Telegram Web Link
“E voh” – so‘z sultoni Erkin Vohidov xotirasiga ehtirom!


Bugun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” oromgohida Erkin Vohidov bog‘i va ulug‘ shoirning haykali ochildi.

Bu – faqat yodgorlik emas, bu – millat ruhining timsoli, so‘zga, Vatanga bo‘lgan sadoqat ramzidir.

Farg‘onalik ijodkorlar va Erkin Vohidov Ijod maktabi xodimlari hamda o‘quvchilari ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, har bir satri yurakdan joy olgan bu buyuk siymo xotirasiga ehtirom sifatida o‘tkazilgan “E voh” festivali – yoshlarga ilhom, xalqimizga ma’naviy quvvat bo‘ldi.

Shoir aytganidek:
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini yaxshilik ata...
👍5850🔥50🎉43🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kutubxonachilar shahar markazida — kim qochadi, kim qoladi?"


Bizning kutubxona jamoasi shaharning gavjum joylariga chiqib, odamlarni “Kitob o‘qiyapsizmi?” deb so‘rashga urindi. Natija — sensatsiya! 😅

Siz ham javob berishga tayyormisiz😉


Qayerga borsangiz ham — kutubxona sizni topadi😎
Kutubxonamiz sizni o‘qishga qaytarishga tayyor
🤗
🎉134🥰9773👍73👏72🤩64🔥54🏆1
Metodik to‘garak – bilim va tajriba almashinuvi makoni!


Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida navbatdagi metodik to‘garak bo‘lib o‘tmoqda!

Tadbir ZOOM platformasi orqali onlayn va offline tarzda tashkil etilgan bo‘lib, “Metodik qo‘llanmalarni tuzish texnologiyasi” mavzusi muhokama qilinmoqda.


Mashg‘ulot ilmiy-metodik xizmat rahbari S.Kamilova va yetakchi mutaxassis M. Xoliqovalar tomonidan olib bormoqda.

Bizning mutaxassislarimiz ham mazkur mashg‘ulotda onlayn tarzda faol ishtirok etmoqdalar!
42👏34🥰30🔥29🎉27🤩25👍21😇1
Kutubxonamizning yangi loyihasi — “Sahifadagi sirlar” sizni kutmoqda!


Kitob sahifalaridan ilhomlangan jumboqli savollar, topishmoqlar va sirli krossvordlar orqali bilim va topqirlik sinovidan o‘ting! Har bir savolda — mantiq, bilim va aql charxi yashiringan! 😉

Agar siz:
Kitob o‘qishni yoqtirsangiz,
Yangi narsalarni bilishga chanqoq bo‘lsangiz,
Krossvord va topqirlik o‘yinlarini yoqtirsangiz —
Demak, bu loyiha aynan siz uchun!


🎯 Har hafta yangi jumboqlar, qiziqarli topqirlik sinovlari va eng faollarga sovg‘alar tayyor!
________________________________________
🔔 Birinchi kitobimiz — Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" asari!
Uning sirli sahifalari va jumboqlari sizni kutmoqda! 🕵️‍♂️📖


🕒 Bugun soat 15:00 da @fargona_akm telegram kanalida boshlab yuboramiz!

📢 "Sahifadagi sirlar" loyihasiga qo‘shiling — bilimli va topqir bo‘ling!
🤩40🥰36👍33🎉27🔥248👏8
#Sahifadagi_sirlar

Diqqat! Krossvord sarguzashti boshlandi!


Siz tayyormisiz😊
Javoblaringizni izohlarda qoldiring!


Qani, eng topqir kitobxon kim ekanligini bilamizmi😉


Hammaga omad tilaymiz! ❤️📚
👍68🥰66👏6261🤩59🔥54🎉50
#jarayon

Ayni damda kutubxonamizda speaking klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tmoqda.

Ingliz tili ixlosmandlari bir joyga jam bo‘lib, erkin va do‘stona muhitda suhbatlashmoqda. Har bir qatnashchi o‘z fikrini anglatuvchi, so‘z boyligini kengaytiruvchi va nutqini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlardan bahramand bo‘lishmoqda.

🗣 Til bilgan — dunyoni biladi!
Siz ham kelasi safar bizga qo‘shiling!
🔥150123👍79🎉7❤‍🔥21
2025/07/13 20:36:36
Back to Top
HTML Embed Code: