Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Yevropa ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

Президент провел встречу с ведущими представителями деловых кругов Европы.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi.

Подписано историческое Соглашение о расширенном партнерстве и сотрудничестве между Узбекистаном и ЕС.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belgiyaliklar Qiroli Filipp Laken saroyida uchrashuv o‘tkazdilar.

Президент Шавкат Мирзиёев и Король бельгийцев Филипп провели встречу во дворце Лакен.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1🔥1
Bugun 25-oktabr 2025-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashi kuni.
🇪🇺 Yevropa fuqarolik odil sudlovi kuni.
🌏 Xalqaro maktab kutubxonalari kuni.
🌏 Butunjahon opera kuni.
🌏 Xalqaro rassomlar kuni.
🌏 Butunjahon makaron kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O'zbekiston - Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni.
🇬🇩 Grenada - Minnatdorchilik kuni.
🇱🇹 Litva - Konstitutsiya kuni.
🇷🇺 Rossiya - Bojxona kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya kabel sanoati xodimlari kuni.
🇧🇾 Belorussiya - Tegirmonchilar kuni.
🇳🇴, 🇸🇪, 🇫🇮 Skandinaviyada qish kuni. Bu bayram ba'zida “Qish tunlari” deb ham ataladi.
🇵🇼 Qozog'iston - Ijtimoiy ishchilar kuni.
🇷🇴 Ruminiya - Qurolli kuchlar kuni.
🇸🇮 Sloveniya - Suverenitet kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1415 - Yuz yillik urush: Azenkur jangida Fransiya magʻlub boʻldi.
🔹 1495 - Manuel I Portugaliya taxtiga o'tirdi.
🔹 1825 - AQShda Buyuk ko'llarni Gudzon daryosi orqali Nyu-York bilan bog'lovchi Eri kanali ochildi.
🔹 1854 - Qrim urushi: Yengil kavaleriya brigadasining hujumi.
🔹 1875 - Bostonda Pyotr Chaykovskiyning fortepiano uchun Birinchi kontserti premyerasi bo‘lib o‘tdi.
🔹 1900 - Angliya Janubiy Afrikadagi Transvaal (Burlar davlati) ni anneksiya qildi.
🔹 1944 - Leyte oroli yaqinidagi jang.
🔹 1955 - AQShning Tappan Company kompaniyasi birinchi mikroto'lqinli pechni namoyish qildi.
🔹 1971 - Xitoy Respublikasi BMTda Xitoy Xalq Respublikasi deb ataldi.
🔹 1990 - Vlad Listyevning "Mo''jizalar maydoni" kapital shousi boshlandi.
🔹 1991 - Andijon viloyat televideniyasi tashkil etildi.
🔹 2001 - Microsoft Windows XP tizimi chiqarildi.
🔹 2003 - Mixail Xodorkovskiy qamoqqa olindi.
🔹 2009 - Bag'doddagi eng yirik teraktda 160 dan ortiq odam halok bo'ldi.
🔹 2020 - Ozarbayjon armiyasi Gubadli shahrini arman istilosidan ozod qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1623 - Ramo Jan Filipp (1764) - fransuz kompozitori va musiqashunos. Zamonaviy garmoniya nazariyasining asoschisi.
🔸 1825 - Shtraus Iogann-o’g’li (1899) - ommaviy raqs musiqasi va operetta janri ustasi, vals qiroli..
🔸 1827 - Bertelo - Fransuz kimyogari.
🔸 1864 - Toʻqtagʻul, Sotilgʻonov Toʻqtagʻul (1933) - qirgʻiz xalq oqini va bastakor, qirgʻiz adabiyoti asoschilaridan biri.
🔸 1865 - Pryanishnikov Dmitriy (1948) - rus agrokimyo asoschisi.
🔸 1881 - Pikasso Pablo (1973) - fransuz rassomi, jamoat arbobi, kelib chiqishi ispan.
🔸 1907 - Quddus Muhammadiy (1999) – bolalar shoiri, O'zbekiston xalq yozuvchisi (1982).
🔸 1908 - Maqsud Shayxzoda (1967) - shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog.
🔸 1912 - Abdullayev Lutfulla - rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (1950).
🔸 1917 - Samig‘ Abdullayev (1998) - rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1975).
🔸 1918 - Rahimov Matyoqub (1993) - xonanda, (lirik - dramatik tenor) va aktyor, O'zbekiston xalq artisti (1967).
🔸 1927 - Ismoil Ibodov (1998) - xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980
🔸 1928 - Pirimqul Qodirov (2009) - yozuvchi, adabiyotshunos olim, O'zbekiston xalq yozuvchisi (1988).
🔸 1930 - Jabborov Jumaniyoz - O'zbekiston xalq shoiri (1977).
🔸 1984 - Keyti Perri - amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍1
Hurmatli Fargʻona tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, faxriylar va ularning oila a’zolari!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Bugungi kunda sizlar yurtimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lida mashaqqatli, ammo sharafli xizmatni bajarmoqdasizlar. Sizlarning fidoyilik, sadoqat va matonat bilan olib borayotgan xizmatlaringiz tufayli Fargʻona tumani hududida tinchlik va barqarorlik hukm surmoqda.

Ichki ishlar tizimi bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim tayanchi, xalqimiz ishonchini qozongan kuchli tuzilmaga aylandi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, kasbga sadoqatingiz, fuqarolar bilan ochiq muloqotga tayyorligingiz bu ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

Aziz huquq posbonlari!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinch va xotirjam hayot, xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Har bir kuningiz yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatan ravnaqi yo‘lida zafarli va barakali bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ichki ishlar xodimlari!

Hurmat bilan,
Xamidullo INOMOV
Fargʻona tumani hokimi


Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍5🔥1
“Obod yurt” plogging ekologik aksiyasi – yoshlar tashabbusi bilan toza va farovon kelajak sari

Mamlakatimizda “Tozalik va ozodalik oyligi” keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida turli hududlarda obodonlashtirish va ekologik aksiyalar tashkil etilmoqda.

Ana shunday ezgu ishlarga hamohang tarzda, Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Obod yurt” plogging ekologik aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda mahalla yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar “Yuqori Vodil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tozalash ishlarini amalga oshirdilar.

Aksiya davomida hudud chiqindilardan, yovvoyi o‘t-o‘lanlardan va xazon barglaridan tozalandi, daraxtlar oqlandi, atrof-muhitga e’tibor va hurmat ruhi keng targ‘ib qilindi.

Farg‘ona tumanida o‘tkazilayotgan bunday ekologik tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona tumani tibbiyot birlashmasi yangi tizim, yangi imkoniyatlar

Prezidentning 2025-yil 19-maydagi PF–88-sonli farmoni bilan tibbiyot tizimida yangi bosqich boshlandi.

Endilikda bemorlar shifokor oldida soatlab navbat kutib turmaydi.
DIMED raqamli navbat tizimi orqali har bir fuqaro smartfon yoki kompyuterdan onlayn yozilib, qabul vaqtini oldindan bilib boradi.

Bu nafaqat qulaylik, balki inson shaʼniga hurmat.

Fargʻona tumani tibbiyot birlashmasi zamonaviy uskunalar va raqamli maʼlumotlar bazasi bilan jihozlangan. Shifokorlar ish yuklamasi avtomatik hisoblanadi, tibbiy kartalar esa elektron formatda.

Natijada qogʻozbozlik kamaydi, vaqt tejaldi va xizmat sifati oshdi.

Fargʻona tajribasi shundan dalolat bermoqda raqamlashtirish sogʻlom jamiyat sari muhim qadam.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Obod yurt” plogging ekologik aksiyasi – yoshlar tashabbusi bilan toza va farovon kelajak sari

Mamlakatimizda “Tozalik va ozodalik oyligi” keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Obod yurt” plogging ekologik aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda mahalla yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar “Yuqori Vodil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tozalash ishlarini amalga oshirdilar.

Aksiya davomida hudud chiqindilardan, yovvoyi o‘t-o‘lanlardan va xazon barglaridan tozalandi, daraxtlar oqlandi, atrof-muhitga e’tibor va hurmat ruhi keng targ‘ib qilindi.

Hukumat portali | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaatlar guruhi
👍8
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1🔥1
Bayram tuhfasi: Farg‘ona viloyati IIB Tezkor boshqaruv markazining yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan foydalanishga topshirilgan Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markazining yangi ma’muriy binosi boshqarma shaxsiy tarkibiga kasb bayrami uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.

Праздничный подарок: в Фергане введено в эксплуатацию новое административное здание Оперативного центра УВД области

В честь Дня работников органов внутренних дел в Фергане состоялось торжественное открытие нового административного здания Оперативного центра при Управлении внутренних дел Ферганской области. Это событие стало достойным подарком для всего личного состава к профессиональному празднику.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍1
2025/11/01 08:36:55
Back to Top
HTML Embed Code: