Telegram Web Link
"Kutubxonada bir kun" – ma’naviyat sari qadam!

Bugun Farg‘ona avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi xodimlari “Davlat xizmatchisi – kutubxonada bir kun” loyihasi doirasida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida mehmon bo‘lishdi.

Dastlab, mehmonlar kutubxonamizga a’zo bo‘lishdi hamda mutaxassislar hamrohligida kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ular kutubxonaning boy tarixi, bugungi zamonaviy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida kutubxonaning kecha va bugungi holatini aks ettiruvchi video lavha, yozuvchi Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari asosida tayyorlangan booktrailer namoyishi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Eng quvonarlisi, boshqarma tomonidan kutubxona fondiga yangi kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Bu esa o‘quvchilarimiz uchun yana bir boy ma’naviy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kitob – tafakkur, ma’naviyat va taraqqiyot poydevoridir. Davlat xizmatchilarining kutubxonaga bo‘lgan qiziqishi va e’tibori – yosh avlod uchun eng go‘zal ibratdir!
2025/07/05 11:33:40
Back to Top
HTML Embed Code: