Telegram Web Link
Farg‘ona tumanida yoshlar uchun ma’naviy sayohat tashkil etildi

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida 9229-harbiy qism 6-post kursantlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Farg‘ona tumanidagi “Xo‘ja Ahmad Vale” maqbarasi hamda “Chinor tagi” istirohat bog‘ida joylashgan tarixiy muzeyni ziyorat qilib, Yangi O‘zbekiston davrida obod etilgan madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashabbus yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va tarixiy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yuksaltirish, shuningdek ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍2
Farg‘ona tumanida tozalik oyligi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Tozalik va ozodalik oyligi doirasida Farg‘ona tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan tuman Ichki ishlar boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Maxsus Garant Avto Servis” MChJ hamkorligida keng ko‘lamli tozalash ishlari amalga oshirildi.

Tadbir doirasida “Mindonobod” va “Yangi asr” mahallalari hududi maishiy chiqindilardan tozalanib, hududning sanitariya holati yaxshilandi.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Obod yurt” ekologik aksiyasi ezgu maqsad yo‘lida Farg‘ona tumani "Obod" mahallasi yoshlarini birlashtirdi.

O‘tkazilgan aksiyada eko-faollar bog‘ va soy bo‘ylarini chiqindilardan tozalab, atrof-muhitga mehr va g‘amxo‘rlik namunasi bo‘lishdi.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Тозалик_ва_озодалик_ойлиги

Чиқиндини йўлга ташламанг, юртимиз ободлиги учун ҳар биримиз ўз ҳиссамизни қўшайлик!

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍2
📢 E’LON!

Hurmatli fuqarolar!

🗓 Joriy yilning 22-oktyabr, chorshanba kuni, soat 10:00 da
📍 Fargʻona tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Murodjon Qunduzov tomonidan Xalq qabulxonasida shaxsiy sayyor qabul o‘tkaziladi.

Ushbu sayyor qabulda siz ichki ishlar, sud-huquq sohasidagi va boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlaringizni bildirish imkoniga egasiz.

Qabul jarayonida tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ham ishtirok etadi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot va murojaat uchun telefon: 91-040-17-67

Fuqarolarni faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari tomonidan O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan "Ona tilim faxrim" shiori ostida tayyorlangan chelenj.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
Farg‘ona tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assosiasiyasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Yevropa Ittifoqi, IPHR va Farg‘ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi hamkorligida, “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magida Farg‘ona tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi — nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xalqaro va milliy qonunchilikdan xabardorligini oshirish, ularning jismoniy faolligini kuchaytirish hamda jamiyat hayotiga faol integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

Tadbirda 25 nafar adaptiv sportga qiziqishi bo‘lgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar uchun qiziqarli o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi, ularning faol ishtiroki rag‘batlantirildi.

Seminar yakunida munosib ishtirokchilar taqdirlanib, 12 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro sport to‘garaklariga qatnashish istagini bildirdi. Ushbu tashabbus ularning salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍5
2025/10/21 22:37:47
Back to Top
HTML Embed Code: