‼️Ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnati, fidoyiligi va ezgu tashabbuslarini munosib e'tirof etish maqsadida mamlakatimizda “Yil ayoli” milliy tanlovi boshlandi!
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
✍️ 35 yoshdan yuqori O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yil uzluksiz faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shuningdek, o‘z oilasida, mahallasida namunali faoliyat ko‘rsatayotgan uy bekalari ham tanlovda ishtirok eta oladilar.
✅ Tanlovda qatnashishni istagan ayollar tegishli hujjatlarni o‘z tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.
🌷“Yil ayoli” milliy tanlovi — bu e’tirof, bu e’zoz! O‘zbekiston ayollarining salohiyati, irodasi va mehr-muhabbatini yuksak darajada qadrlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir!
Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/93535
Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
1.Tuman (shahar) bosqichi — 2025-yil 30-oktyabrga qadar;
2. Hududiy bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — 25-noyabrga qadar;
3. Respublika bosqichi — dekabr oyida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z kuchini sinab ko‘rishlari mumkin:✅ “Yilning eng vatanparvar ayoli”✅ “Yilning eng faol olima ayoli”✅ “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”✅ “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”✅ “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”✅ “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”✅ “Yilning eng yaxshi uy bekasi”✅ “Yilning eng jonkuyar ustozi”✅ “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”✅ “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori”✅ “Yilning eng yaxshi AT–dasturchi ayoli”
🌷“Yil ayoli” milliy tanlovi — bu e’tirof, bu e’zoz! O‘zbekiston ayollarining salohiyati, irodasi va mehr-muhabbatini yuksak darajada qadrlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir!
Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/93535
Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jasorat sinfi”da diktant tanlovi!
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
Farg‘ona tumani 19-maktabda tashkil etilgan “Jasorat sinfi” o‘quvchilari o‘rtasida diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini, vatanparvarlik tuyg‘usini yuksak ruhda namoyon etdilar.
Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
Farg‘ona tumani 19-maktabda tashkil etilgan “Jasorat sinfi” o‘quvchilari o‘rtasida diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini, vatanparvarlik tuyg‘usini yuksak ruhda namoyon etdilar.
Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Farg‘ona tuman hokimligida qo‘shma komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona tuman hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni komissiya raisi Ozodaxon Dadajonova olib bordi.
Kun tartibida Prezidentimizning PQ–440, PQ–39, PQ–347, PF–80 va PQ–1 sonli qarorlarining tumandagi ijrosi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarni moliyalashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek 2026-yil uchun ish o‘rinlari me’yorlarini belgilash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida deputatlar o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar qabul qilinib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish taklifi bir ovozdan ma’qullandi.

👍2👌1
Farg‘ona tumanida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi boshlandi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 55-umumta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘z ishini boshladi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilmoqda. Birinchi bosqich — test sinovi, unda ishtirokchilarning jadidchilik harakati, ma’rifat va tarixiy shaxslar haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Ikkinchi bosqich — suhbat bosqichi, bu jarayonda qatnashuvchilarning fikrlash doirasi, nutq madaniyati hamda jadidlar merosiga bo‘lgan munosabati baholanadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yosh avlodni jadidlarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalash, ularning ilmga, tafakkurga va yurt ravnaqiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Farg‘ona tumanida jadidlar izidan borayotgan yangi avlod ma’rifat yo‘lida dadil qadam tashlamoqda!

👍3