Telegram Web Link
Farg‘ona tumanida Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi

Har yili 15-oktyabr kuni butun dunyo bo‘ylab Xalqaro qishloq ayollari kuni nishonlanadi. Ushbu sana qishloq joylarda yashayotgan ayollarning mehnati, sabr-toqati, oilaviy qadriyatlarga sadoqati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni uchun ehtirom ifodasidir.

Shu munosabat bilan Farg‘ona tumanida ham turli bayram tadbirlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, “Xurshidi tobon” mahallasi hududida joylashgan “Fergana Oseana” klasterida “Qishloq ayollari bilan bir kun” mavzusida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Kamila Kavlanova hamda Farg‘ona tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abduganiyeva ishtirok etib, qishloq ayollarining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, ularning oilaviy, ma’naviy va mehnat sohasidagi faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir davomida paxta terimi mavsumida fidokorona mehnat qilgan bir guruh ayollar Farg‘ona tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiriga tuman madaniyat bo‘limi xonandalarining kuy-qo‘shiqlari, xalqona chiqishlari va bayramona dastur alohida fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
Европа Иттифоқининг Марказий Осиё бўйича махсус вакили Фарғона тинчлик форумини юқори баҳолади

Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров Фарғона тинчлик форуми доирасида Европа Иттифоқининг Марказий Осиё бўйича махсус вакили Эдуардс Стипрайс билан учрашди.

Мулоқот аввалида Эдуардс Стипрайс Фарғонада ўтказилаётган Тинчлик форумининг юқори даражада ташкил этилганини алоҳида таъкидлади. У Ўзбекистон Президенти ташаббуслари натижасида Марказий Осиё давлатлари ўртасида дўстона, яқин қўшничилик ва ўзаро манфаатли муносабатлар мустаҳкамланиб, стратегик шериклик руҳидаги алоқалар янги босқичга кўтарилганини қайд этди.
___

Специальный представитель ЕС по Центральной Азии высоко оценил Форум мира в Фергане
___

EU Special Representative for Central Asia Praises Fergana Peace Forum

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍3
Farg‘ona tumanida aholining murojaatlari o‘rganilmoqda: “Qurilish” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi

Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan “Qurilish” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining kundalik hayotida uchrab turadigan muammolarni o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur tadbirda 30 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Qabul jarayonida fuqarolarning 8 nafariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 nafarining murojaati esa tuman adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilinib, qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Саудия Арабистонининг етакчи компаниялари раҳбарлари билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями ведущих компаний Саудовской Аравии.

#Mirziyoyev #uchrashuv #SaudiyaArabistoni #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/20 02:48:09
Back to Top
HTML Embed Code: