Telegram Web Link
#фойдали

🌐 my.gov.uz  portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

💻 my.gov.uz/uz/service/855 — Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini onlayn olish tartibi;

💻 my.gov.uz/uz/service/640 — Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/325 — Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/949 — "Ishga marxamat" monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari kurslarida o‘qish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/service/187 — Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish;

💻 my.gov.uz/oz/service/308 — Kira qilish uchun lisenziya varaqasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/126 — Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma;

💻 my.gov.uz/uz/service/357 — Elektron raqamli imzo olish;

💻 my.gov.uz/oz/service/853 — Avtotransportni onlayn sug‘urtalash;

💻 my.gov.uz/oz/service/412 — O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilganligi holatini tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/service/491 — O‘z o‘zini band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

💻 my.gov.uz/uz/service/263 — Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/service/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

💻 my.gov.uz/uz/service/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/service/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish;

💻 my.gov.uz/oz/service/938 — Kredit tarixi o‘rganilganligi bo‘yicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish.

💻 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kredit olish uchun ariza berish bo‘yicha;

💻 ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari;

💻 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish bo‘yicha;

💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun o‘z mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud.

💻 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun;

💻 bank-kredit.uz  —"20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida kreditga ariza berish;

💻 portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi ma’lumotni olishi uchun.

📱my.gov.uz ilovasini yuklab olish: Google Play yoki App Store.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekistonning anklav va eksklav hududlari

Batafsil:
https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/11/enclave/

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi


Prezident qarori (PQ–310-son, 20.10.2025-y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:

🔹 favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada mavjud kuch va vositalarning doimiy shayligini taʼminlash;

🔹 respublikada fuqaro muhofazasining tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y bergani haqida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkil etish;

🔹 yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, bu bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

☑️ Vazirlik shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan namuna-etalonlariga muvofiq harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega bo‘ladi.

🔗 Vazirlik harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilari bepul harbiy va maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Yashirincha foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarz toʻliq undirildi

Majburiy ijro byurosi Fargʻona tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan “Elektr taʼminoti korxonasi” (ETK) foydasiga qarzdor T.L.dan 10 million 825 ming soʻm asosiy qarz va 541 ming soʻm ijro yigʻimi toʻliq undirildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro T.L. elektr tarmogʻiga yashirincha ulanib, belgilangan hisoblagich vositalarisiz elektr energiyasidan foydalangan.

Bu holat aniqlanganidan soʻng, ETK tomonidan u haqda tegishli hisob-kitob amalga oshirilib, umumiy miqdordagi zarar miqdori belgilangan.

Byuroning Fargʻona tuman boʻlimi davlat ijrochilari qarzdorga nisbatan ijro ishini amalga oshirib, qisqa fursat ichida qarzning toʻliq undirilishini taʼminladi.

Mazkur holat fuqarolarni elektr energiyasidan qonunga muvofiq va hisoblagich orqali foydalanish zarurligini yana bir bor eslatib oʻtdi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Sunʼiy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi


“Seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–184-son 20.10.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan ustuvor yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimini yaratish;

🔹 seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini raqamlashtirish va unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish;

🔹 qurilish maydonlari uchun zamin gruntlarini o‘rganish va ularning mustahkamligini oshirish choralarini ko‘rish.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

▪️ respublikadagi “A-373” va “M-39” avtomobil yo‘llarida hamda ularga tutash tog‘li hududlardan o‘tgan temiryo‘llarda ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori hududlarning doimiy radiolokatsion kosmik monitoringi tashkillashtiriladi;

▪️ sunʼiy intellekt yordamida seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatlarda prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🔗 Dastlabki bosqichda sunʼiy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatda prognoz qilish Toshkent shahri misolida tashkil etiladi.

🗓 2026-yil 1-martdan boshlab bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holati sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilinadi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bugun 22-oktabr 2025-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro duduq insonlar kuni.
🌎 Xalqaro erkaklar asab tizimini ayol zo'ravonligidan himoya qilish kuni.
🌏 CAPS LOCK tugmachasi kuni (Caps Lock Day).
🌏 Kserokopiya tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Yong’oqlar bayrami.
🇦🇺 Avstraliyada vombata kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Santri kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Yoshlar festivali (Jidai Matsuri).
🇷🇺 Rossiya - Oq turna festivali.
🇳🇺 Niue - Peniamina kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1721 - Rossiya imperiyaga aylandi (eski yil hisobida).
🔹 1730 - Ladoga kanali ochildi.
🔹 1797 - Jak Garneren havo sharidan parashyutda sakragan birinchi odam bo‘ldi.
🔹 1842 - Gustav Faberje Sankt-Peterburgda zargarlik ustaxonasi ochdi.
🔹 1883 - Nyu-Yorkda Metropoliten-opera teatri ochildi.
🔹 1938 - Chester Karlson kserokopiya apparatini ixtiro qildi.
🔹 1955 - Kamchatkadagi Bezimyanny vulqonining otilishi.
🔹 1960 - Kassius Kley (keyinchalik Muhammad Ali) professional ringdagi birinchi jangida g'alaba qozondi.
🔹 1962 - Karib inqirozi: John Kennedy Kuba blokadasini e’lon qildi.
🔹 1964 - Fransuz faylasufi va yozuvchisi Jan-Pol Sartr Nobel mukofotidan voz kechdi.
🔹 1966 - SSSR “Luna-12” sun'iy yo'ldoshini uchirdi.
🔹 1975 - “Venera-9” sovet kosmik stantsiyasi Venera yuzasiga qo'ndi.
🔹 1980 - Rim Papasi Galiley ustidan chiqarilgan 1633-yilgi hukmni bekor qildi.
🔹 1990 - Qirg'izistonning suvereniteti to'g'risida qonun qabul qilindi.
🔹 1998 - O‘zbekiston Livan bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
🔹 2001 - Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
🔹 2001 - tennis yulduzlari amerikalik Andre Agassi va germaniyalik Steffi Graffning to'yi bo‘ldi.
🔹 2009 - Windows 7 ning rasmiy chiqarilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1811 - List Ferens (1880) - venger kompozitori, pianinochi, dirjyor, pedagog, jamoat arbobi.
🔸 1844 - Sara Bernar (1923) - Fransuz teatr san'ati tarixidagi eng mashhur aktrisa.
🔸 1887 - Marshak Samuel (1964) - rus shoiri, 20- asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan.
🔸 1870 - Ivan Bunin (1953) - Rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1933).
🔸 1881 - Klinton Jozef Devisson (1958) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1937).
🔸 1894 - Mey Lanfan - Xitoy operasi afsonasi.
🔸 1903 - Jorj Uells Bidl (1989) - amerikalik genetik, Nobel mukofoti sohibi (1958).
🔸 1917 - Joan Fontayn (2013) - amerikalik kinoaktrisa.
🔸 1919 - Murodova Xanifa - xirurg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1969).
🔸 1919 - Doris Lessing (2013) - ingliz fantast yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibasi (2007).
🔸 1929 - Lev Yashin (1990) - Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabon, olimpiya (1956) va Yevropa chempioni (1960).
🔸 1943 - Ketrin Denyov - eng go'zal fransuz aktrisasi.
🔸 1949 - Arsen Venger - fransuz futbolchisi va murabbiy.
🔸 1963 - Obid Asomov (2018) - qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔸 1985 - Deontey Uaylder - amerikalik bokschi, WBC yo‘nalishida jahon chempioni (2015 yildan).

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Internetda MIB nomidan soxta xabarnomalar yuborilmoqda

MIB fuqarolarni firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi.

Batafsil 👉 https://zamon.uz/a/uz-to/39597

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari oʻtkaziladi

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Farg‘ona tumanida ijtimoiy himoya sohasida malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanida oflayn shakldagi malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-175-sonli “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, unda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga psixosotsial yordam ko‘rsatishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kurs davomida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Malaka oshirish jarayonida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va hamkor tashkilotlarning mas’ul xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbir ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qildi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🌿 “Obod yurt” plogging ekologik aksiyasi – ezgu niyat yo‘lida yoshlarni birlashtirdi!

Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan mahalla yoshlar yetakchilari va faol yoshlar “Chimyon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi qabristonda tozalash ishlarini amalga oshirdilar.

Aksiya davomida hudud chiqindilardan va yovvoyi o‘t-o‘lanlardan tozalandi, daraxtlar oqlandi, atrof muhitga e’tibor va hurmat ruhi keng targ‘ib qilindi. 🌱

Unutmang, chiqindilarni to‘g‘ri joyga tashlash — kichik amal, ammo ulkan natija: musaffo tabiat, sog‘lom kelajak! 🌎💚

#ObodYurt #TabiatniAsraylik #Plogging #YoshlarFaol

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
2025/10/26 06:52:47
Back to Top
HTML Embed Code: