Telegram Web Link
#OAV_biz_haqimizda

Rossiya davlatining «Вестник» jurnalining 2025-yil 1-sonida Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi direktor o‘rinbosari Batirova Lola Mahmudovnaning “Библиотека как место памяти: мужество узбекского народа в борьбе с врагом” mavzusidagi maqolasi chop etildi.
👍115🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atigi bir daqiqa — ammo hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.

Bu kutubxona bilim, ilhom va o‘sish makonidir.

Tomosha qiling, ilhom oling, qadam tashlang. G‘oyalaringizga hayot beramiz😎
11👍4🤩4❤‍🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kutubxona_OAV_nigohida

“Ma’rifat karvoni” doirasida viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan ma’rifat tadbiri tafsiloti
.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
🔥41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos Laziz Po‘latovich Qayumov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlanadi.
👍10
#Sahifalar_sadosi
#Kutubxonadagi_javohir

Qadimgi hakimlardan biri shogirdiga “aytganimga emas, aytmoqchi bo‘lganimga boq” degan ekan. Bu qaysi ma’noda aytilgan bo‘lmasin, alloma Ibn Sino pandlariga qaralsa, uning aytmoqchi bo‘lgan har bir fikr va andeshalari zo‘r ahamiyat kasb etadi, zero u insonning har yerda hamisha sog‘ bo‘lishini istaydi…

Kichkina, ammo chuqur ma’no bilan to‘la! Ushbu bebaho kitob – Ibn Sino hikmatlari to‘plami – bizning kutubxonamiz fondida mavjud. Bu durdona asar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, kutubxonamizga tashrif buyuring 🥰
🔥6👍31
Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 226 yilligiga bag‘ishlab adabiy tadbir tashkil etildi.

Pushkin — rus adabiyoti va madaniyatining yirik namoyondasi bo‘lib, u eng buyuk rus yozuvchisi sifatida e’tirof etiladi. Uning asarlari bugungi kunda ham millionlab kitobxonlar qalbidan joy olgan.

Tadbirda Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib, Pushkinning mashhur she’rlaridan parcha va satrlarni ifodali o‘qib, adabiy kechaga o‘ziga xos ruh bag‘ishladilar.

Shuningdek, ishtirokchilar Pushkin hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolikni tomosha qilib, shoirning bolaligi, sevimli mashg‘ulotlari, ustozlari va mehribon enagasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Ushbu adabiy tadbir yoshlar qalbida klassik adabiyotga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish, Pushkin ijodini chuqurroq anglash va uni hurmat qilishga xizmat qiladi.
👍7🔥2🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuchli inson tanlovi har doim boshqalarnikidan farq qiladi.

Butun dunyo “ko‘r”, “sur”, “layk bos” deb chaqirayotgan bir paytda...
U jimgina kitobni tanladi.

Bu tanlov – oddiy harakat emas, bu hayot falsafasi!
📖 Chunki haqiqiy kuch – bilimda, sabrda, o‘z ustida ishlashda🔥
6👍4🔥2😁2
"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Farg‘onada o‘tkazilgan gala-konsert doirasida Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari yoshlar bilan iliq va mazmunli suhbatlar uyushtirdi.

Suhbat davomida yoshlar bilan kitob o‘qishning inson tafakkuri, ma’naviy olami va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Kitob — bu insonning eng yaqin do‘sti, bilim manbai va kelajak yo‘lboshchisidir!
Tadbir davomida kutubxona xizmatlari, mavjud adabiyotlar va elektron resurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


📌 Yoshlarga ma'naviyatli hayot tarzini tanlashda kitobning kuchini eslatish — bizning asosiy vazifamiz!
👍51
2025/07/09 15:51:02
Back to Top
HTML Embed Code: