Telegram Web Link
Farg‘ona tumanida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichiga tantanali tarzda start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakili Shirinoy Mirzayeva hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar o‘z nutqlarida olimpiada o‘quvchilar uchun nafaqat bilim sinovi, balki ularning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va iqtidorini namoyon etish uchun keng imkoniyat ekanligini ta’kidladilar.

Ma’lumki, har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasi mamlakatimiz ta’lim tizimida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu jarayon doirasida g‘olib o‘quvchilar viloyat hamda respublika bosqichlarida o‘z bilimlarini yanada sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4👎1🤔1
Farg‘ona tumanlik o‘quvchi Amerika universitetiga katta miqdordagi grant asosida qabul qilindi

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi Kamoliddin Toshtemirov xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishdi. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Wingate Universitetiga 114 000 AQSH dollari miqdoridagi grant asosida muddatdan avval o‘qishga qabul qilindi.

Bu muvaffaqiyat nafaqat Kamoliddinning shaxsiy mehnati va bilimga bo‘lgan ishtiyoqining samarasidir, balki mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Kamoliddin Toshtemirovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, uning kelgusi o‘qishlarida omad, yuksak muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz.

Yosh avlodning bunday xalqaro darajadagi yutuqlari yurtimiz ta’lim tizimi salohiyati yuksalayotganidan, Farg‘ona yoshlari esa bilim va intilish jihatidan dunyo miqyosida raqobatlasha oladigan avlod sifatida shakllanayotganidan dalolat beradi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍15
Farg‘ona tumanida bog‘dorchilik bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazildi

Farg‘ona tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Novkentlik mirishkor” fermer xo‘jaligi bog‘ maydonida “Farg‘ona – Agro Star” MCHJ tashabbusi bilan Turkiyalik agronom Yenar Muxammed hamda jamiyat agronomi ishtirokida “Ko‘chat yetishtirish hamda yangi bog‘lar yaratishda payvandtaglar va navlarning ahamiyati” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda tumandagi ilg‘or fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, tomorqa egalari hamda ko‘chat yetishtiruvchi usta bog‘bonlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Turkiyalik mutaxassis Yenar Muxammed bog‘dorchilik sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, yangi avlod payvandtag va navlarning afzalliklari, hosildorlikni oshirish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.

Qizg‘in muhokamalar va savol-javoblar asosida o‘tgan seminar ishtirokchilarga bog‘dorchilikdagi so‘nggi innovatsiyalar, xalqaro tajribalar hamda agrotexnik yondashuvlar bo‘yicha boy bilim va tajriba almashish imkonini yaratdi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'onada nufuzli tinchlik forumi boshlandi

Xabaringiz bor, 15–16-oktabr kunlari Farg‘ona shahri “Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birdamlik” mavzusida Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishiga mezbonlik qilmoqda.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍2
Farg‘ona tumanida yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqasi o‘tkazildi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom raqobat va jamoaviy ruhda tarbiyalash, shuningdek, kibersportni rivojlantirish maqsadida Farg‘ona tumanining “Bo‘ston” mahallasi hududida 6 ta mahalla yoshlari o‘rtasida Counter Strike 1.6 yo‘nalishida kibersport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa jarayonlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi. Natijalarga ko‘ra:
🏆 1-o‘rinni — “Bo‘ston” mahallasi yoshlari jamoasi,
🥈 2-o‘rinni — “Vodil” mahallasi yoshlari jamoasi,
🥉 3-o‘rinni — “Xo‘ja Ahmad Vale” mahallasi yoshlari jamoasi qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida kibersport madaniyatini ommalashtirish, ularning axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Farg‘ona tumanida yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy sohalarda faol ishtirok etishga undash bo‘yicha bunday tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3👎1
2025/10/20 07:49:17
Back to Top
HTML Embed Code: