Telegram Web Link
"Ona va bola" klubida – milliy qadriyatlar bilan boyitilgan quvonchli kun!


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi huzuridagi "Ona va bola" klubining navbatdagi mashg‘uloti yana bir esda qolarli va mazmunli voqealarga boy bo‘ldi.


Bu safar kichkintoy mehmonlarimizga qadimiy urf-odatlarimiz – mehmon kutish va kuzatish, dasturxon atrofidagi odob-axloq, choy quyish va ovqatlanish qoidalari, tozalik va gigiyena sir-asrorlari o‘rgatildi. Barcha bilimlar o‘yinga boy tarzda, bolalarning qiziqishi va ishtiyoqini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib borildi.

Shuningdek, klub a’zolari o‘rtasida halqa aylantirish va shashka musobaqalari tashkil etildi. G‘olib bolajonlarga esa kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kelajak avlod – aqlli, odobli va mehribon bo‘lishi uchun bunday mashg‘ulot muhim qadam!
🔥6461🤩60👍57🥰55🎉52👏51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kutubxona_OAV_nigohida

«Dolzarb 90 kunlik» doirasidagi tadbirlar.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
53🥰46👍44🎉44🔥43🤩37👏36
E‘LON

Hurmatli kitobxonlar! 2025-yil 13-iyun juma kuni Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi server tizimlarida va avtomatlashtirilgan ish joylarida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.

14-iyun shanba kunidan kitobxonlarga anʼanaviy tarzda xizmat koʻrsatish davom ettiriladi.

Vaqtinchalik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzur so‘raymiz!


Ma'muriyat
😢205😱59👍22🎉22🔥2013
🎬 “Buyuk ovozlar — siz taniysizmi?” tanlovining g‘olibi aniqlandi


Ulug‘bek profilini egasi Ulug‘bek Ummataliev tanlov g‘olibi deb topildi!

📘 Chin qalbdan muborakbod etamiz!

Intellektual izlanishlaringiz davomli, muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin!


🌟 Har bir yangi yutuq — yangi marralarga yetaklasin!
🥰16567👏48👍45🤩45🔥7🎉7🏆3
#soʻrovnoma

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma tashkil etildi!

📊 So‘rovnoma davomida:
✔️ O‘quvchilarning kitobga munosabati
✔️ Eng ko‘p o‘qiladigan adabiyotlar turlari
✔️ Kutubxona xizmatlariga oid taklif va ehtiyojlar o‘rganildi va tahlil qilindi.

💬So‘rovnoma natijalari — ijobiy fikrlar, amaliy takliflar va foydali g‘oyalar bilan boy bo‘ldi!


Bu esa bizga kutubxona faoliyatini siz — aziz kitobxonlarning ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish imkonini berdi. 🙌

🧠 Do‘stim, siz ham o‘z fikringiz bilan o‘rtoqlashing, biz bilan birga o‘zingiz istagan kutubxonani barpo qiling!
6👍1
2025/07/08 13:27:07
Back to Top
HTML Embed Code: