillik yakunlari yuzasidan o‘z hisobotlarini taqdim etdilar.

Tinglangan hisobotlar asosida maxsus komissiya tuzilib, ularning yarim yillikdagi faoliyatlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar belgilandi.
👏93🔥89🤩89🥰87👍83🎉7875💯1
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Farg‘onaazot” AJda yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Yosh Kitobxon – 2025” ko‘rik-tanlovi yuksak saviyada o‘tkazildi.

Ishtirokchilar Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni”, Matluba Dehqon qizining “Sog‘inch” hamda Oybekning “Bolalik xotiralari” asarlari asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlov 3 bosqichli shartlar asosida tashkil etilib, unda jami 8 nafar ishtirokchi bellashdi. Har bir bosqich qiziqarli va fikrlar to‘qnashuviga boy tarzda o‘tdi.

Tanlovda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hakamlik qilib, baholash mezonlarining xolisligini ta’minladilar.

Tanlov yakunida quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
1-o‘rin: Sanitar laboratoriya xodimasi Rahmonova Gulrux
2-o‘rin: Aloqa sexi xodimasi Nomonjonova Feruzaxon
3-o‘rin: Markaziy kimyo laboratoriyasi xodimasi Abduraximova Oydina


G‘oliblar va sovrindorlar Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
👏88🎉24🥰12👍73🔥1
2025/07/09 22:10:59
Back to Top
HTML Embed Code: