Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi
Bugun Farg‘ona tumani Log‘on mahallasida zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari Anvar Abdumuxtorov, viloyat tashkilot va idoralar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ramziy tasma qirqish bilan boshlanib, mehmonlar oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘quv xonalari, kutubxona, ma’naviyat xonasi, tibbiyot punktlari, to‘garaklar, oshxona, o‘yin maydonchalari va suzish havzasi kabi qulayliklar yoshlar uchun maxsus tashkil etilgan.

🥰67👏39🔥29🎉14❤13👍2🤩1
Farg‘ona viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari kutubxonamizda!
Bugun Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida mehmonlar kutubxonamizning tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy xizmat turlari va elektron resurslari bilan tanishdilar.
Kutubxonamiz fondidagi noyob asarlar, yangi adabiyotlar, ilmiy va badiiy manbalar, shuningdek, foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida kutubxonamiz muzey bo‘limi, elektron axborot resurslari zali, yoshlar va bolalar bo‘limlari, hamda ochiq kitob fondlari bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ishtirokchilarga kutubxonaning zamonaviy imkoniyatlari namoyish etildi.

👍4