Telegram Web Link
#Jarayon
#Yarim_yillik_sarhisob

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida 2025-yilning birinchi yarmi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishi davomida texnologik va axborot xizmatlariga ixtisoslashgan bo‘limlar faoliyati ham ko‘rib chiqildi.

Hisobotlar quyidagi bo‘lim va xizmatlar kesimida tinglandi:

Huquqiy axborotlar sektori;
Elektron o‘quv zali sektori;
Axborot-bibliografiya xizmati;
Elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmati;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati;
O‘lkashunoslik sektori.


Yig‘ilish jarayonida har bir xizmatning 6 oy davomida olib borgan ishlari, foydalanish statistikasi, texnologik yangilanishlar va foydalanuvchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar tahlil qilindi.

📊 Muhokamalar davomida:
Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi;
Texnologik jarayonlarda samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi;
Kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
😁103😱98😢91🔥54🎉53🥰50👏39🤩35👍32😇2🤗2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2-iyul O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun.
🔥5449🥰45👍43👏39🤩38🎉36🤗2😇1
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli” mavzusida axborot daqiqasi o‘tkazildi hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir davomida Davlat gerbida tasvirlangan ramzlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan: Humo qushi, paxta va g‘alla boshoqlari, lotin yozuvida yozilgan mamlakat nomi, shuningdek, gerb tepasida joylashgan sakkiz qirrali yulduz, uning ichida tasvirlangan oq yulduz va yarim oy ramzlarining ma’nosi haqida so‘z yuritildi.
👏35🔥33👍32🤩3129🥰28🎉24😇1
Bugun Farg‘ona viloyati hokimligida davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi” uchun tashkil etilayotgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovining mazmun-mohiyati, bosqichlari va baholash mezonlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishda tanlovning tashkiliy jihatlari, adolatli va shaffof baholash tamoyillari, har bir bosqichdagi ishtirokchining faolligi va mutolaa madaniyatini baholash mezonlari muhokama qilindi.

🗂 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1. Test sinovi – tavsiya etilgan adabiyotlar asosida;
2. “Esse” yozish – o‘qilgan asarlar bo‘yicha shaxsiy mulohaza va tahlil;
3. Final bosqichi – “Tezkor savol-javob” va “Qahramon tahlili” orqali bilim sinovi.

📝 Arizalar 2025-yil 6-iyulgacha onlayn qabul qilinadi. Test sinovlari 15-sentabrgacha, final bosqichi esa oktyabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladi.

🏆 G‘oliblar Farg‘ona viloyati hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
👍162🎉148🔥144141🤩132🥰131👏1241😭1
#jarayon

Tahlil samaradorlikka yetaklaydi

Farg‘ona viloyatidagi mavjud tuman-shahar axborot-kutubxona markazlarining yarim yillik faoliyatlari tahlil qilinmoqda.

Ayni damda Margʻilon shahar hamda Uchkoʻprik tumani axborot-kutubxona markazlari rahbarlaring hisobotlari tinglanmoqda.
🤩44🎉42🥰34👏3126🔥24👍7😇2💯1
2025/07/12 20:45:38
Back to Top
HTML Embed Code: