Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona tumanida fizika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazildi

Farg‘ona tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fizika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakili rasmiy tarzda ochib berdi.

Test topshiriqlari maxsus muhrlangan qutilarda olib kelinib, o‘quvchilar ishtirokida ochildi. Bu jarayon shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilar, ustozlar va ta’lim mutaxassislari uchun ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda kelajakdagi yutuqlarga yo‘l ochuvchi muhim imkoniyat sifatida e’tirof etildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Farg‘ona tumanida jamoatchilik tashabbuslari ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda

Farg‘ona tumanida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tashabbuslarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 28-martdagi VII-6-32-11-163-K/25-sonli qarori ijrosi ustidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuhratjon Rahimov va Ozodaxon Dadajonovalar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi hamda “Kaptarxona” qishloq shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

Tadbir davomida tibbiyot muassasalaridagi mavjud sharoitlar, yangi xarid qilingan zamonaviy tibbiy jihozlar va fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, “Kaptarxona” qishloq shifokorlik punktida olib borilayotgan qo‘shimcha bino qurilishi holati ham o‘rganildi. Deputatlar tomonidan qurilish sur’ati va sifati tahlil qilinib, mutasaddilarga obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, shuningdek, soha infratuzilmasini rivojlantirish borasida aniq amaliy topshiriqlar berildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев касаба уюшмалари фаоллари ва фахрийлари билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с активом и ветеранами профсоюзного движения.

#Mirziyoyev #uchrashuv #kasabauyushmalari #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
O‘zenergoinspeksiya xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (647-son) qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
O‘zbekiston – Belarus ta’lim forumi: Farg‘ona tuman ta’lim muassasalari xalqaro hamkorlik sari dadil qadam tashladi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Belarus professional va oliy ta’lim forumi” ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ldi. Ikki kun davom etgan mazkur forum doirasida turli tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va uchrashuvlar tashkil etildi.

Forumning ikkinchi kuni “O‘zbekiston va Belarusning ta’lim sohasidagi hamkorligi”, “Ilm-fan sohasidagi hamkorlik” hamda “Professional kadrlar tayyorlash tizimida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish” yo‘nalishlarida ishchi sessiyalar bo‘lib o‘tdi. Ularda ikki davlatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirok etdilar.

Sessiyalar davomida ta’lim va ilm-fan sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini joriy etish, qo‘shma ilmiy loyihalar yaratish hamda innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim sohasidagi eksport salohiyatini oshirish, seminar va tajriba almashuvlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida Farg‘ona tuman ta’lim muassasalari vakillari ham Belarus ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari va shartnomalar imzoladilar.

Jumladan:
Farg‘ona tuman 1-son politexnikumi direktori Belarus Respublikasining Smilovich davlat agrar kolleji direktori bilan Asalarichilik yo‘nalishida hamkorlik memorandumi imzoladi.
Farg‘ona tuman 2-son politexnikumi esa K.P.Orlovskiy nomidagi Mogilyov davlat agrar o‘rmon texnika kolleji bilan Traktorchi-mashinist va Asalarichilik kasblari bo‘yicha qo‘shma faoliyat olib borish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Farg‘ona tuman xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi direktori Nuriddin Davlatov esa Vitebsk davlat sanoat kolleji direktori R. Vinokurov bilan “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” yo‘nalishida xalqaro ta’lim dasturini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolash masalasini kelishib oldi.

Mazkur forum O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini yangi bosqichga olib chiqib, yosh mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2
2025/10/21 16:34:50
Back to Top
HTML Embed Code: