Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat axborot-kutubxona markazlaridagi xizmat rahbarlari hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining 2025-yil birinchi yarim yillik yakunlariga bagʻishlangan hisoboti yigʻilishini oʻtkazish bo‘yicha 2025-yil 26-iyuldagi 52-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 2–3-iyul kunlari Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida hisobot yig‘ilishi tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilishda viloyat axborot-kutubxona markazining xizmat rahbarlari, sektor mudirlari hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari rahbarlari ishtirok etib, 2025-yilning birinchi yarim yillik yakunlari yuzasidan o‘z hisobotlarini taqdim etdilar.
Tinglangan hisobotlar asosida maxsus komissiya tuzilib, ularning yarim yillikdagi faoliyatlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar belgilandi.