Telegram Web Link
Fargʻona tumanida tibbiyot xodimlari ishtirokida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi

Fargʻona tumani 1-son sport maktabi hududidagi “Yoshlarobod” markaziy oʻyingohida tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirokida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida sogʻlom hayot madaniyatini shakllantirishga qaratildi.

Tonggi mashgʻulot davomida ishtirokchilar tajribali murabbiylar boshchiligida jismoniy harakatlar, choʻzilish mashqlari va nafas olish amaliyotlarini bajardilar. Tadbir jarayonida muntazam badantarbiya bilan shugʻullanish inson salomatligini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish hamda kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishda muhim omil ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga sogʻlom ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish va stressni kamaytirishning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berildi.

Fargʻona tumanida bunday sogʻlomlashtirish tadbirlarining muntazam oʻtkazilishi aholi, xususan, tibbiyot xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash hamda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4🤔1
Fargʻona tumanida aholi va mahalla tizimi xodimlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan oʻtkazildi

Fargʻona tumani 1-son sport maktabida 1- va 2-son sport maktablari xodimlari tomonidan tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlarining “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkazildi.

Mazkur tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish va aholining sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etildi.

Sinovlar davomida ishtirokchilar yugurish, turnikda tortilish, bel egish, qoʻlni bukib yozish kabi mashqlarni bajarish orqali oʻzlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyish etdilar.

Tadbir yakunida sinovlarda faol qatnashgan fuqarolarga sogʻlom turmush tarzini doimiy ravishda hayot mezoniga aylantirish, jismoniy faollikni oshirish va sportni kundalik faoliyatga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4🤔1
2025/10/25 10:31:24
Back to Top
HTML Embed Code: