Telegram Web Link
"Giyohvandlik – umr zavoli"

🛑 Hayotni zaharlovchi illatga qarshi birgalikda kurashaylik!


Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔎 Tadbir davomida:
🎥 mavzuga oid videorolik namoyish etildi;
🗣 giyohvandlikning inson hayotiga, sog‘lig‘iga, oilasiga va jamiyatga yetkazadigan zararli oqibatlari haqida fikrlar bildirildi.


📌 Giyohvandlik — bu orzu-umidlarni so‘ndiruvchi, inson salomatligini yemiruvchi, jamiyat taraqqiyotiga rahna soluvchi eng og‘ir illatlardan biridir.

Bugungi kunda har bir ongli inson ushbu xavfli illatga qarshi kurashishda faol bo‘lishi, hushyorlikni va mas’uliyatni unutmasligi zarur.


📖 Shu munosabat bilan kutubxonamiz abonement sektorida “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida rasmli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Sizni ko‘rgazmaga tashrif buyurib, jamiyatimiz kelajagi uchun muhim bo‘lgan ushbu mavzu bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz!
🥰7652🔥52🎉48👍43🤩40👏36
Фарғонада хитойлик тадбиркорлар иштирокида бизнес-форум бўлиб ўтди

Фарғона шаҳридаги Аҳмад Фарғоний номидаги вилоят ахборот-кутубхона марказида “Фарғона–Хитой” бизнес-форуми бўлиб ўтди. Форумда вилоят ва шаҳар-туман ҳокимликлари мутасаддилари, маҳаллий тадбиркорлар ҳамда 50 нафардан зиёд Хитой ишбилармон доиралари вакиллари иштирок этди.

Fergana.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🔥107🎉41👍3938🤩34🥰22👏12
🎤 SPEAKING CLUB – DEBATES SHOW! 🧠🔥

📅 Ertaga | 🕑 Soat 14:00 | 📍 Farg‘ona viloyat AKM


🚨 Diqqat! Ertaga so‘zlar to‘qnashadi, fikrlar jang qiladi, ammo hech kimga jarohat yetmaydi — chunki bu DEBATES! 😄


💬 Siz: “Men gapirishni biroz bilaman…”
Biz: “Zo‘r! Qani, dadillik bilan himoya qiling!” 😎

Klubda qanday bahslar bo‘ladi?
– “Kitob yaxshimi, YouTube vlogmilar?”
– “Qahva kuch beradimi, yo uxlashmi?”
– “Tilni grammatikadan o‘rganamizmi, gapdanmi?”
(Va bundan ham qiziqarliroq mavzular!)


💥 Kelib:
Argument bilan zarba bering;
Inglizcha so‘zlar bilan lol qoldiring;
Mikrofonda o‘zingizni “advokat”dek his eting!

📢 Shunchaki tomoshabin ham bo‘lishingiz mumkin — ammo ogohlantiramiz: “Qarsak chalishdan qo‘lingiz og‘rishi mumkin!” 👏😂

🚪 Kirish: Bepul🔥
🧠 Chiqish: Yangi so‘zlar, yangi do‘stlar, va yana bir “debate”ga tayyor ruh😉
🥰107🎉98🔥96👏8279👍76🤩75
🌞 Yoz — ta’til, biroq bilimdan ajralmas mavsum! 📚


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida yana bir unutilmas uchrashuv!

👫 Fargona shahridagi 6- va 29-maktabning bilimga tashna o‘quvchilari kutubxonamizga qadam qo‘yib, kitoblar xazinasiga sayr qildilar. Ular ilk bor bunday keng, zamonaviy va ilmga to‘la kutubxonani ko‘rib, hayratda qoldilar! 🏛📖

🔍 Ekskursiya davomida kutubxona xodimi Azizaxon Ismoilova mehmonlarimizga muzey, fondlar va kitob javonlari bo‘ylab yo‘l ko‘rsatdi. Har bir bo‘lim – bolalar uchun yangi bir sirli dunyo bo‘ldi!


Farzandlarimiz kutubxonani nafaqat o‘rganish, balki his qilishni, sevishni o‘rgandilar. Har bir kitob — ularga ilhom, har bir sahifa — ulkan orzular sari ochilgan eshik bo‘ldi!

📣 Kutubxona — bilim manbai, orzular boshlanadigan joy!
Yozgi ta’tilingizni kitoblar bilan bezang — biz har doim sizni kutamiz
😎
🥰8382👏76👍68🔥68🤩67🎉56👌1
📚 Kutubxonachilik – zamon bilan hamnafas taraqqiyot sari yo‘l!


🔹 Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy-metodik xizmati tomonidan navbatdagi metodik to‘garak bo‘lib o‘tmoqda.

📎 Ushbu mashg‘ulot “Aholiga nostatsionar kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, Zoom platformasi orqali onlayn va offlayn formatda o‘tkazilmoqda.

🎙 Mashg‘ulotni Ilmiy-metodik xizmat rahbari S. Kamilova hamda yetakchi mutaxassis X. Ashirmetova olib bormoqda. Amaliy tavsiyalar, ilg‘or yondashuvlar va tajriba almashinuvi orqali bu uchrashuv ishtirokchilarga katta bilim va mas'uliyat bag‘ishlamoqda.


📌 Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham ushbu metodik to‘garakda faol ishtirok etib, o‘z malakasini oshirmoqdalar.

🌟 Zamonaviy kutubxona — bu faqatgina kitob emas, balki yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va xalqimizga yaqin xizmat ko‘rsatish maskanidir.


📖 Biz doimiy o‘rganish, tajriba almashish va yangilik sari intilish tarafdorimiz!
🥰81🔥76🎉74🤩74👍73👏66541😢1
2025/07/12 21:41:58
Back to Top
HTML Embed Code: