Telegram Web Link
Mahallalar aholisi o‘zlari daraxt ekib, parvarish qilishga, yashil hududlarni ko‘paytirishga tayyor.

Lekin birorta hokim yoki mahalla raisi tayinli joyni ko‘rsatib bermayotgani tanqid qilindi.

Endilikda “yettilik”, mahalla aholisi yashil hudud qilish tashabbusi bilan chiqsa, tuman hokimi 10 sotixgacha yer maydoni ajratib beradi.

Hokimlar va “yettilik” buning ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi, bu yerlar boshqa maqsadlarga beriladigan bo‘lsa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Bosh prokuraturaga boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan yashil hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohlarini joyiga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. To‘rt oy ichida 20 gektar yashil hudud, 107 ta sport maydonchasi va bolalar o‘yingohi tiklandi.

Davlatimiz rahbari bunday joylarning barchasi joy-joyiga qo‘yilmaguncha ishni davom ettirish vazifasini qo‘ydi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Davlatimiz rahbari “yettilik” ish vaqtining yarmini turli majlis va tadbirlarda o‘tkazayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Yoki “yettilik” xodimlarining aniq vazifalari va KPI belgilangani bilan mahalladagi umumiy natijadorlikni baholaydigan tizim yo‘q.

Hozirda “yettilik” a’zolarining 1 ming 700 nafari mahalla hududidan 20-30 kilometr uzoqdan qatnaydi. Oqibatda o‘tgan yili 68 nafar “yettilik” vakillari biriktirilgan mahallasiga bir necha oy kelmagan.

Mutasaddilarga “yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizimni ishga tushirish topshirildi.

Tuman hokimlari yil yakuniga ko‘ra, yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ning barchasini mukofotlash, ularga qo‘shimcha ustamalar berishni yo‘lga qo‘yadi.

“Shunda “yettilik” hamjihat va yagona jamoa bo‘lib ishlaydi”,

– dedi Prezident.

Bundan buyon “yettilik” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanishi belgilandi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
“Islohotlarimizning ostonasi bo‘lgan har bir mahallaga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirish, eng avvalo, “mahalla yettiligi”ning yagona jamoa bo‘lib ishlashiga bevosita bog‘liq”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, mahalla raisi boshchiligidagi “yettilik”ning har bir vakili o‘ziga mas’uliyat olib, yuqorida qo‘yilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha murojaat bilan chiqib, bir yillik dasturini aholiga e’lon qilishi muhimligi ta’kidlandi.

Viloyat va tuman hokimlari ham har bir mahalla kesimida qiladigan har oylik ishlarini mahalliy kengashlarda himoya qilib, odamlarga murojaat yo‘llaydi. Har oyda mahalla aholisi bilan bevosita uchrashib, ommaviy axborot vositalari orqali qilingan ishlar bo‘yicha xalqqa hisobot berish topshirildi.

Yig‘ilish davomida hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, mahalla raislari bilan muloqot qilindi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Farg‘ona tumanidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Farg‘ona tumanidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

▪️Farg‘ona tumani Tibbiyot birlashmasi:
— Sattarobod OSHP oilaviy shifokori;
— Avval hududiy poliklinika oilaviy shifokori;
— Avval hududiy poliklinika oilaviy shifokori;
— Mindon hududiy poliklinika oilaviy shifokori.

❗️Arizalar 15.10.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

——————————

▪️Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg'ona viloyat mintaqaviy filiali:
— Endovaskulyar bo‘lim operatsiya hamshirasi.

❗️Arizalar 16.10.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

——————————

▪️Farg‘ona tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:
— Farg‘ona tumani "Shifokor" va "Langar" MFY xotin-qizlar faoli;
— Farg‘ona tumani "Bo‘ston" va "Xo‘ja Ahmad Vale" MFY xotin-qizlar faoli;
— Farg‘ona tumani "Satkak" MFY xotin-qizlar faoli.

❗️Arizalar 17.10.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizalarni elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma.

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma.


▪️ Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun Agentlikning Fargʻona viloyati filiali 73-243-92-28, 73-243-92-34

▪️ Murojaat uchun bot @vacancy_argos_bot

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️ Raqamli taʼlim platformasi — davlat xizmatchilariga samaradorligini oshirishda zamonaviy qulayliklarni taqdim etadi

Ushbu masofaviy taʼlim platformasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmoniga asosan, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirib borish maqsadida ishga tushirilgan. U davlat xizmatchilariga vaqt va joydan qatʼiy nazar zamonaviy va qulay usullarda yangi bilimlarni egallash imkonini beradi.

Roʻyxatdan oʻting va rivojlanishni hozirdan boshlang.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, davlat xizmatchilari oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi majburiyat sifatida belgilangan.

◽️ Full format.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona 24 | Shohimardon aholisiga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.

#OAV2025

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
#bilasizmi

2025-yil 1-avgustdan:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 1 271 000 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 412 000 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 so‘m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 so‘m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so‘m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (918 000 so‘mdan) 1 012 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 012 000 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 820 000 so‘m;

minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga – 669 000 so‘m etib belgilangan.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Farg‘ona tumanida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichiga tantanali tarzda start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakili Shirinoy Mirzayeva hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar o‘z nutqlarida olimpiada o‘quvchilar uchun nafaqat bilim sinovi, balki ularning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va iqtidorini namoyon etish uchun keng imkoniyat ekanligini ta’kidladilar.

Ma’lumki, har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasi mamlakatimiz ta’lim tizimida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu jarayon doirasida g‘olib o‘quvchilar viloyat hamda respublika bosqichlarida o‘z bilimlarini yanada sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍5👎1🤔1
Farg‘ona tumanlik o‘quvchi Amerika universitetiga katta miqdordagi grant asosida qabul qilindi

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi Kamoliddin Toshtemirov xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishdi. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Wingate Universitetiga 114 000 AQSH dollari miqdoridagi grant asosida muddatdan avval o‘qishga qabul qilindi.

Bu muvaffaqiyat nafaqat Kamoliddinning shaxsiy mehnati va bilimga bo‘lgan ishtiyoqining samarasidir, balki mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Kamoliddin Toshtemirovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, uning kelgusi o‘qishlarida omad, yuksak muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz.

Yosh avlodning bunday xalqaro darajadagi yutuqlari yurtimiz ta’lim tizimi salohiyati yuksalayotganidan, Farg‘ona yoshlari esa bilim va intilish jihatidan dunyo miqyosida raqobatlasha oladigan avlod sifatida shakllanayotganidan dalolat beradi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍15
Farg‘ona tumanida bog‘dorchilik bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazildi

Farg‘ona tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Novkentlik mirishkor” fermer xo‘jaligi bog‘ maydonida “Farg‘ona – Agro Star” MCHJ tashabbusi bilan Turkiyalik agronom Yenar Muxammed hamda jamiyat agronomi ishtirokida “Ko‘chat yetishtirish hamda yangi bog‘lar yaratishda payvandtaglar va navlarning ahamiyati” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda tumandagi ilg‘or fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, tomorqa egalari hamda ko‘chat yetishtiruvchi usta bog‘bonlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Turkiyalik mutaxassis Yenar Muxammed bog‘dorchilik sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, yangi avlod payvandtag va navlarning afzalliklari, hosildorlikni oshirish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.

Qizg‘in muhokamalar va savol-javoblar asosida o‘tgan seminar ishtirokchilarga bog‘dorchilikdagi so‘nggi innovatsiyalar, xalqaro tajribalar hamda agrotexnik yondashuvlar bo‘yicha boy bilim va tajriba almashish imkonini yaratdi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
2025/10/23 14:14:38
Back to Top
HTML Embed Code: